Tahlil fanining predmeti – turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
Tahlil fanining predmeti – turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini,
uning samaradorligi va natijaviyligini
ko‘rsatkichlar tizimida,
uzviylik va aloqadorlikda,
omillarga bog‘liq ravishda
turli axborot manbalaridan foydalangan holda
davriy o‘rganishga aytiladi.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati: - ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (ish, xizmatlar) hajmining, quvvatlardan foydalanish darajasining, resurslar naqdligi va ulardan samarali foydalanishni, xodimlarning tarkibi va mehnat unumining, mahsulot tannarxining, foyda hajmi va rentabellik darajasining, moliyaviy holatning murakkab tuzilmasidir;
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tahlili – xo‘jalik yurituvchi subyektning
kelgusida pul mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini,
moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida to‘lay olishi,
kreditlarga bo‘lgan ehtiyojni,
daromadlar bilan pul oqimlarini oqilona taqsimlashni,
iqtisodiy resurslardagi potensial o‘zgarishlarni baholashni, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt keyinchalik o‘zining moliyaviy ahvolini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini
baholashning muhim usulidir.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni tahlil etishda faoliyat samaradorligi va natijaviyligiga ta’sir etuvchi omillarga alohida ahamiyat qaratiladi. Ularni obyektiv va subyektiv omillarga tarkiblash mumkin.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni tahlil etishda faoliyat samaradorligi va natijaviyligiga ta’sir etuvchi omillarga alohida ahamiyat qaratiladi. Ularni obyektiv va subyektiv omillarga tarkiblash mumkin.
Subyektiv (ichki) omillardeyilganda korxonalarning amaliy faoliyati bevosita bog‘liqlikda yuqori samaradorlikka va natijaviylikka erishish mumkin bo‘lgan omillar kiradi. Bunday ta’sir birliklariga mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, rag‘batlantirish, moddiy resurslardan tejab foydalanish, xarajatlarni iqtisod qilish, quvvatlardan foydalanish, to‘lovlar intizomiga rioya qilishning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan jihatlari kiradi.
Obyektiv (tashqi) omillar deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya’ni davlat siyosatining o‘zgarib turishi, bozordagi talab-taklifning o‘zgarishi, inflyatsiya va hokazo jihatlar.