Moliyаviy hisobot transformatsiyasi 1-reja: mhxs bo’yicha hisobotni tuzishning usullari


Mazkur Farmonning 9 bandida: «2015 — 2018 yillarda barcha



Yüklə 48,74 Kb.
səhifə10/12
tarix22.06.2023
ölçüsü48,74 Kb.
#133931
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
MOLIYAVIY HISOBOT TRANSFORMATSIYASI (1) (1)

Mazkur Farmonning 9 bandida: «2015 — 2018 yillarda barcha
aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit
standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi
auditni o’tkazishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va
korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015 yilning 1
iyuliga qadar aktsiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro
standartlarga muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlasin».
1-MHXS ga binoan moliyaviy hisobot korxonada amalga oshirilgan muomalalar va
moliyaviy holatning tizimlashtirilgan taqdimotidir. Moliyaviy hisobotning maqsadi
keng doiradagi foydalanuvchilar iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari uchun ahamiyatli
bo’lgan moliyaviy holat, moliyaviy natijalar va pul mablag’larining harakati
to’g’risidagi axborotni taqdim etishdir. Bu maqsadga erishish uchun moliyaviy hisobot
quyidagi ko’rsatkichlar haqida ma’lumotlar beradi:
1- Aktivlar;
2- Majburiyatlar;
3- Xususiy kapital;
4- Daromadlar va xarajatlar, shuningdek foyda va zararlar;
5- Pul mablag’lari harakati.
Bu ma’lumotlar boshqa tushuntirish va izohlar bilan birga foydalanuvchilarga yorldam
beradi.
Moliyaviy hisobotga javobgarlik
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishga direktorlar kengashi yoki
korxonaning boshqa rahbar tashkiloti javob beradi.


Moliyaviy hisobotning komponentlari
Moliyaviy hisobotning to’la komponenti quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi:
a) Buxgalteriya balansi;
b) Foyda va zararlar haqidagi hisobot;
v) Quyidagilardan birini ko’rsatuvchi hisobot:
 xususiy kapitaldagi barcha o’zgarishlar;
 mulkdorlar bilan amalga oshirilgan kapital xarakterdagi muomala va
taqsimotlardan farq qiluvchi xususiy kapitaldagi o’zgarishlar.

Yüklə 48,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin