Moliyaviy nazoratni tashkil etish. Reja


Davlat moliyaviy nazorati organlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix19.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117121
1   2   3   4   5   6   7   8
Moliyaviy nazoratni tashkil etish.

2. Davlat moliyaviy nazorati organlari 
Davlat moliyaviy nazorati barcha darajadagi qonunchilik va ijroiya organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Budjet jarayonining brcha basqichlarida Parlament 
moliyaviy nazorati tegishli qo‘mitalar va komissiyalar vakolatiga kiradi. Oliy Majlis 
tomonidan tashkil etilgan va unga bo‘ysunuvchi, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi davlat 
moliyaviy nazorat organi O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi hisoblanadi. 
Uning faoliyati mulkchilik shaklidan, idoraviy va ijtimoiy mansubligidan qat’iy nazar 
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga, 
davlat budjeti mablag‘lariga tayanadigan , davlat mulkini boshqaradigan yoki soliq, 
bojxona yoki boshqa imtiyozlarga ega bo‘lgan jamoat tashkilotlariga yo‘naltirilgan. 
O‘zR Hisob palatasi xodimlari tekshirishlar natijalari bo‘yicha xulosalarini 
tayyorlaydilar va ularni tekshirilgan tashkilotlar rahbarlariga qonun buzilishlarini
bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun yuboradilar. Agarda, davlat 
mablag‘lariga hiyonat aniqlansa, ish huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 
topshiriladi. Qonun buzarliklar aniqlanganda majburiy bajariladigan ko‘rsatmalar 
beriladi. Bir necha martalik qonun buzarliklar sodir etilganida, Oliy Majlis bilan 
kelishilgan holda, tashkilotning barcha turdagi hisob-kitoblarini to‘xtatib qo‘yish 
to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Bunda Hisob palatasiga qonun buzarlarga nisbatan 
ma’muriy jazo choralarini qo‘llash huquqi berilmagan. 
Ijroya hokimiyati yo‘nalishi bo‘yicha davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi 
muhim organ O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi hisoblanadi. Uning 
zimmasiga budjetni shakllanishi va bajarilishi, davlat mablag‘larini sarflanishi 
ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilgan. Moliyaviy nazoratni amlga oshirshdagi 
muhim rol uning huzuridagi o‘zining hududiy organlariga ega bo‘lgan Nazorat-
taftish Bosh boshqarmasiga (NTBB) topshirilgan. Uning asosiy vazifasi budjet 


mablag‘laridan, davlat mulkidan, davlat tomoindan taqdim etiladigan soliq va budjet 
imtiyozlaridan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek budjet 
ssudalarini maqsadli sarflash va o‘z vaqtida qaytarish ustidan nazorat olib borish. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish Bosh boshqarmasining 
asosiy vazifalari quyidagilar: 
– respublika va mahalliy budjetlarning qat’iy bajarilishi ustidan doimiy 
nazoratni ta’minlash;
– tijorat banklarini moliya organlari, budjet muassasalarining birinchi 
navbatdagi sarf-xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash hamda budjet muassasalari 
xodimlariga ish xaqi, ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalarni to‘lash muddatlariga va 
to‘liqligiga rioya qilish, shuningdek budjet muassasalariga ko‘rsatib o‘tilgan 
maqsadlar uchun naqd pul berish bo‘yicha faoliyati ustidan nazorat va 
monitoringni amalga oshirish;
– belgilangan shtat-smeta intizomiga va budjet mablag‘larini xo‘jalik 
ehtiyojlariga sarflash limitlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 
– hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarning 
budjet jarayoniga asossiz aralashish hollarining oldini olish kabi bir qator vazifalar 
ham nazorat-taftish organlari zimmasiga yuklatilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish 
Bosh boshqarmasiga amaldagi qonunchilikka asosan, budjet intizomini buzganlik 
uchun mansabdor shaxslarni jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortish huquqi 
berilgan. 
Davlat moliyaviy nazorati sohasida amaldagi qonunchilikka rioya etilish qismiga 
tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining va budjetdan tashqari 
fondlarining kassa ijrosini nazorat qilish Moliya vazirligining G‘aznachiligiga 
yuklatilgan. G‘aznachilik tizimi amaldagi qonunchilikka rioya etilish qismiga 
tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining va budjetdan tashqari 
fondlarining kassa ijrosini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni olib boruvchi Bosh 
boshqarma hamda o‘zlarining hududlarida davlat budjeti va budjetdan tashqari 
fondlarga tushumlar va ularni ishlatilishini nazorat qiluvchi hududiy organlardan 


tashkil topgan. G‘aznachilik Moliya vazirligiga qilingan ishlar bo‘yicha har kuni 
axborot berib boradi. 
Ikkita mustaqil davlat xizmatlarining funksiyalari va harakatlarida bir-birin 
takrorlashga yo‘l qo‘yilmasligi uchun Moliya vazirligi G‘aznachilik dastlabki 
moliyaviy nazoratni, NTBB so‘nggi moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha 
qaror qabul qilgan. 
Amaliyotda funksiyalarning bunday taqsimlanishi quyidagicha ko‘rinish olgan: 
budjet mablag‘laridan foydalanishning qonuniyligi va mablag‘larni banklardagi 
hisob raqamlardan o‘tishi ustidan nazoratni G‘aznachilik amalga oshiradi, xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar tomonidan budjet mablag‘larini sarflanishining asoslanganligi 
va maqsadlili ustidan nazoratni esa NTBB amalga oshiradi. 
Soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazorat davlat soliq xizmati 
tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Bosh Nazorat-taftish 
boshqarmasi tashkil etilgan. 
Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini 
tashkil etishni takomillashtirish to‘grisida" 2000-yil 13 martdagi 87-son qarori 
bilan tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 
Bosh boshqarma Qoraqalpogiston Respublikasi, Viloyatlar va Toshkent shahar 
Davlat soliq boshqarmalarida o‘z faoliyatida bevosita unga bo‘ysunadigan nazorat-
taftish bo‘linmalariga ega bo‘ladi. 
Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
– xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini soliqqa oid 
qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan hujjatlar asosida tekshirish 
(taftish)larni hamda Huqumat qarorlari bilan nazorat, soliq organlariga yuklangan 
masalalar bo‘yicha nazorat tartibidagi tekshirishlarni belgilangan tartibda tashkil 
etish va o‘tkazish; 
– xo‘jalik yurituvchi subyektlardan undiriladigan soliqlar va yig‘imlarni 
hisoblab chiqarishda, undirishda qonuniylikka rioya qilinishi, to‘lovlarning to‘g‘ri 


hisoblab chiqarilishi va budjetga o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga 
oshirish; 
– soliqqa doir huquq buzishlarni aniqlash, ularning oldini olish, ularga 
barham berish; 
– soliq majburiyatlarini bajarishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yordam 
ko‘rsatish; 
– Davlat soliq qo‘mitasining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarni kompleks tekshirishlarning istiqboli rejalarini tayyorlash, 
tekshirishlar o‘tkaziladigan obyektlarni aniqlash va ularni amalga oshirish; 
– hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlarni o‘tkazish jarayoni 
hamda tartibi ustidan nazorat o‘rnatish, shuningdek, ularni o‘tkazishda (barcha 
darajadagi soliq organlariga) amaliy va metodik yordam ko‘rsatish; 
– davlat soliq xizmati organlari tomonidan tekshirishlar materiallari 
bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilinishi va 
moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi ustidan nazorat o‘rnatish; 
– xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan hujjatlar asosida va nazorat 
tartibidagi tekshirishlar yakunlari bo‘yicha budjet oldidagi majburiyatlarning 
bajarilishi (qo‘shimcha hisoblangan summalar, moliyaviy sanksiyalar, ma’muriy 
jarimalar va shu kabilarning undirilishi) ustidan nazorat o‘rnatish; 
– hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlar natijasida aniqlangan 
soliq qonunchiligi buzilishlari va boshqa holatlar to‘g‘risidagi axborotlarni 
umumlashtirish va tahlil qilish; 
– fuqarolarning soliq qonunchiligi buzilishlari holatlari to‘g‘risidagi xatlari, 
shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqish. 
Davlat bojxona xizmati O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi talablariga 
muvofiq tovarlarni O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali harakatlanishi ustidan 
davlat nazorati sohasida vakolatlarga ega. 
Sanab o‘tilgan organlardan tashqari davlat moliyaviy nazoratini boshqa qator davlat 
organlari: O‘zR Markaziy banki, Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi va boshqalar 
ham amalga oshiradilar. 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin