Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni konseptual asoslari…



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə16/26
tarix20.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#133209
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Dissertatsiya Rasulov Sh.Sh.(1)

II- bob bo‘yicha xulosa
Korxona pul mablag‘larining harakati haqida bevosita yoki bilvosita metodlar yordamida hisoblarini yuritishi mumkin. Hisoblarni bevosita metod yo‘li bilan amalga oshirish berilgan davr mobaynida hisob raqamlar bo‘yicha pul mablag‘lari harakatining natijalarini aks ettirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda operatsiyalar faoliyat turi bo‘yicha uch guruhga ajratiladi. Hisobotni to‘ldirish uchun kerakli ma’lumotlarni bevosita buxgalteriya hisobi hujjatlaridan olish mumkin.
Pul oqimini bevosita yo‘l bilan hisoblanishi korxona to‘lovga qobiliyatini baholash va pul mablag‘lari kelib tushishi va sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatish imkoniyatini ta’minlaydi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona faoliyatida pul mablag‘laridan samarali foydalanish iqtisodiyotning barqaror rivojlanishining ta’minlovchi muhim omillaridan biri hisoblanadi. Chunki korxonalar faoliyatining uzluksiz davom etishini ta’minlash uchun zarur ishlab chiqarish zaxiralari va mehnat vositalari sotib olish, davlat byudjetidan tashqari fondlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun ma’lum miqdorda naqd pulsiz hisob kitoblar talab qilinadi. Shuning uchun ham korxonalar mavjud pul mablag‘larini yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga sarflashda iqtisodiy jihatdan manfaatli va tejamli bo‘lgan hamda korxonaga o‘z mablag‘laridan oqilona foydalanish imkonini berishni birinchi navbatda hisobga olish zarur. Itqisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarning pul mablag‘lari va ularning xarajati to‘g‘risidagi boshqaruv apparati uchun zarur ma’lumotlarni buxgalteriya shakllantirish masalalarini o‘rgatadi.

III BOB. PUL OQIMLARI TAHLILINING TO‘G‘RI VA EGRI USLUBI, PUL MABLAG‘LARINING OMILLI TAHLILI


3.1.Pul oqimlari tahlilining to‘g‘ri va egri uslubi
To‘g‘ri usulda tahlilning metodologik asoslari.
To‘g‘ri usul – xo‘jalik faoliyatidan pul mablag‘lari harakatini ijobiy va salbiy farqlanishlarini aniqlashning kassa usulida hisob-kitob qilinishidir.Pul mablag‘larini to‘g‘ri usulda tahlil etishning metodologik asosi balans usuli hisoblanadi. Uning mazmunini quyidagilar tashkil etadi:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin