qarorlar qabul qilish uchun xarajatlar haqidagi axborot;
nazorat va tartibga solish maqsadida xarajatlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Birinchi hisob yо‘nalishi zaxiralarni baholash maqsadida tashkil qilinadi.
Ma’lumki, zaxiralarga ishlab chiqarish zaxiralari, ya’ni xom ashyo, materiallar
kabilar, bundan tashqari, sotish uchun mо‘ljallangan tovarlar, ishlab chiqarilgan
mahsulotlar kabilar kiradi. Ishlab chiqarish korxonalari buxgalteriya hisobi uchun
muhimi, albatta, ishlab chiqarilgan mahsulotlardir. Buxgalteriya hisobi tizimida
ularni hisobga olish uchun ularning qiymat о‘lchovlarini aniqlash, ya’ni baholash
talab etilishi hammaga ma’lum, deb о‘ylaymiz. Mahsulotlarni baholash, odatda,
ularning ishlab chiqarish tannarxi yoki sotish bahosi bо‘yicha amalga oshiriladi.
Har ikkisi uchun ham mahsulotni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar asos
bо‘lib xizmat qiladi. Bu о‘z navbatida xarajatlarning shunga mos turkumlanishini
talab qiladi.
Ikkinchi hisob yо‘nalishi uchun misol tariqasida stanokni saqlash va undan
foydalanish
xarajatlarini
keltirishimiz
mumkin.
Bunday ma’lumot taklif
qilinayotgan stanok bо‘yicha kutilayotgan xarajatlar bilan solishtirish va tegishli
qaror qabul qilish uchun zarurdir.
Uchinchi hisob yо‘nalishi uchun turkumlashning ahamiyatini tushuntirish
uchun biror bir bо‘lim uchun xarajatlarning hisobini keltirishimiz mumkin. Bunday
ma’lumot xarajatlarni smeta xarajatlari bilan solishtirish imkonini beradi, ya’ni
nazorat va tartibga solish maqsadida ishlatiladi.
Xarajatlar hisobining yuqorida keltirilgan uchta yо‘nalishi doirasida xa-
rajatlarni turkumlashning muqobil usullarini quyidagi jadval yordamida kо‘rib
chiqishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: