ILMIY LOYIHA TAYYORLASH NAMUNASI
O‗ZBYEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TASHKENT MOLIYA INSTITUTI
«MOLIYA» KAFEDRASI
“MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH”
fanidan
“Xo„jalik yurituvchi subyektlarda soliqlarni rejalshtirish ”
mavzusida
I L M I Y L O Y I H A
Bajardi:
MMT- 93 guruh
talabasi Aliyeva Aziza
Tekshirdi:
Dots. M.Sharapova
TOSHKENT –2023
22
Reja:
Kirish
1.Soliqlarni rejalashtirisning nazariy asoslari
2.Aksiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish tartibi
3.Iqtisodiy
islohotlar
sharoitida
soliqlarni
rejalshtirishni
takomillashtirish masalalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yhati
23
Kirish.
Iqtisodiyot modernizatsiyasi va liberallashuvi jarayoni, fiskal siyosat
va korxonalar soliq salohiyatini oshirish muammolarining keskinlashuvi
hamda aksionerlik jamiyatlari taraqqiyotining samarali mexanizmlarini davlat
tomonidan qoʼllash koʼp jihatdan soliqlarni rejalashtirishning samarali tashkil
etilishiga ham bevosita bogʼliqdir. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki
yillaridan boshlab korxonalar moliyasini samarali boshqarishga qaratilgan
moliya-soliq siyosati olib borilmoqda. Chuqur institutsional oʼzgarishlar
amalga oshirildi, aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini
kompleks rivojlantirish boʼyicha chora-tadbirlar qabul qilindi, maqsadli
kompleks dasturlar amalga oshirilmoqda. Bunda «aksionerlik jamiyatlarida
korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish foydalanilmayotgan resurslar
va moliyaviy imkoniyatlardan yuqori darajada va samarali foydalanish, soliq
siyosati sohasida shakllanib qolgan tizimli muammolarni bartaraf etish hamda
hozirgi kundagi eng muhim masalalardan biri – korxonalar miqyosida soliq
menejmenti samaradorligini oshirish imkonini beradi»
1
.
Rivojlangan va izchil taraqqiy etayotgan davlatlar (Yaponiya, АQSh,
Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy va boshqalar) tajribasi shuni
koʼrsatmoqdaki, korxona raqobatbardoshligi, barqaror rivojlanishi soliqlarni
rejalashtirishning samarali vositalarini qoʼllashga toʼlaligicha bogʼliqdir.
Bunda tashqi muhitning taʼsiri va raqobat korxonalarni oʼzlarining soliq
salohiyatidan yanada samarali foydalanishga undamoqda. Shu sababli,
aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish metodologiyasini oʼrganish
hozirgi zamon fanining yangi va murakkab tadqiq predmeti sifatida namoyon
boʼlmoqda. Shu bilan birga aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish
jarayonini tadqiq qilishning nazariy-metodologik bazasi hali yetarli darajada
tizimlashtirilmagan va u asosan korporativ moliya, yuridik shaxlarni soliqqa
tortish, fiskal siyosat va soliq maʼmuriyatchiligi kontseptsiyalariga asoslanib
qolmoqda. Bu aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish boʼyicha
strategik qarash va dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish nuqtai-nazaridan
ushbu masalaning metodologik va amaliy jihatlarini tadqiq qilishning
zarurligini koʼrsatmoqda. Jahon iqtisodiyotida sodir boʼlayotgan jarayonlar
hamda mamlakatni istiqbolda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish borasida
aytilganidek: «Jahon bozorlarida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi
sharoitda iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksportga
mahsulot chiqaradigan korxonalarni qoʼllab-quvvatlashni kuchaytirish,
1
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining ―Oʼzbekiston Respublikasi solik siyosatini
takomillashtirish kontseptsiyasi toʼgʼrisida‖ gi 29 iyunь 2018 yildagi PF-5468-sonli Farmoni.
24
aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv afzalliklari asosida ular
moliyasini samarali boshqarish ustuvor ahamiyat kasb etadi»
2
.
Bu sohada « iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish
koʼlamini kengaytirish, eng avvalo, import oʼrnini bosuvchi va eksport
saloxiyatini oshirishni taʼminlovchi ishlab chiqarishni oʼstirishga erishish,
aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv asosida jadal rivojlantirish
hisobiga ular moliyaviy va soliq saloxiyatini oshirish»
3
boʼyicha ustuvor
vazifalar belgilangan.
2
Mirziyoyev Sh.M. 2017-yil shiddatli islohotlar yili. T.: «Oʼzbekiston», 2018, - 76 b.
3
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning ―Oʼzbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish boʼyicha xarakatlar strategiyasi toʼgʼrisida‖gi 2017 yil 7 fevralь,PF-4947-sonli
Farmoni
|