Axborot manbalardan foydalangan holda o‘rganishdeganda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining aniq o‘lchangan, jamlangan, umumlashtirilgan hisobot holiga keltirilgan axborotlardan, shuningdek hisobdan tashqari (rejalar, normalar va h.k.) turli manbalardan foydalangan holda o‘rganish tushuniladi.
Axborot manbalardan foydalangan holda o‘rganish deganda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining aniq o‘lchangan, jamlangan, umumlashtirilgan hisobot holiga keltirilgan axborotlardan, shuningdek hisobdan tashqari (rejalar, normalar va h.k.) turli manbalardan foydalangan holda o‘rganish tushuniladi.
Davriy o‘rganish deganda uni axborot manbalarining tahliliyligida operativ, joriy va istiqbolli o‘rganishning zaruriyati nazarda tutiladi.
Moliyaviy tahlil oldiga qo‘yiladigan asosiy vazifalar:
Tahlil tamoyillari
Tamoyillar
Tasnifi
Davlat manfaati nuqtayi nazaridan yondashish tamoyili
Iqtisodiy hodisalarni, xo‘jalik jarayonlari natijalarini baholashda davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va xalqaro siyosatlarini va qonunchiliklarini inobatga olish lozimligini tasniflaydi
Ilmiylik
Dialektik bilish nazariyasiga asoslanishi, ishlab chiqarishni rivojlantirishning iqtisodiy qonunlari talablarini hisobga olishi, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, ilg‘or tajribalarni va iqtisodiy tadqiqotning eng yangi usullarini hisobga olishi lozim
Tizimlilik
O‘rganilayotgan obyekt murakkab dinamik tizim va u bir qator mayda unsurlardan va ularning o‘zaro bog‘lanishidan tashkil topgan deb qaralishi lozim
Kopmlekslik
Tahlil qilinayotgan obyektning barcha birliklari, bo‘g‘inlari va tomonlarini hisobga olish hamda ularning o‘zaro bog‘liqliklarini atroflicha o‘rganishni taqozo qiladi