Moliyaviy hisob


-chizma. Xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya usullarining guruhlanishi



Yüklə 256,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix07.01.2024
ölçüsü256,22 Kb.
#201292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kapital xarajatlar hisobi

4-chizma. Xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya usullarining guruhlanishi 
Hozirda xarajatlarni hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya 
qilish bо‘yicha umum qabul qilingan tamoyillar mavjud emas. Shunga qaramay 
ularni uch belgisiga qarab: xarajat ob’ektlari, xarajatlarni hisobga olishning 
8
Шим Дж.К., Сигел Дж.Г. М етоды управления стоимостью и анализа затрат. М .: Информационно издательский дом 
“Филинъ”, 1996. 10 с. 
9
Horngren Charles T., Kaplan R. Relevance Lost: The Rise and Fall of M anagement Accounting.-Boston: Harward Business 
School Press, 1987. 145 с. 


tо‘liqligi va xarajatlarning operativligi va nazorati bо‘yicha 4-chizmadagicha 
guruhlash lozim deb hisoblaymiz. 
Xarajatlar hisobi va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish bо‘yicha va 
rejalashtirish bо‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlar va yо‘riqnomalarda xarajatlar 
hisobi va mahsulotlar haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilishning me’yoriy, 
buyurtma, qaytadan hisobga olish, asosiy hisobga olish usullari kо‘rsatib о‘tilgan.
10
Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va 
mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning asosiy vazifalariga quyidagilar 
kiritishimiz mumkin:
iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul 
qilish uchun sub’ektning ma’muriyatini zarur va etarli ma’lumotlar bilan 
ta’minlash; 
chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni 
kuzatish va nazorat о‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va 
kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish; 
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baholash va moliyaviy natijalarni 
hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash; 
sub’ektning tarkibiy bо‘linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining 
iqtisodiy natijalarini aniqlash va baholash; 
uzoq muddatli xususiyatga ega bо‘lgan- ishlab chiqarish va texnologiya 
dasturlarining qо‘llanishi, ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning 
turlari bо‘yicha rentabellik darajasi, asosiy vositalar va tovar-moddiy zaxiralariga 
quyilgan kapital mablaglarning samaradorligi va faoliyati bо‘yicha boshqaruv 
hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish.
Mahsulotni tannarx asosida baholash tamoyili ob’ektiv haqiqatdir, chunki u 
hujjat ma’lumotlariga asoslanadi. Bu о‘z navbatida, korxonaning bozor 
munosabatlariga о‘tishida uning ishlab chiqarish siyosatini bozor talablariga 
qaratilishini, ishlab chiqarishi xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarni izlashga 
undaydi. Bunda tannarx salbiy omillarni aniqlashga, kamchiliklarni oldini olish va 
10
O’zbekiston Respublikasi 4 son BHM S “Tovar moddiy zahiralar” O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 20.11.2002 yil 
486 1 son bilan ro’yxatga olingan.


xarajatlarni prognozlashtirish imkoniyatini beradi.
Tannarxning mohiyati shundan iboratki, bu kо‘rsatkich korxona uchun 
tovarni ishlab chiqarish va iste’molchiga etkazish qanchaga tushdi, degan savolga 
javob beradi. Tannarxning muhim jihati shuki, u ob’ektiv xususiyatga ega bо‘lib, 
uni tartibga solish bо‘yicha me’yoriy hujjatlarning bor-yо‘qligi, buxgalteriya 
xizmatining uni aniqlash hohishi yoki imkoniyalari kabi shartlarga bog‘liq emas. 
Xarajatlar hisobining nazariyasi va amaliyotida birgina «tannarx» 
tushunchasigina mavjud emas. Uning mazmuni quyidagi omillar ta’sirida 
о‘zgarishi mumkin: mahsulotning tayyorlik darajasi va uning sotilishiga qarab, 
yarim tayyor mahsulot, omborda saqlanayotgan mahsulot va sotilgan mahsulot 
tannarxlari; mahsulot miqdoriga qarab, mahsulot birligining, butun ishlab 
chiqarilgan mahsulotning tannarxi; joriy xarajatlarni kalkulyatsiya ob’ektining 
tannarxiga kiritish tо‘liqligiga qarab, tо‘liq amaldagi tannarx va cheklangan 
tannarx; tannarxni shakllantirishning tezkorligiga qarab amaldagi yoki me’yoriy, 
rejali tannarx farqlanadi. 
Tannarxni faoliyat va mahsulot turlari, sotish bozorlari, mintaqalar hamda 
xaridorlar bо‘yicha kalkulyatsiya qilish kerak. Sarflarni shakllantirish usullari 
tannarxni kalkulyatsiya qilish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bо‘lib, bu jarayon 
о‘zining muhim xususiyatlariga, jumladan, sohaviy xususiyatlariga ega. 
Mahsulot tannarxini tashkil etuvchi qismlar nafaqat о‘z tarkibiga kо‘ra, 
shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish ahamiyatiga kо‘ra ham turlichadir. Ba’zi 
birlari uni tayyorlash va ishlab chiqarish bilan, boshqalari ishlab chiqarishni 
boshqarish va unga xizmat kо‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bо‘ladi. Uchinchi 
toifasi esa amaldagi qonunchilik bо‘yicha sarf-xarajatlarga kiritiladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladigan yо‘nalish-ishlab chiqarish 
xarajatlarining alohidalangan va maqsadli hisobini talab etuvchi faoliyat sohasidir. 
Ya’ni, buxgalteriya ma’lumotlarining foydalanuvchilari biror sarf-xarajat haqida 
nimanidir bilib olmoqchi bо‘lsalar, aynan shu narsaning о‘zi hisob yо‘nalishi 
bо‘ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining yо‘nalishiga mahsulot tannarxi 
kalkulyatsiyasi, sotish bо‘limi ta’minoti sarflari kalkulyatsiyasi, ya’ni amalda 


Biron-bir mansabdor shaxsning ishlatilgan zaxiralarni baholash zaruratini yuzaga 
keltiradigan holatlar misol bо‘lishi mumkin. 
Mahsulot 
tannarxi 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligining 
asosiy 
kо‘rsatkichlaridan biri hisoblanib, korxonaga mahsulot tayyorlash qanchaga 
tushganini 
kо‘rsatadi.
11
Tannarx 
kо‘rsatkichi sotish narxlarini belgilash, 
mahsulotlar rentabelligini hisob-kitob qilish, xarajatlarni pasaytirish choralarini 
aniqlash uchun ishlatiladi. 
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining 
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tо‘g‘risida Nizomga 
muvofiq, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita 
mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lgan, ishlab 
chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. 
Ularga quyidagilar tegishli bо‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, 
bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, 
shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan ustama xarajatlar.
Mahsulot tannarxini rejalashtirishda quyidagi kо‘rsatkichlar hisoblanadi: 
-
jami mahsulot tannarxi; 
-
bir birlik mahsulot tannarxi. 
Bir birlik mahsulot reja tannarxi rejalashtirilgan jami mahsulot ishlab 
chiqarish xarajatlari summasini rejalashtirilgan mahsulot miqdoriga bо‘lish orqali 
aniqlanadi. 
Haqiqiy tannarx hisobot yili oxirida haqiqiy ishlab chiqarish xarajatlari 
tо‘g‘risidagi buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadi. 
Tannarx kо‘rsatkichini taqqoslash va tahlil qilish uchun reja va haqiqiy tannarx bir 
xil usul bо‘yicha aniqlanadi.
Mahsulotni kalkulyatsiya qilishning bir qancha usullari mavjud. Zamonaviy 
iqtisodiy adabiyotlarda kalkulyatsiya alohida olingan mahsulot (ish, xizmat)lar 
birligi tannarxining iqtisodiy hisob-kitoblari tizimi sifatida ta’riflanadi.
12
Kalkulyatsiya jarayonida ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar miqdori bilan taqqoslanadi va bir birlik mahsulot tannarxi aniqlanadi.
11
G‘ulomova F.G‘. Buxgalteriya hisobini mustaqil o‘rganish uchun qo‘llanma. T.: “NORM A”., 2009. 343-bet. 
12
Полковский Л.М . Основы управленческого учета: Учебное пособие. – М .: Экономика и финансы, 2003. 71 с. 


Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlari analitik hisobi va tannarx 
kalkulyatsiyasining muhim tarkibiy qismlari sifatida “standart-kosting” (normativ 
usul), “direkt-kosting” va “AVS” usullari bо‘lishi kerak.
13
“Standart-kosting” tizimi – bu xarajatlar hisobi va tannarxni aniqlash tizimi 
bо‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxi avvaldan 
puxta, obdon hisoblab chiqilgan normativ xarajatlar yordamida baholanadi, keyin 
esa haqiqiy qilingan xarajatlar bilan taqqoslanadi.
14
Mazkur davr uchun haqiqiy xarajatlar ham javobgarlik markazi bо‘yicha 
olib boriladi. Normativ va haqiqiy xarajatlarni taqqoslash orqali chetlanishlar 
aniqlanadi. Haqiqiy tannarx quyidagi formula asosida aniqlanadi:
15

Yüklə 256,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin