Moliyaviy tahlil fani 1-mavzu: moliyaviy tahlil faninig nazariy asoslari


Obyektivlik, aniqlik va ishonchlilik



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə5/18
tarix18.12.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#76166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
№1 Мavzu taqdimoti 2020-2021

Obyektivlik, aniqlik va ishonchlilik

Haqiqatni aks ettiradigan ishonchli va tasdiqlangan tahlil ishonchli, tekshirilgan va real voqelikni aks ettiruvchi ma’lumotlarga asoslanishi zarur. Faqat shundagina tahlil natijalari talabga javob beradi. Shu sababli ham korxonada doimo hisob, nazorat (audit) takomillashtirib borilishi talab etiladi

Ta’sirchanlik

Tahlil ishlab chiqarish jarayonlarining borishiga uning natijalariga bevosita aralashishi, rezervlarni, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni qidirib topishga bevosita ta’sir ko‘rsatishi lozimligini ifoda etadi

Rejalilik

Bu tamoyilga muvofiq korxonalarda amalga oshiriladigan analitik ishlar rejalashtirilishi, uni bajaruvchilar o‘rtasida taqsimlanishi va nazorat qilib borilishi lozimligini ifoda etadi

Tahlilni_o‘tkazish_uchun_ketgan_sarf-xarajatlar_bir_necha_barobar_qoplanishi_kerakligini_ifoda_etadi__Operativlik'>Samaradorlik

Tahlilni o‘tkazish uchun ketgan sarf-xarajatlar bir necha barobar qoplanishi kerakligini ifoda etadi

Operativlik

Bu tamoyil iqtisodiy tahlilni o‘tkazish, qarorlar qabul qilish va ularni amaliyotga joriy qilishda aniq va tezkorlikni taqozo qiladi

Demokratik

Tahlilni o‘tkazishga korxonaning keng jamoatchiligini jalb qilish va tahlil natijalarini muhokama qilishda keng jamoatchilik ishtirokini taqozo qiladi

Tahlil so‘zi grekcha “analyzis” so‘zini o‘zbek tilidagi tarjimasi bo‘lib, u “bo‘laman” yoki “ajrataman” degan ma’noni bildiradi. Demak, tahlil deganda, tor ma’noda butunni qismlarga (unsurlarga) ajratish, bo‘laklarga bo‘lish yo‘li bilan uning tarkibiy qismini o‘rganish tushiniladi.

  • Tahlil so‘zi grekcha “analyzis” so‘zini o‘zbek tilidagi tarjimasi bo‘lib, u “bo‘laman” yoki “ajrataman” degan ma’noni bildiradi. Demak, tahlil deganda, tor ma’noda butunni qismlarga (unsurlarga) ajratish, bo‘laklarga bo‘lish yo‘li bilan uning tarkibiy qismini o‘rganish tushiniladi.
  • Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishda faqat tahlilni o‘zi yetarli bo‘lmaydi, boshqa usullardan ham foydalanishga zaruriyat tug‘iladi. Shu jihatda tahlilga muqobillikda “sintez” usuli ham tarkiblanib, uning yordamida o‘rganilayotgan to‘plamning ayrim birliklari orasidagi aloqalar va o‘zaro bog‘liqliklari aniqlanadi.
  • “Sintez” atamasi ham grekcha “syntezis” so‘zidan olingan bo‘lib, “birlashtiraman”, “qo‘shaman” degan ma’noni bildiradi. 
  • Shunday qilib, tahlil deganda, keng ma’noda butunni tarkibiy qismlarga ajratish va ularni barcha o‘zaro aloqalari hamda bog‘liqliklarini o‘rganishga asoslangan hodisa va predmetlarni bilish usuli tushiniladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin