Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni konseptual asoslari…



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə11/26
tarix20.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#133209
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Dissertatsiya Rasulov Sh.Sh.(1)

I bob bo‘yicha xulosa
Hozirda mulkiy birlik va munosabatlarning shunday tizimini shakllantirish lozimki, bu harakat avvalo faoliyat yakunida yuqori unum va natijaviylikni, butlik va manfaat uyg‘unligini, eng muhimi bozor to‘kin-sochinligi va jamiyatimiz farovonligini ta’minlasin. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashga o‘tish jarayonida ushbu jihatga bosh masala sifatida qarash lozim.
Respublikamizda uzoq yillar davomida, hisob tizimida bir xillik, umumiylik va muomalalar mazmunining takroriyligi amal qilib keldi. Hisob tizimining bugungi mazmuni, kuzatuv o‘rni va vazifalari esa ancha boyidi. Hisob tizimida eng katta o‘zgarish shu bo‘ldiki, amalda milliy hisob tizimini yaratishga kirishildi.
Respublikamiz korxona va tashkilotlarida hisob va hisobot ishlarini xalqaro standartlarga moslashtirish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Ayniqsa oxirgi 5-6 yil ichida respublikamiz korxona va tashkilotlarida yuritiladigan buxgalteriya hisobini yuritish uslubiyatida, uning tashkil qilinishida hamda ishlab chiqarish xarajatlari hisobini yuritishda qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bulardan tashqari buxgalteriya hisobotini tuzish uslubiyatida va hisobot shakllarida ham bir qancha o‘zgarishlar yuz berdi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari holatiga, iqtisodiy-moliyaviy holatiga, pul mablag‘lari harakatiga e’tibor kuchaytirildi.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq xo‘jalik yuritishning turli mulkchilikka, hamda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga moslashish jarayoni jadallik bilan amalga oshirila boshlandi. Davlat mulkining markazlashgan shakli hukmronlik qilgan sharoitidagi boshqarish tizimidan, mutlaqo yangi, jahon standartlariga mos raqobatbardosh, sifatli mahsulot bilan tashqi bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan korxonalar uchun yangi hisob siyosati, shu jumladan, xarajatlarning bozor talablariga to‘g‘ri keladigan hisob usullarini yaratish hamda korxonalarda pul mablag‘lari harakatini optimal ravishda tashkil etish o‘ta dolzarb bo‘lib qoldi.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin