Tahlilda o’rtacha geometrik miqdorlardan odatda o’sish surhatlarini o’rganishda keng foydalaniladi.
Mahsulot hajmining o’sish surhatlari =1.2757
Balans usuli.
Balans usuli – o‘zaro bog‘langan va tenglashtirilgan ikki guruh iqtisodiy ko‘rsatkichlar tengliklarini aks ettirish usulidir.
Bu metod buxgalteriya hisobi va rejalashtirish amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan metod hisoblanadi.
Balans usuli korxonani aktivlar, kapital va majburiyatlar balansi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari balansi, valyuta balansi, byudjet balansi, resurs balansi tahlilida keng qo‘llaniladi.
Ushbu usuldan moliyaviy xo‘jalik faoliyatining barcha bo‘g‘inlarda keng foydalaniladi. Balans metodi ko‘proq omilli modellarni tuzishda ham qo‘llanishi mumkin.
Balans usuli o‘zaro bog‘liq va tenglangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ikki guruhi mutanosibliklarini aks ettirish uchun xizmat qiladi.
Balans usuli o‘zaro bog‘liq va tenglangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ikki guruhi mutanosibliklarini aks ettirish uchun xizmat qiladi.
Bu usul buxgalterlik hisobi va rejalashtirish amaliyotida keng tarqalgan. Lekin u iqtisodiy tahlilda ham muayyan ahamiyat kasb etadi, xususan, korxonaning mehnat, moliyaviy resurs, xomashyo, yonilg‘i, material, asosiy ishlab chiqarish vositalari va boshqalar bilan ta’minlanganligi tahlilida keng foydalaniladi.
Misol uchun, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi aniqlash maqsadida, mehnat resurslari bo‘yicha balans tuziladi. Unda bir tomondan, mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyoj, boshqa tomondan – ularning haqiqatdagi mavjudligi ko‘rsatiladi.
Korxonaning to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun to‘lov balansi tuziladi, unda to‘lov mablag‘lari va to‘lov majburiyatlari o‘zaro taqqoslanadi.