Moliyaviy hisob va hisobat



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə77/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Asosiy vositalar- xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan uzoq (bir yildan ortiq) muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlardir. 38
Asosiy vositalar – kompaniyaning uzoq muddatli mol-mulki bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish maqsadida foydalanadigan moddiy aktivlardir.39
Asosiy vositalar ko‘p hollarda korxo­na aktivlarini asosiy qismini tashkil qiladi va shuning uchun moliya­viy hisobotda uning moliyaviy holatini ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar korxonaga kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo‘lsa va aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo‘lsa, asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi.
Asosiy vositalar obyektlarini tan olishning birinchi shartiga mos kelishini aniqlashda korxona boshlang‘ich tan olish vaqtida mavjud bo‘lgan faktlarga asoslanib kelgusida iqtisodiy foyda olinishi mum­kin bo‘lgan ehtimollik darajasini baholashi kerak. Bu korxonani olingan aktivlarga egalik qilish, foydalanish va farmoyish berish bilan bog‘liq kelgusidagi barcha mukofotlar o‘ziga tegishli ekanliligiga va u ushbu aktivga egalik qilish bilan bog‘liq barcha xavfni o‘ziga olishiga ishonchi komil bo‘lishi kerakligini bildiradi. Ushbu iqtisodiy foydani olishga etarli ehtimoli mavjud bo‘lishi korxona aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foydani olishi va tegishli xavfni o‘ziga olishiga nisbatan aniqlashni talab qiladi. Buday aniqlash odatda iqtisodiy foyda va xavf to‘liq ravishda korxonaga o‘tganda mavjud bo‘ladi. Asosiy vosi­talarni tan olishning yuqorida keltirilgan ikkinchi sharti amaliyotda buxgalteriya hisobini engil qanotlantiradi, chunki aktivni sotib olish to‘g‘risida guvohlik beruvchi ayirboshlash operatsiyalari natijasida uning qiymati aniqlanadi. Bunda, agar aktiv korxonaning o‘zining kuchi bilan yaratilgan bo‘lsa, u holda uning ishonchli baholanishi tashqi tomonlar bilan materiallarni xarid qilish bilan bog‘liq operatsiyalarga, ish kuchiga haq to‘lash va asosiy vositalarni barpo etish (qurish) jarayonidagi boshqa xarajatlarga asoslanib amalga oshirilishi mumkin.
Agar mol-mulk ishlab chiqaruvchi korxonaning omborida tayyor mahsulot sifatida saqlanayotgan bo‘lsa, u asosiy vositalarga tegishli bo‘lgan belgilarga javob bersa ham asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi. Masalan, avtomobil zavodining tayyor mahsulot omboridagi avtomobil uning tayyor mahsuloti bo‘lib hisoblanadi va aylanma mablag‘lar tarkibida hisobga olinadi, lekin sotilgandan keyin ular xaridorda asosiy vositalar obyekti bo‘lib hisoblanadi. Avtomobil zavodida avtomobillar o‘zining xo‘jalik zaruriyatlari uchun ishlatilishi rad etilmaydi. Bu holda ular kerakli ma’muriy va hisob jarayonlari tugagandan keyin tayyor mahsulotlardan xususiy asosiy vosi­talar tarkibiga o‘tkaziladi. Asosiy vositalar tarkibiga o‘rnatish (yirik hajmli yig‘ish) hali boshlanmagan yoki tugallanmagan asbob-uskunalar, shuningdek tugallanmagan qurilish obyektlari, boshqa kapital va moliyaviy qo‘yilmalar qo‘shilmaydi.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:
a) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;
b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar40.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:

  1. xizmat qilish muddati - uzoq vaqt

  2. korxonaga daromad keltishda ishtirok etishi 41

Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashi mumkin.
Asosiy vositalarni hisobga olishda ularni aktiv sifatida tan olingan paytini belgilash, mazkur aktivlarga nisbatan qo‘llaniladigan ularning balans qiymatini va amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning balans qiymatidagi boshqa o‘zgarishlarni va ularning chiqib ketishi hisobiga moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobga olish muhim yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi. Shulardan kelib chiqib asosiy vositalarni buxgalteriya hisobining vazifalari qilib quyidagilarni aytib o‘tish mumkin:

  • asosiy vositalar hisobini O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, buxgalteriya hisobining milliy standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish va yuritish;

  • aktivlarni asosiy vositalar sifatida qabul qilish bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarni shakllantirish;

  • asosiy vositalarni kelib tushishi, ularning korxona ichida har xil tarkibiy bo‘linmalar (filiallar) bo‘yicha harakatini ishonchli va o‘z vaqtida hujjatlarda rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish;

  • asosiy vositalar obyektlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va tex­nik xizmat ko‘rsatish, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish uchun ajratilgan mablag‘lardan oqilona foydalanishni nazorat qilish;

  • amortizatsiyani to‘g‘ri hisoblash va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish;

  • eskirgan, xo‘jalik uchun oshiqcha bo‘lgan asosiy vositalarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;

  • hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo‘yicha moliyaviy natijalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash hamda hisobda aks ettirish;

  • asosiy vositalarni saqlash bilan bog‘liq (texnik ko‘rikdan o‘tka­zish, ishchi holatida saqlash va boshqa) haqiqiy xarajatlarni aniqlash;

  • buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalarni saqlanishini nazoratini ta’minlash;

  • ijara munosabatidagi asosiy vositalar bo‘yicha ijara to‘lovlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish va to‘lov amalga oshirilishini nazorat qilish;

  • moliyaviy hisobotlarda ochib berish kerak bo‘lgan asosiy vosita­lar to‘g‘risidagi axborotlarni olish.




Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin