Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni konseptual asoslari…



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə14/26
tarix20.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#133209
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Dissertatsiya Rasulov Sh.Sh.(1)

2.2.1-rasm. Moliyaviy aktivlar15
АBS Kopmaniya tijorat bankida ikki oylik muddatga yillik 5% stavkada depozitga pul mablag‘i qo‘ygan. Agar kompaniya pul mablag‘ini muddatidan oldin talab qilsa, u foizlarning bir qismidan voz kechadi. Muddati tugagach, kompaniya qaytarib olingan pul mablag‘lari o‘zining savdo kreditorlari bilan hisob-kitob qilish uchun foydalanishi kutilmoqda.
Muddatli depozit pul mablag‘lari ekvivalenti hisoblanadi. Chunki, u qisqa muddatli (boshlangan kundan boshlab ikki oy), yuqori likvidli (istalgan vaqtda olib qo‘yilishi mumkin), belgilangan summadagi (kapital plyus belgilangan foizlar) pul mablag‘lariga oson aylantiriladigan va qiymatning o‘zgarishi rsiki ahamiyatsiz (ikki oylik to‘lov muddatiga ega qatʼiy foizli depozit bozor foiz stavkalarining o‘zgarishiga javoban qiymatini sezilarli darajada o‘zgarishi dargumon va muddatidan oldin to‘lash uchun pul mablag‘i yo‘qotilishi unchalik katta emas). Bundan tashqari, u qisqa muddatli pul majburiyatlarini bajarish uchun mo‘ljallangan. Kompaniyaning tijorat bankidagi korporativ bank kartasining hisob raqami ijobiy qoldiq va overdraftda bo‘lishi o‘rtasida o‘zgarib turadi. Overdraft bank talabi bo‘yicha to‘lanadi.
Bank overdrafti pul mablag‘lari ekvivalenti hisoblanadi. Chunki, u talab bo‘yicha qaytarilishi mumkin va kompaniyaning pul mablag‘larini boshqarishning ajralmas qismini tashkil qiladi.
Pul oqimlari – pul mablag‘lari va ular ekvivalentlarining kirimi va chiqimidir. Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotda pul oqimlari uch hil faoliyat turlari bo‘yicha tasniflanadi: operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyat. Pul oqimlari pul mablag‘lari yoki pul mablag‘lari ekvivalentlarining moddalari o‘rtasidagi ichki harakatni o‘z ichiga olmaydi. Chunki bunday operatsiyalar kompaniyaning operatsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyatini emas, balki pul mablag‘larini boshqarishning bir qismidir. Pul mablag‘larini boshqarish ortiqcha pul mablag‘larini ularning ekvivalentlariga investitsiya qilishni o‘z ichiga oladi.
Hisobot davri uchun pul oqimlari pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotda operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyat bo‘yicha tasniflangan holda taqdim etiladi. 7-son BHXSning 6-bandiga muvofiq:
“Operatsion faoliyat – tashkilotning asosiy daromad keltiruvchi faoliyati hamda investitsiya va moliyaviy faoliyatdan tashqari boshqa faoliyat turlari.
Investitsiya faoliyati – uzoq muddatli aktivlarning va pul mablag‘lari ekvivalentlariga kirmaydigan boshqa investitsiyalarning xarid qilinishi va hisobdan chiqarilishi.
Moliyaviy faoliyat – tashkilot kiritgan kapitali va qarz mablag‘larining miqdori va tarkibidagi o‘zgarishlarga olib keladigan faoliyat”.
Kompaniya pul oqimlarini operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyati bo‘yicha taqdim etilishi foydalanuvchilar uchun pul mablag‘lari yaratilishi imkoniyatini baholash uchun batafsil maʼlumotni taqdim etadi. Bu maʼlumotdan ushbu faoliyatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni baholash uchun ham foydalanish mumkin.
Аmaliyotda, ayni bir xil operatsiya turli xil tasniflanadigan pul oqimlarini o‘z ichiga olishi mumkin. Masalan, qarz bo‘yicha pul mablag‘larini to‘lash o‘z ichiga asosiy summa va foizlarni olganda, foiz qismi operatsion faoliyat tarzida tasniflanishi mumkin, asosiy summa qismi esa moliyaviy faoliyat tarzida tasniflanadi.
Kompaniyaning asosiy daromad keltiruvchi faoliyatiga tegishlimi? oqimlari
Quyidagi sxemada pul oqimlarini qaysi faoliyat turiga kirish bo‘yicha umumiy ko‘rsatma berilgan:

Pul oqimi…

Kompaniyaning asosiy daromad ha


keltiruvchi faoliyatiga tegishlimi?
Uzoq muddatli aktivlarning va
pul mablag‘lari ekvivalentlariga
kirmaydigan boshqa ha
investitsiyalarning xarid qilinishi
va hisobdan chiqarilishiga tegishlimi?
Pul oqimining mohiyati qo‘shimcha
o‘rganib chiqilishi va tahlili qilishi ha
lozim

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin