Moliyaviy hisob va hisobat


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə106/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

  1. Nomoddiy aktivlarga nimalar kiradi va ularni izohlang?

  2. 7-sonli “Nomoddiy aktivlar” nomli BHMS va uning mazmuni nimalardan iborat?

  3. Gudvill va bedvill hisobini yuritish tartibini tushuntiring.

  4. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullarni tushuntirib bering.



8-BOB. TAYYOR MAHSULOT VA UNING SOTILISHINI HISOBGA OLISH


8.1. Tayyor mahsulot haqida tushuncha va uning hisobini tashkil etish
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida mamlakat ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMSga muvofiq tayyor mahsulot xo‘jalik yurituvchi subyektlarida bo‘lgan aktivlar hisoblanadi va ular xo‘jalik yurituvchi subyektning kundalik faoliyatida sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulot, tovarlar sifatida korxonaning tovar-moddiy zaxiralari tarkibiga kiradi.60
Tayyor mahsulot— korxonalarda ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsulotidir. Texnologik ishlov berinshing barcha bosqichlaridan o‘ttan, tasdiqlangan standartlar va texnik shartlarga muvofiq keladigan (uning sifatini tasdiqlaydigan sertifikat yoki boshqa hujjat bilan ta’minlangan), texnik nazorat bo‘limi qabul qilgan va omborga topshirilgan yoki xaridorga yuklab jo‘natilgan mahsulot tayyor mahsulot deb hisoblanadi.61
Tayyor mahsulot— korxonalarda ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasidir.62
Korxonada mahsulot (ish, xizmat)ni sotish hisobini tashkil qilish va yuritish vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • mahsulot (ish, xizmat)larning sotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma xo‘jalik operatsiyalarini hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish;

  • mahsulot (ish, xizmat) sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

  • sotilgan mahsulotning assortiment va hajmi bo‘yicha hamda sotish rejasining bajarilishini nazorat qilish;

  • mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan davr xarajatlarini o‘z vaqtida aniqhisob-kitob qilish;

  • sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni aniqhisob-kitob qilish, foyda summasini to‘g‘ri aniqlash va boshqalar.

  • korxonalar mahsulot (ish, xizmat)larini sotganlaridan so‘ng shu faoliyat natijasi, ya’ni moliyaviy natijalarini aniqlashlari va buni atroflicha tahlil qilish lozim.

Korxona mahsulot sotish orqali qilingan xarajatlar qoplanadi va korxona foyda olishga erishadi.63
Sotish hajmi ishlab chiqarish jarayonining so‘nggi bosqichidir. Mahsulot sotishdan kelgan tushum orqali korxona birinchi galdagi to‘lovlarni amalga oshiradi. Soliq bo‘yicha to‘lovlar mol etkazib beruvchilar, ishchi xizmatchilar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni bajaradi. Demak, korxonaning moliyaviy holati, aylanma mablag‘larning aylanish tezligi va uni holati, moliyaviy natijalarni sotish hajmi bo‘yicha rejaning bajarilishi va uning dinamikasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish aholini ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan har bir korxona ishlab chiqarish faoliyatining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Mahsulotni rejadagi hajmi bo‘yicha sotish tashkilotga ishlab chiqarish xarajatlarini, qoplash, davlat byudjeti, kredit bo‘yicha banklar va boshqa ho‘jalik subyektlar oldidagi majburiyatlarni bajarish imkoniyatini yaratadi, hamda ishlab chiqarishni takomillashtirish va kelajakda rivojlanish uchun muhim bo‘lgan foyda olishga yordam qiladi.
Mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan muomallarining manbalari:

  • mahsulotni ishlab chiqarish va sotilishini hisobga olishga doir qonunchilik;

  • tayyor mahsulotni rejalashtirish va tayorlash bo‘yicha korxonadagi hujjatlar;

  • mahsulot ishlab chiqarish, jo‘natish va sotilishiga doir dastlabki hujjatlar va shartnomalar;

  • 4010, 2810, 9010, 9110 schyotlar va boshqa schyotlardagi ma’lumotlar;

  • 10,11 - sonli jurnal - order, 16 - sonli qaydnoma ma’lumotlari;

  • 2-sonli “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot”dagima’lumotlar.

Tayyor mahsulotni buxgalteriya hisobida haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettirish oson bo‘lishiga qaramay (faqat bitta schyotdan -2810-“Ombordagi tayyor mahsulotlar” schyotidan foydalaniladi) tashkilotlar mazkur usuldan kam foydalanadilar.
Tayyorlangan mahsulotning haqiqiy tannarxi mahsulot ishlab chiqarishga doir barcha xarajatlar - to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar ham, bilvosita xarajatlar ham aniqlanadigan hisobot oyi oxiridagina shakllanishi mumkin. Shu sababli ushbu usuldan foydalanish chog‘ida mahsulot tannarxini uni ishlab chiqarish va omborga berishning borishiga qarab aniqlash amalda mumkin emas, bu hol, agar bir oy mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot ana shu davrda realizatsiya qilinsa, qo‘shimcha noqulayliklar tug‘diradi. Natijada turli vaqtda ishlab chiqarilgan bir turdagi mahsulotning u bo‘yicha hisobga qabul qilingan tannarxi turlicha bo‘lishi mumkin.
Tayyor mahsulotni haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha hisobga olishni asosan bir turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan va yarim tayyor hamda ishlab chiqilishi tugallanmagan mahsulotlarga ega bo‘lmagan tashkilotlar qo‘llaydi. Hisobot davridagi barcha ishlab chiqarish xarajatlari hisobning bunday usulida ishlab chiqarilgan barcha mahsulotning tannarxiga kiritiladi. Mahsulot birligining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari summasini ishlab chiqarilgan mahsulot birliklarining umumiy miqdoriga bo‘lish bilan hisoblab chiqariladi.
Tayyor mahsulot 2810-“Ombordagi tayyor mahsulot” schyotining debetida haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha xarajatlarnihisobga olishschyotlari bilan korrespondentsiyada kirim qilinadi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin