Boshqaruv hisobi o‘zida shunday hisob ma’lumotlarini jamlaydiki, bu ma’lumotlar faqat korxonaning o‘zida boshqaruv uchun zarurdir. Boshqaruv hisobi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tannarxni kalkulyatsiya qilish bilan birga, u mavjud holatni tahlil etish, qaror qabul qilish, kompyuterlar va texnologik dasturlardan foydalanish, resurslardan foydalanish va tannarxning shakllanishini boshqarish, xarajatlarning me’yordan chetga chiqishini tahlil etish va boshqalarni qamrab oladi. Boshqaruv hisobi ma’lumotlarida ma’lumotlarni tez olish, o‘qish va ulardan foydalanib, operativ boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Moliyaviy hisobshunday ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadiki, ushbu ma’lumotlar nafaqat korxona faoliyatiga rahbarlik qilishda foydalaniladi, balki tashqi foydalanuvchilarga ham tegishli ma’lumotlar taqdim qilinadi. Moliyaviy hisob axborotlarni umumlashtirish va sintez qilishga yo‘naltirilgan. U ba’zi bir davr uchun korxona foydasini tezkor aniqlashga, korxonaning aktivlari va passivlarini hisobot balansi shaklida umumlashtirishga, korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini ta’riflashga imkon beradi.
Soliq hisobikorxona, tashkilot va muassasalarda soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisobga olish, soliq imtiyozlarini qo‘llash hamda ularni o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilib borilishini ta’minlab beruvchi buxgalteriya hisobi turidir. Soliq hisobi o‘z usullari yordamida soliq va yig‘imlar, ularning ob’ekti, sub’ektlari va soliqqa tortish bazasini, to‘lash muddatlarini aniqlab beradi.
1.2. “Moliyaviy hisob va hisobot”ning predmeti va asosiy vazifalari Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar, barcha korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritiladi. U korxonadagi xo‘jalik mablag‘larining tuzilishi, joylanishi, qaysi manbalardan tashkil topganligi hamda xo‘jalik jarayoni va muomalalari ta’siri ostida bo‘layotgan o‘zgarishlarning borishi ustidan uzluksiz nazorat olib boradi.
Buxgalteriya hisobida korxona ixtiyoridagi mablag‘lar, xo‘jalik jarayoni, uning ta’siri ostidagi xo‘jalik mablag‘larining hajmi, tuzilishi, joylanish va tayinlanishidagi sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar aks ettiriladi hamda korxonalar xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi2ga binoan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O’zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O’zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘’ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi sub’ektlaridir”.
Buxgalteriya hisobi yordamida mavjud moddiy qiymatliklar, pul mablag‘larining harakati kuzatiladi va nazorat qilinadi, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar aniqlanadi, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari va korxonaning umumiy mulki haqidagi ma’lumotlar topiladi.
Buxgalteriya hisobi har qanday tizimda ham quyidagi uchta funktsiyani bajaradi:
1) axborot berish;
2) nazorat qilish;
3) boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish.
Buxgalteriya hisobi quyidagi uchta funktsiyani bajaradi:
1) axborot yig’ish, umulashtirish, guruhlashtirsh hamda uni taqdim etish;
2) nazorat qilish;
3) boshqaruv qarorlarini qabul qilish.3 Bu funktsiyalarni bajarishda moliyaviy hisob har xil usullardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, moliya hisobi har xil ijtimoiy tizimlarda muayyan tizimning maqsadiga qarab har xil vazifalarni bajarishi mumkin.
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalarini tushunib olish uchun uning ob’ektlarini bilib olish lozim bo‘ladi. Ushbu ob’ektlar quyidagi 4 ta guruhdan tashkil topgan:
1. Korxona mablag‘ (resurs)lari: mehnat vositalari, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari, tayyor mahsulot, ustav fondi (kapitali), boshqa har xil fondlar, kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar rezervi, korxonalar foydasi hisobidan tashkil qilingan har xil zaxira va hakozolar. Bu mablaglar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni uchun tegishli sharoit yaratib beradi.
2. Korxonalarda sodir bo‘layotgan muhim jarayonlar: tovar -moddiy boyliklarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar realizatsiyasi, kapital qurilish va boshqa jarayonlar.
3. Hisoblashish muomalalari: byudjet, mol etkazib beruvchi va pudratchilar, xaridorlar, ishchi va xizmatchilar, davlat banki va boshqa banklar hamda boshqa tashkilot va shaxslar bilan hisoblashishlar.
