6. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotni tuzish
Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot joriy buxgalteriya ma’lumotlariga asosan tuzilib, unda tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun muhim ko’rsatkichlar mavjud.
Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga asosan korxonaning bozor faolligi ko’rsatkichlarini tahlil qilish mumkin. Bu ko’rsatkichlar kompaniyaning aksiyalarini qiymati va daromadliligini ta’riflaydi.
1. Bir aksiyaga to’g’ri keladigan foyda (AF) quyidagicha aniqlanadi:
AF = Sof foyda – imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividеndlar / Muomaladagi oddiy aktsiyalar
Bu ko’rsatkich muomaladagi bir oddiy aksiyaga qancha sof foyda to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zaruriy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.
2. Aksiyaning bozor bahosi bilan bir aksiyaga to’g’ri keladigan foydaning munosabati (BF) quyidagicha aniqlanadi:
BF = Bir aktsiyaning bozor qiymati / AF
Bu ko’rsatkich kompaniyaning bir so’m sof foydasiga aksionerlar necha so’m to’lashga roziligini bildiradi. Masalan, «A» kompaniyasida bu ko’rsatkich 10 bo’lib, «B» kompaniyasida 8 bo’lsa, investorlar «A» kompaniyasining investitsiya sifatini afzalroq baholaydi. Bu ko’rsatkich boshqa kompaniyalarning bir aksiyaga to’g’ri keladigan foyda dinamikasi va umumiy bozor dinamikasi bo’yicha baholanadi.
3. Bir aksiyaning balans qiymati (ABQ) quyidagicha aniqlanadi:
ABQ = Aktsionеr kapitalining qiymati – imtiyozli aktsiyalar / Muomaladagi oddiy aktsiyalar
Bir aksiyaning balans qiymati buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga binoan bir oddiy aksiyaga to’g’ri keladigan korxonaning sof aktivlari qiymatini ko’rsatadi.
4. Bir aksiyaning bozor qiymati bilan balans qiymatining nisbati uning balans qiymatiga qaraganda bozor qiymati qancha ekanligini ko’rsatadi va u quyidagicha aniqlanadi:
Bq = Bir aktsiyaning bozor qiymati / Bir aktsiyaning balans qiymati
5. Dividend daromad yoki dividend normasi quyidagicha aniqlanadi:
Dividеnddan daromad ( haq. qiymat mе'yori) = Bir aktsiya bo’yicha dividеnd / bir aktsiyaning bozor qiymati
6. Aksiyaning daromadliligi (AD) muhim ahamiyatga ega bo’lib, u quyidagicha aniqlanadi:
AD = D + (S* - S) / S, bu yerda
D – aksiyaga egalik qilish davrida olingan dividend summasi,
S* - sotish narxi,
S – sotib olish narxi
7. Тo’lanadigan dividendlar ulushi (ТDU) quyidagicha aniqlanadi:
TDU = Bir aktsiyaga to’g’ri kеladigan dividеnd / Bir aktsiyaga to’g’ri kеladigan sof foyda
Bu ko’rsatkich tahlilining xususiyati shundan iboratki, uning «yaxshi» va «yomon» darajasi bo’lmaydi. Lekin buning umumiy ko’rsatkichi 1 dan oshmasligi kerak. Bu demak kompaniya dividend to’lash uchun yetarli darajada foyda olganligini ko’rsatadi. Agar bu ko’rsatkich 1 dan oshib ketsa, kompaniya moliyaviy imkoniyatidan oqilona foydalanganmaganligini yoki zaxira kapitalidan qarz olganligini ko’rsatadi. Dividendlar xususiy kapitalni kamaytiradi, chunki ular kompaniya tasarrufida qolgan sof foydadan to’lanadi.
Xulosa
Moliyaviy hisobot -xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulotlarini sotish, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, moliyaviy-xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko’rinishida aks etirishdir.
Shuningdek, ushbu hisobotni tuzish tamoyillarini, uni taqdim etish tartibi to’g’risida nazariy hamda amaliy ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha tavsiyalar berilgan.
Dostları ilə paylaş: |