5.10-jadval Yerni obodonlashtirishga sarflangan kapital qo‘yilmalarni hisobda aks ettirish
№
Xo‘jalik muomalalari mazmuni
Debet
Kpedit
1.
Yerni obodonlashtirishga materiallar sarflandi
0850
1000
2.
Yerni obodonlashtirishda band bo‘lgan xodimlarga mehnat haqi hisoblandi
0850
6710
3.
Hisoblangan mehnat haqiga nisbatan davlat maqsadli fondlariga ajratmalar qilindi
0850
6520
4.
Yerni obodonlashtirish jarayonida chet tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar summasi
0850
6990
5.
Bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasiga asosan obodonlashtirilgan yer foydalanish uchun asosiy vositalar tarkibiga qabul qilindi
0111
0850
Ushbu jadvalga asoslangan holda korxonalarda erni obodonlashtirishga sarflangan xarajatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisobga olish mumkin.
0860 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar” schyotida moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish hamda uning ta’miplanishi va modernizatsiyasiga qilinadigan kapital qo‘yilmalar hisobga olinadi.
Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida asosiy vositalar obyektlarining boshlang‘ich qiymatiga o‘rnatilgan tartibda qo‘shiladigan quruvchining barcha haqiqiy xarajatlari shuningdek, korxonaning asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni xarid qilish, asosiy podani tashkil etish va boshqa kapital qo‘yilmalar bilan bog‘liq xarajatlar aks ettiriladi.
Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar bo‘yicha qoldiq, korxonaning tugallanmagan qurilishga, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarni xarid qilish, erni va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishga qilingan kapital qo‘yilmalar miqdorini shuningdek, asosiy podani tashkil etish bo‘yicha tugallanmagan xarajatlar summasini aks ettiradi.