4. Korxona xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari: jamoaning daromadi, foyda va zararlari.
Ushbu ob’ektlarni o‘rganish va nazorat qilish jarayonida uning vazifalari yuzaga keladi.
Hozirgi davr talabidan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yilgan talablar asosan quyidagilardan iborat:
-qat’iy bir xillik (unifikatsiyalanganlik);
-ishlab chiqarish topshiriqlarining bajarilishini aksettiradigan ko‘rsatkichlarga asoslanishi;
-soliq solish bazasini va byudjetga boshqaajratmalarni to‘g‘ri hisoblash.
Jamiyatda moliyaviy hisob ma’lumotlaridan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ushbu foydalanuvchilar o‘z navbatida uchta guruhga bo‘linadi:
korxona boshqaruvchilari;
moliyaviy manfaatdor shaxslar;
moliyaviy manfaatdor bo‘lmagan shaxslar.
Tashqi foydalanuvchilarni asosan quyidagi ko‘rsatkichlar qiziqtiradi:
Korxona aktivlari va passivlarining tuzilishi;
7. To‘langan dividendlarning hissasi (agar aksiyadorlik jamiyati bo‘lsa).
Chunki axborotdan foydalanuvchilar o‘z manfaatini ko‘zlagan holda u yoki bu axborot manbalaridan foydalanadilar. Masalan, soliq organlari soliqqa tortish uchun moliyaviy hisobot, deklaratsiya va tekshiruv ma’lumotlaridan foydalanadilar, xaridor mahsulot narxining asoslanish darajasini moliyaviy hisobotdan oladilar va hokazo.
Buxgalteriya hisobi quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:
-mavjud va potentsial sarmoyadorlar va kreditorlarning tushunishi uchun qulay va xolis axborotni taqdim etish;
-mavjud va potentsial sarmoyadorlar va kreditorlarga kutilajak daromadlar bilan bog‘liq summalar, vaqt va tavakkalchiliklar haqida fikr yuritishga yordam beradigan axborotni taqdim etish;
-korxonaningxo‘jalikresurslari,uningmajburiyatlari, mulk tarkibi va uning hosil bo‘lish manbalari, shuningdek, ularning o‘zgarishlari haqidagi axborotni taqdim etish.
Moliyaviy hisob va moliyaviy hisobotni tuzish pul ifodasida amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobida tizimli to‘plangan va ishlangan axborotdan korxona tashqarisidagi foydalanuvchilariga taqdim etishning asosiy uslubi bo‘lib umumiy belgilangan tashqi hisoboti hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotdan nafaqat korxona ichida foydalanish, balki u asosan tashqi foydalanuvchilarga yo‘naltirilganligi sababli, xalqaro qoida va standartlarga muvofiq o‘tkazilishi lozim bo‘lgan auditorlik tekshiruvi zarurligini ham xarakterlaydi.
Auditor xulosasi mustaqil auditorlik firmasi tomonidan moliya hisobotiga izohlarni aks ettirgan holda tuziladi. Shuningdek, moliya hisobi va hisoboti tizimini tashkil etish paytida inflyatsiyani hisobga olish muhim masala hisoblanadi.
Bunday yondashuv ikki sabab bilan tushuntiriladi, boshlang‘ich narxlar, korxona bitim sodir etilgan soniyasida to‘lovni amalga oshirgan yoki mablag‘larni olgan haqiqiy narxlarni ifodalaydi: boshlang‘ich narxlar, odatda, mustaqil sheriklar o‘rtasida tijorat bitimining tuzilishi natijasi hisoblanadi va shuning uchun xolis va tekshirib to‘laydigan moliya operatsiyalarining ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘ladi.
Kontseptual asoslar - bu buxgalteriya hisobining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi modelini tavsiflovchi tizim. BHMS ga muvofiq kontseptual asoslar beshta tarkibiy qismdan iborat bo’lib, ular yuqoridagi savollarga javob berish uchun xizmat qiladi.
Buxgalteriya hisobining kontseptual asoslari buxgalteriya hisobining foydalanuvchilarini axborot bilan ta’minlash vazifasidan kelib chiqadi. Aniqrog’i, buxgalteriya hisobi beradigan ma’lumot, ya’ni moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar, ularning axborotga bo’lgan ehtiyoji, ana shu axborotning sifati hamda mazmuni, uni e’tirof etish mezonlari, ularni tayyorlash va taqdim etish qoidalarining barchasi kontseptual asoslar bilan belgilanib qo’yiladi.