Moliyaviy nazoratni tashkil etish. Reja


Davlat moliyaviy nazoratining mazmuni



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix19.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117121
1   2   3   4   5   6   7   8
Moliyaviy nazoratni tashkil etish.

1. Davlat moliyaviy nazoratining mazmuni 
O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati davlat mablag‘larini sarflash 
bo‘yicha qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga, me’yorlarga, stpndartlarga va 
qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat bo‘yicha harakatlar va operatsiyalar 
yig‘indisini bildiradi. 
Davlat budjetini-shakllantirish va sarflanishidagi rezervlarni, moliyaviy va 
moddiy resurslarni boshqarishning barcha darajalarida operatsiyalarning maqsadga 
muvofiqligi va samaradorligini, qonuniylik tamoyillaridan chetga og‘ish va ularni 
buzishlarni aniqlash nazorat tizimi vazifasiga kiradi. Nazoratning maqsadi
tuzatish choralarini ko‘rish, aybdorlarni javobgarlikga tortish va buzilishlarning 
oldini olishdan iborat. 
Davlat nazorat organlarining vazifasi, eng avvalo, davlat qonunlari va 
Prezident farmonlarining ijrosini; ajratilgan budjet mablag‘lari yo‘naltirilishining 
qonuniyligi, to‘g‘riligi va maqsadga muvofiqligini; hukumat va uning organlari 
faoliyatining samaradorligini, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning 


barcha darajalarida davlat mablag‘lari samarali va tejab sarflanishini tekshirishga 
yo‘naltirilishi kerak.
Davlat hokimiyati, birinchi navbatda, qonun chiqaruvchi organlar va ijroiya 
hokimiyati organlari va nazorat qilish vakolatiga ega bo‘lgan boshqaruv organlari 
budjet-moliya nazoratining subyektlari sifatida ishtirok etadilar. O‘zbekistonda bu 
Oliy Majlis, Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq 
qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bankdir. 
Davlat moliyaviy resurslarini boshqarish – jamiyat oldidagi ulkan mas’uliyat, shu 
sababli budjet–moliya nazorati boshqaruvning zaruriy elementi bo‘lishi shart. 
Budjet-moliya nazorati – davlat nazoratining asosiy turidir. 
Budjetning daromad va xarajat qismlarini tekshirish vazifasi faqat budjet-moliya 
nazoratiga xos bo‘lib, u moliyaviy nazoratning mohiyatini g‘oyat yorqin aks 
ettiradi. Hozirgi kunda davlat budjeti oldida turgan vazifalarni qay darajada amalga 
oshirilishi, moliyaviy nazorat tizimining qay darajada shakllanganligi bilan 
belgilanadi.
Shuningdek, davlat budjet mablag‘laridan foydalanishda huquqiy tartiblarga rioya 
etilishini kuzatib borish, amalga oshirilayotgan moliyaviy harakatlarning iqtisodiy 
asoslanganligi va samaradorligini bu harakatlarning davlat oldida turgan 
vazifalarga muvofiq kelishini moliyaviy nazoratini olib borish iqtisodiy 
sharoitlardan kelib chiqmoqda. 
Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliyaviy siyosatini amalga oshirilishiga, budjet 
mablag‘laridan samarali foydalanish sharoitlarini yaratishga ko‘maklashadi. Birinchi 
navbatda u barcha darajadagi budjetlarning va budjetdan tashqari fondlarning 
tuzilishi, ko‘rib chiqilishi, tasdiqlanishi va ijrosi ustidan, korxonalar va tashkilotlar, 
banklar va boshqa moliya muassasalarining moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni 
nazarda tutadi. Iqtisodiyotning nodavlat sektori ustidan davlat moliyaviy nazorati 
faqatgina ularning davlat oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarilishiga, shu 
jumladan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lanishi, kreditlar va boshqa 
mablag‘lardan foydalanishning qonuniyligi va maqsadliligiga rioya qilinishi, pulli 


hisob-kitoblarni tashkil qilishda hukumat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarning 
bajarilishi, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritilishiga tegishlidir.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin