Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni konseptual asoslari…


-rasm.Moliyaviy hisobot elimentlarini baholash usullari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə10/26
tarix20.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#133209
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Dissertatsiya Rasulov Sh.Sh.(1)

1.3.2-rasm.Moliyaviy hisobot elimentlarini baholash usullari9
Moliyaviy hisobot operatsiyalar va boshqa hodisalar natijalarini, ularni keng doiradagi umumiy belgilari va iqtisodiy tavsiflariga ko‘ra toifalarga birlashtirgan holda aks ettiradi. Ushbu keng doiradagi toifalar moliyaviy hisobotning elementlari deb ataladi. Muvozanatdagi moliyaviy ahvolni o‘lchash bilan bevosita bog‘liq elementlar - bu aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitaldir. Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda faoliyat natijalarini o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan elementlari daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlardir.
Tan olish- bu quyida keltirilgan elementlarni tan olish mezoniga javob beradigan moddalardan birini muvozanat yoki foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotga kiritishdir. Tan olish -moddani so‘z bilan ifodalash va uning pul qiymatida aks ettirish, shuningdek ushbu summani muvozanat va foyda va zararlar to‘g‘risidagi xisobotda aks ettirishdir.
Hisobot beruvchi korxona o‘z aktivlari, majburiyatlari Tarixiy qiymati. Аktivlar, ularni sotib olish vaqtida to‘langan pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari, yoxud ularga taklif etilgan haqqoniy qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Majburiyatlar qarz majburiyatning almashtirish evaziga olingan tushum summasida hisobga olinadi, baʼzi hollarda esa (masalan, foyda solig‘i), ishlarni odatiy sharoitini hisobga olgan holda, ushbu majburiyatlarni qaytarish uchun kerakli bo‘lgan pul mablaglari yoki ularning ekvivalentlari summasida aks ettirilishi mumkin.
Tiklash qiymati. Аktivlar, ularni sotib olish vaqtida hozirgi paytda huddi shunga o‘xshash aktiv sotib olingandagi to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari bo‘yicha aks ettiriladi.
Majburiyatlar, hozirgi paytda shu majburiyatning qaytarishi uchun talab etiladigan, pul mablag‘lari va ularni ekvivalentlarini diskontlanmagan summasida aks ettiriladi.
Sotish (qoplash) qiymati. Аktivlar, ularni odatiy sharoitda sotib olishda to‘lanishi zarur bo‘lgan pul mablaglari yoki ularning ekvivalentlari bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar, agar hozirgi paytda ularni qaytarishi talab etilsa, to‘lanishi zarur bo‘lgan pul mablag‘lari va ularni ekvivalentlarini diskontlanmagan summasida aks ettiriladi.
Diskontlangan qiymat. Аktivlar, ishlarni odatiy tartibda yuritilganini taxmin qilgan takdirda, ushbu aktiv tomonidan yaratilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining bo‘lg‘usi sof kelib tushishini diskontlangan summalarida aks ettiriladi. Majburiyatlar, ishlarni odatiy tartibda yuritilganini taxmin qilgan takdirda ushbu majburiyatlarni qaytarish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larining bo‘lg‘usi sof kamayishining diskontlangan summalarida aks ettiriladi. Moliyaviy hisobotni tayyorlashda baholash asosi sifatida korxonalar tomonidan qabul qilingan eng ko‘p foydalaniladigan baho - bu tarixiy qiymat hisoblanadi. Odatda, u boshqa baholash asoslari bilan birgalikda ishlatiladi. Masalan, zahiralar, odatda tannarx yoki sof sotish bahosidan eng past bahoda hisobga olinadi, bozorda aylaniladigan qimmatli qog‘ozlar ularning bozor narxida, nafaqa majburiyatlari esa ularning diskontlangan qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
MHXS (IFRS) 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo‘llash” nomli standartning maqsadi tadbirkorlik subʼektining MHXSlar bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlari va ushbu hisobotlar qamrab olgan davrning bir qismi uchun oraliq moliyaviy hisobotlari:
a) foydalanuvchilar uchun shaffof va taqdim qilingan barcha davrlar uchun qiyoslanuvchan;
b) buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXSlarga) muvofiq yuritish uchun munosib tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiladigan;
v) undan olinadigan nafdan oshmaydigan xarajatlar sarflanib
tayyorlanishi mumkin bo‘lgan yuqori sifatli maʼlumotlarni o‘z ichiga olishini taʼminlashdan iboratdir.
Tadbirkorlik subʼekti mazkur MHXSni:
a) o‘zining MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida; va
b) u tomonidan MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan davrning bir qismi uchun MHXS 34 “Oraliq moliyaviy hisobotlar”ga muvofiq taqdim qilinadigan hamma oraliq moliyaviy hisobotlariga nisbatan, agar shunday hisobotlari bo‘lsa, qo‘llashi kerak.
Tadbirkorlik subʼekti o‘zining MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotida va uning MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan hamma davrlarda bir xil hisob siyosatlarini qo‘llashi kerak. Tadbirkorlik subʼekti MHXSlarning oldinroq amalda bo‘lgan boshqa tahrirlarini qo‘llamasligi kerak. Tadbirkorlik subʼekti qo‘llanilishi hali shart bo‘lmagan yangi MHXSni ushbu MHXSni muddatidan oldin qo‘llash ruxsat etilganida qo‘llashi mumkin.
Boshqa belgilangan holatlardan tashqari hollarda, tadbirkorlik subʼekti o‘zining MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotida:
a) MHXSlar bo‘yicha tan olinishi talab qilingan barcha aktivlar va majburiyatlarni tan olishi kerak;
b) MHXSlar tan olinishiga yo‘l qo‘ymaydigan aktivlar va majburiyatlarni tan olmasligi kerak;
v) oldingi BHUTga ko‘ra aktiv, majburiyat yoki kapitalning bitta turi sifatida tan olingan, lekin MHXSlarga muvofiq aktiv, majburiyat yoki kapitalning boshqa turi sifatida tan olingan moddalarni qayta tasniflamasligi kerak; va
(g) barcha tan olingan aktivlar va majburiyatlarni baholashda MHXSlarni qo‘llashi kerak.
Tadbirkorlik subʼekti o‘zining MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotida qo‘llaydigan hisob siyosatlari u oldingi BHUT bo‘yicha xuddi shu sanaga qo‘llagan hisob siyosatlaridan farq qilishi mumkin. Buning natijasida yuzaga keladigan tuzatishlar MHXSlarga o‘tish sanadan oldin ro‘y beradigan operatsiya va hodisalar natijasida paydo bo‘ladi.
Shu bois, tadbirkorlik subʼekti ushbu tuzatishlarni MHXSlarga o‘tish sanasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqsimlanmagan foydada (yoki, o‘rinli bo‘lsa, kapitalning boshqa toifasida) tan olishi kerak.
Mazkur MHXS boshqa MHXSlarning baʼzi jihatlarini retrospektiv qo‘llashni taqiqlaydi.
1- taʼqiq. Tadbirkorlik subʼekti quyidagi istisnolarni qo‘llashi kerak:
a) moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarni hisobdan chiqarish;
b) xejni hisobga olish;
v) nazorat kuchiga ega bo‘lmagan ulushlar;
g) moliyaviy aktivlarning tasniflanishi va baholanishi;
d) singdirilgan derivativlar; va
ye) davlat zayomlari.
2- taʼqiq. MHXS ning bir qancha talablaridan ozod bo‘lish.
Tadbirkorlik subʼekti bir yoki bir qancha ozod bo‘lishni tanlashi mumkin.
a) Biznes birlashuvlari bo‘yicha istisno holatlar. Tadbirkorlik subʼekti quyidagi bir yoki undan ortiq istisnolardan foydalanishga qaror qilishi mumkin:
a) aktsiyaga asoslangan to‘lovlar bo‘yicha operatsiyalar;
b) sug‘urta shartnomalari;
v) shartli tannarx;
g) ijara;
y) hisobotni bir valyutadan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilgan farqlar;
Misol: MHXSlarning eng oxirgi tahririni izchil ravishda qo‘llash bo‘yicha dastlabki maʼlumotlar:
“AGRO KVANT” masʼuliyati cheklangan jamiyatining MHXS bo‘yicha birinchi hisobot davrining oxiri 2020 yil 31 dekabrga to‘g‘ri keladi. “AGRO KVANT” masʼuliyati cheklangan jamiyati ushbu moliyaviy hisobotlaridagi qiyoslanadigan maʼlumotlarni faqat bir yil uchun taqdim qilishga qaror qildi. Shuning uchun, uning MHXSlarga o‘tish sanasi 2019 yil 1 yanvarda ish kuni boshiga (yoki, ekvivalent ravishda, 2018 yil 31 dekabrda ish kuni oxiriga) to‘g‘ri keladi. “AGRO KVANT” masʼuliyati cheklangan jamiyati o‘zining moliyaviy hisobotlarini 31 dekabrda yakunlanadigan va 2019 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan (shu jumladan 2019 yil 31 dekabrni ham o‘z ichiga olgan) har yili uchun uning oldingi Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan Talablarni qo‘llash “AGRO KVANT” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 2020 yil 31 dekabrda tugaydigan davrlar uchun amalda bo‘lgan (kuchga kirgan) MHXSlarni quyidagilarga nisbatan qo‘llashi lozim:
a) 2019 yil 1 yanvarь holatiga MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotni tayyorlashda va taqdim qilishda; va
(b) 2020 yil 31 dekabrь holatiga moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotni (shuningdek 2019 yil uchun qiyoslanadigan maʼlumotlarni), 2020 yil 31 dekabrda yakunlangan yil uchun umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobotni, kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotni va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni (shuningdek 2019 yil uchun qiyoslanadigan maʼlumotlarni) hamda ochib beriladigan maʼlumotlarni (shuningdek 2019 yil uchun qiyoslanadigan maʼlumotlarni) tayyorlashda va taqdim qilishda.
Аgar yangi MHXSning qo‘llanishi shart bo‘lmasa, lekin muddatidan oldin qo‘llanishiga ruxsat etilsa, «AGRO KVANT» masʼuliyati cheklangan jamiyat tadbirkorlik subʼektiga ushbu MHXSni uning MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida qo‘llash ruxsat etiladi, lekin talab qilinmaydi, tamoyillariga (BHUTga) muvofiq taqdim qilgan.
v) sho‘ba tadbirkorlik subʼekti, qaram tadbirkorlik subʼekti va qo‘shma korxonalarga investitsiyalar;
g) sho‘ba tadbirkorlik subʼektlari, qaram tadbirkorlik subʼektlari va qo‘shma korxonalarning aktivlari va majburiyatlari;
d) murakkab moliyaviy instrumentlar;
y) oldin tan olingan moliyaviy instrumentlarni belgilash;
yo) moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlarni dastlab tan
olishda ularning haqqoniy qiymatlari bo‘yicha baholash;
j) obʼektlarni foydalanishdan chiqarishga tegishli bo‘lgan va asosiy vositalarning tannarxiga kiritilgan majburiyatlar;
z) MHXSShQ 12 “Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kontsession shartnomalar” ga ko‘ra hisobga olingan moliyaviy aktivlar yoki nomoddiy aktivlar;
i) qarzlar bo‘yicha xarajatlar;
y) xaridorlardan aktivlarni o‘tkazish;
k) moliyaviy majburiyatlarni ularning o‘rniga ulushli instrumentlarni berish orqali so‘ndirish;
l) kuchli giperinflyatsiya;
m) birgalikdagi faoliyat bo‘yicha kelishuvlar; va
n)\ konni ochiq usulda qazish bosqichidagi tozalash xarajatlari.
Tadbirkorlik subʼekti ushbu istisnolarni o‘xshashlik asosida boshqa moddalarga nisbatan qo‘llamasligi kerak.
a) MHXS 9 bo‘yicha qiyosiy maʼlumotlarni qayta hisoblash talabidan istisno;
b) moliyaviy instrumentlar to‘g‘risida ochib beriladigan maʼlumotlar;
v) xodimlarning daromadlari ;
g) investitsion tadbirkorlik subʼektlari.
Tadbirkorlik subʼekti tomonidan MHXSlarga o‘tish sanasida MHXSlarga muvofiq qilingan taxminiy baholashlari ushbu sanada oldingi BHUTlarga muvofiq qilingan taxminiy baholashlariga (hisob siyosatlaridagi farqlarni aks ettirish uchun tuzatishlar kiritilganidan keyin) mos kelishi kerak, agar bu taxminiy baholashlar noto‘g‘ri ekanligiga obʼektiv dalil bo‘lmasa.
Tadbirkorlik subʼektining MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlari kamida uchta moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotni, ikkita
foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobotni, ikkita alohida foyda yoki zarar to‘g‘risidagi hisobotni (agar taqdim qilinadigan bo‘lsa), ikkita pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni va ikkita kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotni hamda tegishli izohlarni, shu jumladan hamma taqdim qilinadigan hisobotlarga qiyoslanadigan maʼlumotlarni, o‘z ichiga olishi kerak.
Tadbirkorlik subʼekti oldingi BHUTlardan MHXSlarga o‘tish uning hisobotida ko‘rsatilgan moliyaviy holati, faoliyatining moliyaviy natijalari va pul oqimlariga qanday taʼsir o‘tkazganini tushuntirishi kerak.
MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
a) quyidagi sanalarning ikkalasi uchun ham hisobotlarda oldingi BHUTlarga mos ravishda aks ettirilgan kapital bilan MHXSlar talablariga muvofiq bo‘lgan kapital o‘rtasidagi solishtirmani:
- MHXSlarga o‘tish sanasi; va
- tadbirkorlik subʼektining oldingi BHUTlarga mos bo‘lgan oxirgi yillik moliyaviy hisoboti taqdim qilingan eng so‘nggi davrning oxiri.
b) tadbirkorlik subʼektining oxirgi yillik moliyaviy hisobotlari qamrab olgan eng so‘nggi davr uchun MHXSlarga muvofiq bo‘lgan jami umumlashgan daromadning solishtirmasi. Bunday solishtirma aynan o‘sha davr uchun oldingi BHUTlarga muvofiq shakllangan jami umumlashgan daromaddan, yoki, tadbirkorlik subʼekti bunday jami umumlashgan daromadni oldin hisobotlarda ko‘rsatmagan bo‘lsa, oldingi BHUTlarga muvofiq shakllangan foyda yoki zarardan boshlanishi kerak.
v) agar tadbirkorlik subʼektining MHXS bo‘yicha moliyaviy holat
to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotida qadrsizlanishdan olingan zarar birinchi marta tan olingan yoki qayta tiklangan bo‘lsa, tadbirkorlik subʼekti tomonidan MHXSlarga o‘tish sanasidan boshlanadigan davrda ushbu qadrsizlanishdan olingan zarar tan olingan yoki qayta tiklanganida MHXS 36 “Аktivlarning qadrsizlanishi” bilan ochib berilishi talab qilingan maʼlumotlarni.
Аgar tadbirkorlik subʼekti o‘zining MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotida asosiy vositalar, investitsion mulk yoki nomoddiy aktivning haqqoniy qiymatini ularning shartli tannarxi sifatida olsa (foydalansa), ushbu tadbirkorlik subʼekti MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotining har bir satrida ko‘rsatilgan modda bo‘yicha quyidagilarni o‘zining MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida ochib berishi kerak:
a) ushbu haqqoniy qiymatlarining umumiy summasini; va
(b) oldingi BHUTlar bo‘yicha ko‘rsatilgan balans qiymatlariga tuzatishlarning umumiy summasini.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar, moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar xo‘jalik subʼektining pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatini hamda xo‘jalik subʼektining ushbu pul oqimlaridan foydalanish ehtiyojini baholashi uchun asos yaratadilar. BHXS 7 pul oqimlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarini taqdim etish va oshkor etish uchun talablarni belgilaydi.
Foydalanuvchilar moliyaviy hisobotlarni tushunishi va ularni boshqa xo‘jalik subʼektlarining moliyaviy hisobotlari bilan taqqoslashi oson bo‘lishi uchun, xo‘jalik subʼekti odatda izohlarni quyidagi tartibda taqdim etadi:
a) MHXSlarga muvofiqliq to‘g‘risida bildirish;
b) qo‘llanilgan muhim hisob siyosatlarining qisqa bayoni;
v) moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotlarda, foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobot(lar)da, kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotlarda va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlarda taqdim etilgan moddalar bo‘yicha yordamchi maʼlumotlar, bunda ularning tartibi har bir hisobot va har bir modda taqdim etiladigan tartibda bo‘ladi; va
g) boshqa oshkor etiladigan maʼlumotlar, jumladan:
- shartli majburiyatlar va tan olinmagan shartnoma majburiyatlari, va
- nomoliyaviy oshkor etishlar, masalan xo‘jalik subʼektining moliyaviy xatarni boshqarish maqsadlari va siyosatlar.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin