2-reja: Moliyaviy hisobotni transformatsiya bo’yicha tartibga solish Xalqaro moliyaviy hisobotni taqdim qilish masalalari bevosita 1-son BHXS, 8-son
BHXS va 7-son BHXSlarda ko’zda tutilgan. Bundan tashqari, 2.4-jadvalda
ko’rsatilganidek, moliyaviy hisobotning alohida komponentlari va ayrim ob’ektlar
to’g’risidagi axborotlarni tavsiflash masalalari 10, 30, 14, 26, 29, 34, 35, 15, 21, 24,
33-sonli BHXSlarida ham yoritilgan.
1-son BHXS “Moliyaviy hisobotni taqdim qilish” standartida moliyaviy
hisobotni taqdim qilishning umumiy qoidalari, hisobotlarning tarkibi va mazmuniga
qo’yiladigan minimal talablar keltirilgan.
Ushbu standartning maqsadi korxonaning o’z moliyaviy hisobotining o’tgan
davrlardagi moliyaviy hisobotiga hamda boshqa korxonalarning moliyaviy
hisobotlariga taqqoslanuvchanligiga erishish uchun umumiy maqsadlardagi
moliyaviy hisobotni taqdim qilishning negizini ta’min etish bo’lib hisoblanadi.
Kompaniya rahbariyati har bir qo’llaniladigan BHXS va Interpritatsiya bo’yicha
Doimiy Qo’mitaning interpritatsiyalari talablariga to’liq muvofiq holda hisob
siyosatini ishlab chiqishi kerak.
BHXSlarida aniqlashlar bo’lmaganva Interpritatsiyalar berilmagan hollarda
rahbariyat hisob siyosatini ishlab chiqishda moliyaviy hisob foydalanuvchilari
uchun foydali axborotlarni ta’min etishda o’zlarining mushohadalaridan kelib
chiqadi. Ushbu mushohadalarni tayyorlashda korxona rahbariyati quyidagilardan
kelib chiqadi: faoliyatning uzluksizligi; jamg’arilish; taqdim qilishning ketma- ketligi; salmoqlilik; o’zaro qoplash va axborotlarning taqqoslanishligi kiritilgan. Moliyaviy hisobotning har bir komponenti aniq belgilanishi lozim. Moliyaviy
hisobotning barcha shakllarida taqdim qilinayotgan axborotlarning etarli darajada
tushunilishini ta’min etish maqsadida (5, 95-bet):
a) hisobot berayotgan kompaniyaning nomi yoki uning boshqa e’tirof etish
belgilari;
b) moliyaviy hisobot alohida mustaqil kompaniyani qamrab oladimi yoki
kompaniyalar guruhini
s) hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotning taalluqli komponentiga muvofiq kelishiga bog’liq holda moliyaviy hisobot qamrab olgan hisobot davri;
d) hisobot davri;
e) moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan raqamlarning aniqlik darajasi.