MHXS va BHMS asosida tuziladigan hisobotning asosiy farqli jihati, “Ulushli
qatnashish hisobi usuli bo’yicha boshqa yalpi daromadda uyushgan yoki hamkor
tashkilotlarning ulushi” va “Nazorat qilinmaydigan ukushli qatnashish va bosh
kompaniya ta’sischilariga taaluqli foyda yoki zarar va jami yalpi daromad” moddalari
milliy amaliyotda mavjud emas. Bu esa tashkilot konsolidatsilangan emas, balki
oddiy hisobotni shakllantirishga olib keladi.
Xalqaro standart talablariga muvofiq tuzilgan hisobotlarda xarajatlarni ikki
shaklda tasniflash tavsiya etiladi: xarajatlar xarakteri va maqsadi bo’yicha. Xarajatlar
tabiatiga ko’ra amortizatsiya, ish haqi, transport xarajatlari va boshqa xarajatlarga
bo’linadi. Maqsadlari bo’yicha xarajatlar o’z vazifalariga ko’ra tasniflanadi va
tannarxga, ma’muriy xarajatlarga, sotish xarajatlariga va boshqalarga bo’linadi.
Milliy standartda ular faqat mo’ljallangan maqsadlar uchun tasniflanadi.
Xalqaro standart talablariga muvofiq hisobotlarni tuzishda taklif etilayotgan 2ta
muhim yondashuvlar mavjud bo’lib bular:
- xalqaro standart talablariga muvofiq, xarajatlar turlari bo’yicha moliyaviy
natijalarga aniqlik kiritish uchun xarajatlarning maqsadli foydalanganligi to’g’risidagi
qo’shimcha ma’lumotlar oshkor etilishi;
- analitik ishlarda biznes jarayonlarini strategik boshqarish uchun prognozlashga
ahamiyat qaratishning lozimligi.
Dostları ilə paylaş: