faol ishtirok etadi, shunga binoan uni tashkil etish uchun ma’lum bir talablarni
aniqlashni taqozo etadi.
Moliyaviy nazoratning turkumlanishi quyidagi 7-rasmda aks ettirilgan.
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi
subyektlar o‘z mavqeidan kelib
chiqib quyidagicha farqlanada:
davlat moliya nazorati
korxona ichidagi moliya nazorati
jamoat moliya nazorati
mustaqil (auditorlik) moliya nazorati.
Davlat moliya nazoratini umumdavlat boshqaruv organlari bilan bir qatorda,
alohida vazirliklar orqali ham amalga oshiradi. Umumdavlat boshqaruv organlari
moliya nazoratini amalga oshirayotganda, mamlakat hududidagi xo‘jalik
subyektlarining mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar
barchasini qamrab oladi. Vazirliklar tomonidan amalga oshirilayotgan moliya
nazoratini faqat o‘zlarining tarkibidaga maxsus nazorat-taftish organlari amalga
oshiradi. Ularning
tekshirish obyektlari esa, vazirliklar tarkibidagi korxonalar,
konsernlar, assotsiatsiyalar va aksionerlik jamiyatlarining ishlab chiqarish va
moliyaviy faoliyatidan iborat bo‘ladi.
Korxona ichidagi moliya nazoratini korxona, tashkilot va muassasa ichida
tashkil qilingan iqtisodiy xizmat (buxgalteriya, moliya bo‘limi)lari amalga
oshiradi.
Nazorat obyekti esa, alohida korxonaning moliya va ishlab chiqarish
jarayoni hamda alohida korxona tarkibiga kiruvchi tuzulmaviy bo‘lim (filial,
shaxobcha, bo‘lim)lar hisoblanadi.
Jamoat moliya nazoratini alohida guruh, alohida jismoniy shaxslar
(mutaxassislar) ixtiyoriy va mehnat haqi talab qilmaslik sharti asosida amalga
oshiradi. Nazorat obyekti bo‘lib, tekshiruvchi oldida
turgan muayyan vazifalar
nazarda tutiladi.
Mustaqil (auditorlik) moliya nazoratini maxsus audit firmalari va xizmatlari
amalga oshiradi.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish shakli quyidagicha bo‘ladi:
dastlabki;
joriy;
so‘nggi.
Moliya nazoratining
dastlabki shakli yuridik va jismoniy shaxslarning
moliya xo‘jalik jarayonini yurgizishda muhim ahamiyat kasb etib, u korxona
moliya rejasini tashkil qilishda, ko‘rib
chiqishda va tasdiqlashda, muassasa va
tashkilotlarning daromadlar va xarajatlar smetasi, ta’sis hujjatlarini imzolashdan
oldin amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jarayonlar tartibidir. Shunday qilib,
dastlabki nazorat moliyaviy, moddiy va mehnat
resurslaridan samarali
foydalanishga ijobiy shart-sharoit yaratib beradi. Moliyaviy nazoratning bu shakli
amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar buzilishining oldini olishga xizmat
qiladi.
Joriy moliyaviy nazorat shakli xo‘jalik-moliya operatsiyalari jarayoni orqali
moliya rejalari bajarilayotgan paytda qo‘llaniladi. Ushbu shaklning asosiy
ahamiyati korxonalarning ichki xo‘jalik rezervlarini izlash hisobidan jamg‘armani
oshirishga ta’sir qiladi. Joriy moliya nazorati korxona, tashkilot va
muassasalarning moliya xizmatlari orqali
moliya rejasi bajarilayotganda,
moliyaviy intizomlar buzilishining oldini olish maqsadida kundalik tadbirlarni
amalga oshiradi.
Moliya nazoratining
so‘nggi shakli hisobot davri va butun moliya-yili
tugagandan so‘ng amalga oshiriladigan tadbirlar yig‘indisidir. Bunda, budjetni ijro
etishdagi davlat pul resurslarini maqsadga muvofiq xarajat qilinganligi, korxona va
tashkilotlarning moliya rejasini bajarganligi hamda budjet muassasalari
smetasining bajarilish natijalari tekshiriladi. So‘nggi moliya nazorati dastlabki
moliyaviy nazorat shakli bilan o‘zaro bog‘liqlikdadir, chunki so‘nggi nazorat
dastlabki moliya nazorati bazasida amalga oshiriladi.
Moliyaviy nazoratni qonuniy ravishda, zaruriyat tug‘ilganda va o‘z vakolati
chegaralarida O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari olib
boradi. Ulardan: Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi, Davlat Mulki qo‘mitasi,
Davlat Bojxona qo‘mitasi va boshqalar. Markaziy bank tijorat banklarini nazorat
qiladi va qolgan fondlar faoliyatini Ijtimoiy ta’minot vazirligi qoshida vakolatli
maxsus tuzilgan inspeksiyalar olib boradi.
Davlat moliyasi nazorat organi bo‘lib Moliya vazirligi qoshida tuzilgan
nazorat-taftish boshqarmasi (NTB) hisoblanadi.
M
O
LI
YA
V
IY
N
A
ZO
R
A
T
M
u
d
d
at
la
ri
b
o
‘y
ic
ha
B
o
shqa
ruv
ti
zim
ida
cub’
ektl
ar
nini
g
maqo
mi
b
o‘
yic
ha
Su
b
’ek
tl
ar
i b
o
‘y
ic
h
a
M
anba
la
rga
b
og‘
liq
sha
kll
ar
i bo‘
yi
cha
Budjet-moliyaviy
Moliya-xo‘jalik
Mustaqil
Mustaqil
Jamoat
Ichki xo‘jalik
Ichki tarmoq
Davlat
Kompyuter orqali
Dalillar asosida
Hujjatlar asosida
So‘nggi
Joriy
Dastlabki
7
-ras
m
. Mo
Dostları ilə paylaş: