Ushbu usuldan moliyaviy xo‘jalik faoliyatining barcha bo‘g‘inlarda keng foydalaniladi. Balans metodi ko‘proq omilli modellarni tuzishda ham qo‘llanishi mumkin.
Balans usuli o‘zaro bog‘liq va tenglangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ikki guruhi mutanosibliklarini aks ettirish uchun xizmat qiladi.
Balans usuli o‘zaro bog‘liq va tenglangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ikki guruhi mutanosibliklarini aks ettirish uchun xizmat qiladi.
Bu usul buxgalterlik hisobi va rejalashtirish amaliyotida keng tarqalgan. Lekin u iqtisodiy tahlilda ham muayyan ahamiyat kasb etadi, xususan, korxonaning mehnat, moliyaviy resurs, xomashyo, yonilg‘i, material, asosiy ishlab chiqarish vositalari va boshqalar bilan ta’minlanganligi tahlilida keng foydalaniladi.
Misol uchun, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi aniqlash maqsadida, mehnat resurslari bo‘yicha balans tuziladi. Unda bir tomondan, mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyoj, boshqa tomondan – ularning haqiqatdagi mavjudligi ko‘rsatiladi.
Korxonaning to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun to‘lov balansi tuziladi, unda to‘lov mablag‘lari va to‘lov majburiyatlari o‘zaro taqqoslanadi.