2.5-jadval
Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi
T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Akkreditivlarga pul mablag‘lari o‘tkazildi
|
5510
|
5110-5220
|
2
|
Qondirilgan da’volar summasining maxsus schyotga kelib tushishi
|
5510-5530
|
4860
|
3
|
Depozit ishtirokchisi sifatida aktsiya obunachilaridan bo‘nak summasining olinishi
|
5530
|
6320
|
4
|
Qisqa muddatli bank kreditlari hisobidan akkreditivlarga pul mablag‘lari o‘tkazildi
|
5510
|
6810
|
5
|
Sotish xarajatlarining to‘lovi chek bilan amalga oshirildi
|
9410
|
5520
|
6
|
Ishlatilmagan summaning muddat oxirida qaytarilishi:
a) akkreditivlar
b) chek daftarchalari
|
5110-5220
5110-5220
|
5510
5520
|
7
|
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan qarzni to‘lashda akkreditivdagi summa hisobdan chiqarildi
|
6010
|
5510
|
8
|
Akkreditivdan bo‘nakning berilishi
|
4310-4330
|
5510
|
9
|
Sug‘urta bo‘yicha qarzlarning akkreditiv mablag‘lari hisobiga qoplanishi
|
6510
|
5510
|
10
|
Boshqa kreditorlarning xizmatlari uchun to‘lovlarda ishlatilgan cheklar summasini hisobdan chiqarish
|
6990
|
5520
|
11
|
Maxsus schyotdan sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan qarzning to‘lanishi
|
6120
|
5530
|
12
|
Sotib olingan putevkalar uchun maxsus schyotdan to‘langan summa
|
5610
|
5530
|
13
|
Chek daftarchalaridagi ishlatilmagan mablag‘larning qisqa muddatli bank kreditlarini qoplash uchun qaytarilishi
|
6810
|
5520
|
14
|
Akkreditivdagi ishlatilmagan mablag‘ning uzoq muddatli bank kreditlarini qoplash uchun qaytarilishi
|
6950, 7810
|
5510
|
15
|
Hisoblangan foizlar bo‘yicha qarzlarning qoplanishi
|
6920
|
5510-5530
|
16
|
Ijaraga beruvchiga tegishli bo‘lgan to‘lovlar to‘landi
|
6910, 6950
|
5530
|
5610 “Pul ekvivalentlari (turlari bo‘yicha)” schyotida markalar, pattalar va boshqa pul ekvivalentlari nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotning debetida pul ekvivalentlarini sotib olish pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda, kreditida esa pul ekvivalentlarining sarflanishi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
2.6-jadval
Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi
№
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Pul ekvivalentlarining nakd pulga xarid qilinishi
|
5610
|
5010, 5020
|
2
|
Pul ekvivalentlarini hisob-kitob schyotidan pul mablag‘larini o‘tkazish orqali xarid qilinishi
|
5610
|
5110
|
3
|
Hisobdor shaxslar orqali pul ekvivalentlarining xarid qilinishi
|
5610
|
4220-4290 6970
|
4
|
Turli shaxslardan pul ekvivalentlarining xarid qilinishi
|
5610
|
6990
|
5710 “Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari” schyotida saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo mo‘ljallangan joyiga etib bormagan pul mablag‘lari (inkassatorga berilgan sotishdan olingan tushumlar, pul o‘tkazmalari) hisobga olinadi.
5710 “Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari” schyotining debetida pulni inkassatorlarga topshirish kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Pul mablag‘lari kirim qilingandan keyin 5710 “Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari” schyoti kreditlanib, pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
5710 “Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari” schyotidagi summalarni bank muassasalari, pochta bo‘limi kvitantsiyalari, bank inkassatorlariga tushumni topshirish ilova qaydnomalarining nusxalari va boshqa hujjatlardagi ma’lumotlar bilan solishtirish lozim.
Dostları ilə paylaş: |