Hosila qimmatli qog`ozlar – bu shartnomalar bo`lib, ular bo`yicha bir tomon qimmatli qog`ozlarning ma'lum bir miqdorini ma'lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi. Hosila qimmatli qog`ozlar opsion, fyuchers va boshqa moliyaviy instrument ko`rinishida bo`lishi mumkin.
Optsion– shunday shartnomaki, uning egasiga qimmatli qog`ozlar yoki tovarlarni shartnomada kelishilgan narxda kelishilgan muddatda haridqilish huquqini beradi.
Fyuchers – kelajakda, kelishilgan aniq vaqtda shartnomada belgilangan narxda ma'lum bir qimmatli qog`ozlar yoki boshqa moliya instrumentlari yoki tovarlarni so`zsiz sotib olish yoki sotish majburiyatini belgilovchi qimmatli qog`oz (kontrakt).
Qimmatli qog`ozlar emissiyasi - qimmatli qog`ozlarni birinchi egalari (investorlari), yuridik yoki jismoniy shaxslarga sotish orqali muomalaga chiqarish. Emissiya quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: aksionerlik jamiyati ta'sis etilib uning aksiyalari ta'sischilar orasida joylashtirilganda; aksionerlik jamiyati aksiyalar chiqarish yo`li bilan boshlang`ich nizom kapitali (jamg`armasi) miqdori oshirilganda; obligatsiya va boshqa qarz majburiyatlarini chiqarish orqali yuridik shaxslar, davlat, davlat hokimiyati va boshqarish organlari tomonidan qarz kapitali jalb qilinganida; o`zaro respublika miqyosida subyektlarning qarz majburiyatlarini to`lash (so`ndirish) jarayoni amalga oshirilganda.
Har bir yuqorida sanab o`tilgan holda vakolatli davlat organi emissiyaning minimal va maksimal o`lchamini belgilaydi.
Moliyaviy investitsiyalarga oid auditorlik tekshiruvining asosiy maqsadi, muomalalarning qonuniy amalga oshirilganligi, to`g`ri baholanganligi va buxgalteriya hisobida to`g`ri yuritilayotganligini tasdiqlashdan iborat.
«Moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvini o`tkazishda birinchi navbatda auditning maqsadi va vazifalarini belgilash zarur.
Auditning maqsadi – xojalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobot ma'lumotlari ishonchliligini hamda moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish usullari va soliq solish muomalalari bo`yicha hisobi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi auditning vazifalarini belgilandi:
Subyekt aktivlarini moliyaviy investitsiyalar tarkibiga kiritilganligi to`g`riligini tekshirish.
Hisobda moliyaviy investitsiyalarni tegishli belgilari bo`yicha ularni turkumlanishini chegaralash to`g`riligini tekshirish.
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda ularni qiymati to`g`ri shakllanganligini tekshirish.
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalar hisobini to`g`riligini tekshirish.
Moliyaviy investitsiyalar sintetik va analitik hisobi holatini baholash.
Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi va ularni natijalarini hisobda to`g`ri aks ettirilganligini tekshirish.
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalar bo`yicha soliq qonunchiligiga rioya etilayotganligini tekshirish.
Auditorning oldida turgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, auditning obyektlarini belgilab olamiz, 4.2-jadval»1:
2-jadval Moliyaviy investitsiyalar auditining obyektlari
Ko`rsatkichlar
Ko`rsatkichlar keltirilgan moliyaviy hisobot shakllari
Chet el kapitali mavjud subyektlarga investitsiyalar
0640
070
Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar
0690
080
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar:
5800
370
110, 170
100
Qimmatli qog`ozlar
5810
370
Qisqa muddatga berilgan qarzlar
5830
370
Boshqa joriy investitsiyalar
5890
370
Moliyaviy investitsiyalar bo`yicha operatsiyalarning tekshiruvi bizning fikrimizcha, quyidagi yo`nalishlar bo`yicha olib borilishi kerak: mavjudligi va to`liqligi, baholash, huquqlar va majburiyatlar, taqdim etish va yoritish (4.4-jadval).
4-jadval Moliyaviy investitsiyalarning audit yo`nalishlari
№
Yo`nalish
lar
Auditning mazmuni
Ta'minlash darajasi
1.
Mavjudli
gi va
to`liqligi
Ushbu yo`nalish bo`yi-cha auditorlik tekshiruvi og`zaki so`rovlardan boshlanishi mumkin (hisobot davrida qanday o`zgarishlar sodir etilgan, sotib olingan qimmatli qog`ozlar to`liq hisobga olingan, hisobotda aks ettirilishi, analitik va sintetik schyotlar qoldig`i Bosh daftarga mos, qayerda saqlanadi va boshqalar). Agar, qim-matli qog`ozlar subyekt-da saqlansa, ularni ko`rib chiqish va sanab chiqish, ya'ni inventarizatsiyani o`tkazish lozim
Barcha moliyaviy investitsiyalar korxona uchun ahamiyatli bo`lib, balans tuzish sanasiga mavjud va kelajaqda daromad keltiradi;
moliyaviy investitsiyalar mavjudligi belgilangan tartibda o`tkazilgan inventarizatsiya va zarur dastlabki hujjatlar bilan tasdiqlangan;
barcha moliyaviy investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va hisobotida to`liq aks ettirilishi, hisobga olinmay
qolgan moliyaviy investitsiyalar yo`qligi; moliyaviy investitsiyalar hisobga olinadigan sintetik schyotlar qoldig`i va oborotlarining tegishli analitik hisob schyotlari qoldiq va oborotlariga mos kelishi; schyotlar bo`yicha qoldiq va oborotlarning buxgalteriya hisobi registrlaridan Bosh daftarga va moliyaviy hisobotlariga to`liq hajmda o`tkazilishi;
· moliyaviy investitsiyalar kirimi va hisobdan o`chirilish faktlarining barchasi buxgalteriya hisobi va
hisobotida aks ettirilishi
2.
Baholash
Moliyaviy investitsiyalar bo`yicha xarajatlar huj-jatli tasdiqlangan bo`li-shi, sintetik va analitik hisoblarda aks ettirilishi, qimmatli qog`ozlarni so-tib olish usuliga ko`ra ularning qiymati me'yo-riy hujjatlarga muvofiq shakllantirilgan bo`lishi lozim. Ularni hisobotda aks ettirish uchun me'yo-riy hujjatlar talabiga muvofiq baholangan.
Moliyaviy investitsiyalar (qimmatli qog`ozlar) buxgalteriya hisobi va hisobotida me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq baholangan;
chet el valutasidagi qimmatli qog`ozlarni so`mda baholash amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq o`tkazilgan; qimmatli qog`ozlarni sotib olish usuliga ko`ra ularning haqiqiy qiymati me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq shakllantirilgan;
qimmatli qog`ozlar qiymati buxgalteriya hisobotiga kiritish uchun me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq va to`g`ri hisoblab chiqarilgan (bozor bahosi pasayishini hisobga olgan holda);
qimmatli qog`ozlarni sotishdan olingan tushum buxgalteriya hisobida dastlabki hujjatlardagi
ma'lumotlarga mos bahoda aks ettirilgan
3.
Huquq va majburiy
atlar
Subyekt moliyaviy investitsiyalar bo`yicha tegishli huquqlarga ega. Buxgalteriya balansida aks ettirilgan qimmatli qog`ozlar subyektga tegishligi to`g`risida barcha guvohnomalar mavjud.
Moliyaviy investitsiya-larga egalik qilish huquq-lari tegishli shartnomalar, qabul qilish-topshirish
dalolatnomalari, qimmat-li
Subyekt moliyaviy investitsiyalar uchun tegishli huquqlarga ega va ushbu huquqlar bilan bog`liq xavfxatar uchun mas'uldir;
buxgalteriya hisobida aks ettirilgan moliyaviy investitsiyalar (qimmatli qog`ozlar va berilgan qarzlar) subyektga qonun asosida tegishlidir; buxgalteriya balansida aks ettirilgan qimmatli qog`ozlar subyektga mulkiy huquq asosida tegishli bo`lib, tegishli huquq talablariga mos shartnomani amalga oshirish natijasida olgan hamda subyekt qimmatli qog`ozlar olinganligini tasdiqlovchi barcha zarur guvohliklarga ega;
buxgalteriya hisobi schyotlaridagi barcha yozuvlar
qog`ozlar va boshqalar
bo`yicha tekshiriladi
amaldagi qonunchilik va me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan. Isbotlovchi va dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan;
moliyaviy investitsiyalarga doir barcha muomalalar amaldagi qonunchilikka zid bo`lmagan munosabatlar sharoitidan kelib chiqadi
4.
Taqdim etish va
yoritish
Barcha moliyaviy investitsiyalar to`g`ri turkumlangan, ular to`g`risidagi axborotlar buxgalteriya hisobotlarida ochib berilgan. Auditor investitsiyalarning miqdori, yo`nail-shi va maqsadga muvo-iqligini tahlil qilishi ham-da ular hisobda to`g`ri aks etilganligini o`rganib
chiqishi lozim
Barcha moliyaviy investitsiyalar to`g`ri turkumlangan va buxgalteriya hisobotida mohiyati ochib berilgan; moliyaviy investitsiya turlari va qaytarish muddatlariga ko`ra turkumlangan; moliyaviy investitsiyalarni sotish va qaytarish bilan bog`liq daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda to`g`ri turkumlangan; moliyaviy investitsiyalar to`g`risidagi axborotlar buxgalteriya hisobotlariga biriktiriladigan
tushuntirishlarda ochib berilgan
Xulosa qilib aytganda, tekshiriladigan masalalar bo`yicha etarli dalillarga ega bo`lish aniqlangan xatoliklarni mustaqil baholash, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni hamda amaldagi me'yoriy hujjatlar, shuningdek qonunchilikdan chetga chiqishlarni aniqlashga imkon beradi.