Moliyaviy hisob va hisobat


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə76/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

  1. Uzoq muddatli qo‘yilmalar hisobini yuritishda qaysi me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi??

  2. Uzoq muddatli qo‘yilmalar deganda nimani tushunasiz?

  3. Qimmatli qog‘ozlar ham uzoq muddatli qo‘yilmalar tarkibida hisobga olinadimi?

  4. Uzoq muddatli qo‘yilmalar qaysi schyotlarda hisobga olinadi?

  5. Uzoq muddatli qo‘yilmalar bo‘yicha olingan daromadlar qaysi schyotlarda hisobga olinadi?

  6. Uzoq muddatli qo‘yilmalar bo‘yicha ko‘rilgan zararlar qaysi schyotlarda hisobga olinadi?

  7. Qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha olinadigan daromad va zararlar qanday hisobga olinadi?

  8. Korxona tomonidan sotib olgan aksiyalari bo‘yicha dividend to‘lovlari buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi?

  9. Daromad sifatida olinayotgan dividend to‘lovlaridan soliq undiriladimi?

  10. Aksiyalarning nominal va sotish baholaridagi farqlar qaysi schyotlarda hisobga olinadi?


6 -BOB: ASOSIY VOSITALAR


6.1. Asosiy vositalar hisobining ahamiyati va vazifalari
Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik jarayoni nafaqat material, mehnat va moliyaviy resurslaridan foydalanish hisobiga balki asosiy vositalardan foydalanish hisobiga ham ta’minlanadi. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni tadbirkorlik qobiliyati asosida mehnat, mehnat vositalari va mehnat buyumlarini birlashtirilishidan iborat. Raqobatlashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishida, undagi mehnat vositalarining takomillashishiga, rivojlanish va ulardan samarali foydalanish darajasiga bevosita bog‘liqdir. Barcha ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishda mehnat vositalari asosiy rolni o‘ynaydi. Buxgalteriya hisobida mehnat vositalarini asosiy vositalar deb yuritiladi.
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari tizimida asosiy vositalarning hisobi 16-son BHXS (IAS) “Asosiy vositalar” bilan tartibga solinadi. Asosiy vositalarni hisobi bo‘yicha moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari va O‘zbekiston Respublikasining bux­galteriya hisobi to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini tahlil qilish va taqqoslash ularda nazarda tutilgan me’yorlar moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari me’yorlariga to‘liq to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi.
Asosiy vositalar – quyidagilar uchun mo‘ljallangan moddiy aktivlardir:37
a) mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish, yoki xizmatlarni ko‘rsatish, yoki boshqa tomonlarga ijaraga berish, yoki ma’muriy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljalangan; va
b) bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanilishi kutilgan.
Asosiy vositalar ishlab chiqarishning moddiy qismining asosini tashkil etadi. Mehnat qurollari sifatida foydalanishga qabul qilinib, ular xom ashyo va materiallar bilan ish kuchini birlashtirib yangi qiymat yaratiladigan ishlab chiqarish jarayonini ishlashini ta’minlaydi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida o‘zini moddiy shaklini saqlab qolishi bilan tavsiflanadi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin