Moliyаviy hisobot transformatsiyasi 1-reja: mhxs bo’yicha hisobotni tuzishning usullari


g) pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobot



Yüklə 48,74 Kb.
səhifə11/12
tarix22.06.2023
ölçüsü48,74 Kb.
#133931
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
MOLIYAVIY HISOBOT TRANSFORMATSIYASI (1) (1)

g) pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobot;
d) hisob yuritish siyosati va tushuntirishlar hamda izohlar.


BUXGALTERIYa BALANSI
MHXS kompaniyalardan aktivlarni joriy va uzoq muddatlilarga bo’lishni talab
qilmaydi. Shunga qaramay kompaniyalar muomalalarning xarakteriga qarab aktivlar
va majburiyatlarni joriy va uzoq muddatlilarga bo’ilb ko’rsatishlari maqsadga
muvofiqdir.
Aylanma aktivlar
Aktivlarni turkumlashda quyidagi qoidalarga amalqilish tavsiya qilinadi.
Aktivlar aylanma deb hisoblanadi, agar:
a) kompaniya normal operatsion faoliyatida ishlatish yoki sotish mo’ljallanayotgan
bo’lsa:
b) agar aktiv savdo maqsadlarida yoki o’n ikki oy ichida sotish uchun xarid qilingan
bo’lsa;
v) agar u pul mablag’lari yoki uning ekvivalentlari ko’rinishida mavjud bo’lsa.
Boshqa barcha aktivlar uzoq muddatli deb turkumlanadi.


Qisqa muddatli majburiyatlar
Majburiyatlar qisqa muddatli deb tavsiflanadi, agar;
a) kompaniya normal operatsion faoliyati davomida to’lashni mo’ljallanayotgan
bo’lsa:
b) agar hisobot sanasidan o’n ikki oy ichida bajarilish kutilayotgan bo’lsa.
Boshqa barchamajburiyatlar uzoq muddatli deb turkumlanadi.


Buxgalteriya balansida aks ettirilishi lozim bo’lgan axborotlar:
a) asosiy vositalar;
v) nomoddiy aktivlar;
s) moliyaviy aktivlar;
d) ulush usulida ko’rsatilgan investitsiyalar;
e) zahiralar;
f) savdo va boshqa debitorlik qarzlari;
g) pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari;
h) mol etkazib beruvchilar va boshqalardan kreditorlik qarzlari;
i) soliq bo’yicha majburiyatlar va aktivlar;
j) rezervlar;
k) uzoq muddatli majburiyatlar va ular bo’yicha foizlar;
l) ozchilik ulushi;
m) chiqarilgan kapital va fondlar.
Buxgalteriya balansiga izohlarda quyidagilar berilishi kerak:
 Chiqarishga ruxsat etilgan aktsiyalar miqdori;
 Chiqarilgan hamda to’langan, chiqarilgan va to’lanmagan aktsiyalar miqdori;
 Aktsiyaning nominal qiymati yoki nominal qiymatning mavjud emasligi;
 Yil boshiga va yil oxiriga muomaladagi aktsiyalar miqdori;
 Dividendlar va kapitalni qoplash bo’yicha huquqlar, imtiyozlar va
cheklovlar;
 Kompaniyaning o’ziga yoki farzand korxonasiga tegishli aktsiyalar;
 Optsion yoki sotish shartnomalari bo’yicha zahirada qolgan aktsiyalar
miqdori haqida ma’lumot.



Yüklə 48,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin