III bob bo‘yicha xulosa Pul oqimlarini tahlil qilish va prognozlash investitsiya qarorlarini asoslashning eng muhim vositasi boʻlib, koʻrsatkichlarning oʻzi moliyaviy modellarni ishlab chiqishning asosiy elementlari sifatida ishlatiladi. Oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, tashkilotlarda pul oqimi koʻrsatkichlarini shakllantirish metodologiyasiga bir qator obyektiv va subyektiv omillar, shu jumladan moliyaviy hisobot standartlari talablari, buxgalteriya siyosatini tanlash, korporativ boshqaruv tizimi, biznes modelining oʻziga xos xususiyatlari, kapital etkazib beruvchilarning talablari, direktorlar Kengashining mustaqilligi, kompaniyaning ichki nazorat va audit tizimining samaradorligi va boshqalar. Tadqiqot davomida investitsiyalarni baholashga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan pul oqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va taqdim etishning muhim jihatlariga eʼtibor qaratildi.
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot kompaniyaning moliyaviy hisobotining bir qismi sifatida hisobga olinadi umumiy maqsadlar va foydalanuvchilarning keng doirasiga qaratilgan boʻlib, unga zarur tushuntirishlar berilishi kerak, shu jumladan hisobot tashkilotida ishlatiladigan pul oqimlarini tasniflash tamoyillari, pul ekvivalentlarini tan olish mezonlari boʻyicha qarorlar va pul oqimlarini tahlil qilish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar. Haqiqiy pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot koʻrsatkichlari bilan bir qatorda investorlar, tahlilchilar va kompaniyalar oʻzlari tashqi foydalanuvchilarga tashkilotning qiymat yaratish qobiliyatini ochib beradigan maʼlumotlarni taqdim etishga imkon beradigan muqobil koʻrsatkichlardan faol foydalanadilar. Shu bilan birga, ularni aniqlashning yagona protsedurasining yoʻqligi hisobot beruvchi kompaniyalarga daromad va xarajatlarning ayrim moddalarini hisoblashda kiritish yoki chiqarib tashlash orqali taqdim etilgan natijalarga taʼsir koʻrsatishga imkon beradi. Bunday sharoitda foydalanuvchilar taqdim etilgan natijalarning ishonchliligiga pasaytiradi va eng muhimi, investitsiya jozibadorligini baholash jarayonida zarur boʻlgan koʻrsatkichlarni qiyosiy tahlil qilishda qiyinchiliklarga duch kelishadi.
XULOSA Moliyaviy hisobotlarning maqsadi keng ko‘lamdagi foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydali bo‘lgan xo‘jalik subʼektining moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul oqimlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taʼminlashdan iboratdir. Moliyaviy hisobotlar rahbariyat tomonidan unga ishonib topshirilgan resurslar boshqarilishining natijalarini ham aks ettiradi. Ushbu maqsadga erishish uchun, moliyaviy hisobotlar xo‘jalik subʼektiga tegishli bo‘lgan quyidagi jihatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni taʼminlaydi:
a) aktivlar;
b) majburiyatlar;
v) kapital;
g) daromad va xarajatlar, jumladan foyda va zararlar;
d) mulk egalari tomonidan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi qilingan qo‘yilmalar va ularga taqsimlanadigan summalar;
e) pul oqimlari.
Ushbu maʼlumotlar, izohlardagi boshqa maʼlumotlar bilan birga, moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga xo‘jalik subʼektining kelgusi pul oqimlarini va, xususan, ularning muddatini va aniqliligini oldindan taxminan bilishda yordam beradi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda foydalanilganda, foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyektning sof aktivlaridagi o‘zgarishlarni, ularning moliyaviy strukturasi (likvidligi va to‘lov qobiliyati)ni va o‘zgarayotgan imkoniyatlar va sharoitlarga moslashish maqsadida o‘zining pul oqimlari summasi va muddatlariga ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatini baholash uchun ma’lumot bilan ta’minlaydi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarini keltirib chiqarish imkoniyatlarini baholashda foydalidir, hamda foydalanuvchilarga har xil xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli kelgusi pul oqimlarining keltirilgan (diskontlangan) qiymatini baholash va solishtirish modellarini ishlab chiqish imkonini beradi. U, shuningdek, turli xil xo‘jalik yurituvchi subyektlarning operatsion faoliyati ko‘rsatkichlari haqidagi hisobotlarining qiyoslanuvchanligini oshiradi, chunki u bir xil operatsiya va hodisalarning turlicha hisobga olinishi oqibatlarini bartaraf qiladi.
Oldingi davrlardagi pul oqimlari to‘g‘risidagi axborotdan ko‘pincha kelgusi pul oqimlarining summasi, muddati va aniqligining ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi. U, shuningdek, kelgusi pul oqimlari bo‘yicha oldingi baholarning to‘g‘riligini tekshirishda, hamda foydalilik va sof pul oqimlari orasidagi bog‘liqlikni va o‘zgaruvchan narxlarning ta’sirini o‘rganishda foydalidir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha sohalar singari buxgalteriya hisobini ham xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishga harakat kilib kelinmoqda. Bu boradagi birinchi qadam moliya-xo‘jalik faoliyatining hisobvaraqlar rejasini xalqaro talablar darajasidagi yangi rejasini ko‘rishimiz mumkin.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot asosida investorlar kompaniyaning faoliyatini o‘rganadi va ularning faoliyatiga baho beradi. Jumladan, korxona raxbariyati pul mablag‘lari harakatini boshqara olish, korxona schyotidan kreditor qarzlarni uzish xamda xissadorlarga dividend to‘lash, qo‘shimcha moliyalashtirish maksadlari uchun etarli miqdorda pul mablag‘larini jamlash imkoniyatlari aniqlanadi. Bu hisobot shakli orqali sof foyda bilan pul mablag‘lari harakati o‘rtasidagi bog‘liqlik va tafovutlari aniqlanishi mumkin. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot korxonani investitsiya va moliyaviy faoliyati natijalarini uzida aks ettiradi.
Bizning fikrimizcha korxonaning pul oqimini hisobi hamda auditida e’tiborni quydagilarga qaratish lozim
korxonaning joriy investitsiya va moliyaviy faoliyatlari bo‘yicha pul mablag‘larining sof kirimini va chiqimini aniqlash;
pul mablag‘lari kirimi bo‘yicha manbalarini, chiqimi bo‘yicha harakatlarining tarkibini chuqur o‘rganish;
pul oqimlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish;
pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot moddalarini to‘g‘ri shakllantirilishi;
-pul mablag‘lari miqdorini, optimal variantini aniqlash va xokazolar.
Korxonalarning xo‘jalik jarayonlaridagi pul oqimlari asosini hisob kitob raqamidagi naqd pulsiz muomalalar tashkil etadi. Korxonalarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni quyidagi asosiy tamoyillarga asoslangan xolda;
korxonalar o‘z pul mablag‘larini bankda saqlashlari lozim;
barcha naqd pulsiz hisob-kitoblar bank orqali o‘tishi kerak;
xo‘jaliklar hisob-kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo‘yishlari mumkin;
korxonalarning hisob-kitoblar bo‘yicha shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmasligi kerak;
mol yetkazib beruvchining hisobraqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish mazkur mablag‘larning mol sotib oluvchining hisob raqamidan o‘chirilganidan keyin amalga oshirilishi kerak.
Bizning taklifimizga ko‘ra, korxonalarda xo‘jalik jarayonlaridagi pul oqim-lari quyidagi faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha sodir bo‘lishi belgilanadi:
mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan kelibtushgan pul mablag‘lari;
material, tovar, ish va xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari;
xodimlarga va ular nomidan to‘langan pul mablag‘lari;
foydadan to‘langan soliq;
boshqa to‘langan soliqlar;
xo‘jalik jarayonlaridan bo‘lgan boshqa pulli to‘lovlari va tushumlari.
Ya’ni, bugungi amaldagi me’yoriy qonunchilikka asosan korxonalarining xo‘jalik jarayonlaridan bo‘lgan pul oqimlari tarkibiga biz taklif qilayotgan foydadan to‘langan soliq va boshqa to‘langan soliqlar ko‘rinishidagi pul oqimlari kiritilmayapti. Bizningcha, xo‘jalik jarayonlaridagi pul oqimlari tarkibiga to‘langan soliqlarni ham kiritish maqsadga muvofiqdir. Chunki, odatda ko‘pchilik soliqlar xo‘jalikning asosiy faoliyatidan bo‘lgan natijalarga asosan hisoblanadi va to‘lanadi.