Moliyaviy tahlil fani 1-mavzu: moliyaviy tahlil faninig nazariy asoslari


Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar o‘rtasida tutgan o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə6/18
tarix18.12.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#76166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
№1 Мavzu taqdimoti 2020-2021

Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar o‘rtasida tutgan o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari

  • Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va ular o‘rtasida tutgan o‘rni g‘oyatda muhimdir. Moliyaviy tahlil quyidagi fanlar bilan uzviy bog‘liqlikka va aloqadorlikka ega:
  • - buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, audit, iqtisodiyot nazariyasi, makro va mikro iqtisodiyot, investitsiya, moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar, moliya matematikasi.

Moliyaviy tahlil fanining metodi va uning o‘ziga xos xususiyatlari

  • Metod juda keng ma’no va tushunchaga ega.
  • Fanning metodi obyektni o‘rganish usullari, vositalari, yo‘llarini ifodalaydi. Metod grekcha “metodos” so‘zidan olingan va “o‘rganish yo‘li, usuli” degan ma’noni anglatadi.
  • Metod deganda voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishga yondashish usuli tushuniladi. Tahlil va sintez umum dialektik o‘rganishning, ilmiy usuli sifatida qaraladi.
  • Moliyaviy tahlil fanining metodi – xo‘jalik subyektlarining xo‘jalik jarayonlarini o‘rganishga dialektik yondashgan holda, turli axborot manbalarida aks ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimini maxsus usullar yordamida qayta ishlash yo‘li bilan ularning o‘zgarish tendensiyalarini, sabablarini aniqlash, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni tizimli, kompleks o‘rganish, o‘lchash va umumlashtirishdir.

tahlilning metodi – korxonadagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi hamda rivoj­lanishini dialektik yondashuv usulida o‘rganishdir.

  • tahlilning metodi – korxonadagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi hamda rivoj­lanishini dialektik yondashuv usulida o‘rganishdir.
  • Ijtimoiy-iqti­sodiy samaradorlikni oshirish maqsadida korxonaning xo‘jalik hamda boshqa faoliyat turlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish, ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi sabablarini tadqiq qilish, ularning o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlash hamda hisob-kitob qilish tahlil fani metodining o‘ziga xos jihatlaridir
  • Metodining mazmuniga ko‘ra tahlil vositasida xo‘jalik jarayon­lari va boshqa faoliyat turlarini o‘rganishda dialektik yondashuv, ya’ni har bir voqelik mavjud va rivojlanishda, deb qaraladi. Bu voqeliklar sondan sifat o‘zgarishiga va yangi sifatning paydo bo‘lishi, inkorni-inkor qilish, qarama-qarshilik kurashi, eskining tugashi, yangi – ilg‘or voqeliklarning paydo bo‘lishi kabi xususiyatga ega bo‘ladi. Dialektik yon­dashuv va uning barcha usullari xo‘jalik jarayonlarini o‘rganishda, tahlil qilishda korxona faoliyatining barcha bosqichlarida qo‘llani­ladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin