Krossvordni yeching SAVOLLAR (BO’YIGA) …….. moliyaviy mablag’lardan oqilona va maqsadga muvofiq foydalanish maqsadida faoliyatni kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir.
3. ………..bu biror ishning, ahvoli, subyektlarning holati va shu kabilar ustidan kuzatish, tadqiq, tahlil qilish kabi faoliyat
5. Moliyaviy nazoratning qaysi tamoyilida Nazorat natijalari, tekshirilgan to’g’ri, to’liq va obyektiv tushuntirilishini nazarda tutadi?
6. Moliyaviy nazoratning qaysi tamoyilida Nazorat vazifalarini samarali bajarish uchun nazoratchilarning va birinchi navbatda nazorat organi shaxslaridan qarorlarni qabul qiluvchi xodimlarning ma’lum darajali personal dahlsizligi zarurligini tan oladi?
9. Oliy nazorat organlari xalqaro tashkiloti bu…
13. Bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tatbiq etilishidir?
Savollar (ENIGA) Arabchada “pul mablag’lari” degan ma’noni anglatadi?
4.Moliyaviy nazoratning qaysi tamoyilida Jamiyat e’tiboriga ommaviy axborot vositasi orqali turli moliyaviy hujjatlar loyihalarini, ularning ijrosi bo’yicha hisobotlarni, moliyaviy faoliyatni tekshirish natijalari mazmunini yetkazishda namoyon bo’ladi.?
7. Moliyaviy nazoratning qaysi tamoyilida Davlat va uning barcha organlari, shuningdek nazorat organlari qonunga muvofiq faoliyat yuritishini, jamiyat va fuqarorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashini nazarda tutadi?.
8. Moliyaviy nazoratning qaysi tamoyilida Nazoratchi- taftishchilar kasbiy mahoratining yuqoriligini va ular amaldagi qonun hujjatlariga to’liq rioya qilishlarini taqozo etadi.
10. Qadimiy fransuzcha “baguete”- karmon, sumka)-bu davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy ta’minlash uchun mo’ljallangan pul mablag’lari bu …….
11. Moliyaviy nazoratning qaysi tamoyilida Nazorat tadbirlarini o’tkazishda nazorat obyektining barcha tomonlari va uning o’zaro aloqalari vertikal va gorizontal boshqaruv tizimlari bo’yicha ko’rib chiqilishini nazarda tutadi?
12. Moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan metodi bo’lib, nazoratning haqiqiy va hujjatli usullarini qo’llash yordamida amalga oshiriladigan korxona, tashkilot va muassasalar moliya-xo’jalik faoliyatini o’zaro bog’langan kompleks tekshiruvidan iboratdir?
14. Qaysi hodisa hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatning alohida masalalari bo‘yicha amalga oshiriladi?
Javoblari: 1.monitoring 11. tizimlilik 2. moliya 12. taftish 3. nazorat 13. audit 4.oshkoralik 14. tekshirish 5.obyektivlik 6.dahlsizlik 7.qonuniylik 8.malakaviylik 9.INTOSAI 10. byudjet
KROSSVORDNI YECHING SAVOLLAR (BO’YIGA) Bir necha davlat tuzilmalari birlashib, yagona ittifoq davlatini tashkil qiluvchi davlat tuzilishi bu….?
Byudjet xarajatlari 2ga bo’linadi: capital va…..?
Muayyan davrda byudjet daromadlarining byudjet xarajatlaridan ortiq bo’lgan so’mmasi bu….?
5.Davlat byudjetining qanday xarajatlari – byudjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadlariga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari bo‘ladi?
9.Davlat byudjetining taqsimlash va …. Qanday funksiyasi bor?
10. fransuzcha “accise-qirqib olmoq)-keng iste’mol tovarlari, eng muhim xomashyolarga, shuningdek, xizmatlar uchun davlat tomonidan solinsdigan qo’shimcha soliq turi.
(Eniga) Yerdan foydalanganlik uchun davlatga majburiy to’lanadigan soliq turi bu-?
6. muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari…?
7. Byudjet daromadlarining asosiy qismi nimalar yordamida byudjetga undiriladi?
8. Ma’lum siyosiy mustaqillikka ega bo’lgan davlatlar ittifoqi bu?
11. byudjet tizimi byudjetlariga ularning o‘z daromadlari yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari-????
12. Davlat hududida federativ birliklar bo’lmagan, lekin ma’muriy-hududiy birliklari mavjud bo’lgandavlat tuzilishi bu???
13.Davlat byudjetining qaysi funksiyasida davlat byudjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning qiymati jamiyatdagi umumiy ehtiyojlarni qondirish zaruriyati tufayli qayta taqsimlanadi?
JAVOBLAR 1. Federativ 8.Konfederativ 2. Joriy 9. Nazorat 3. Byudjet profitsiti 10. Aksiz 4.Yer 11.Dotatsiya 5. Kapital 12.Unitar 6. Subvensiya 13.Taqsimlash 7.Soliq