Moliyaviy tahlil” fanidan mavzular kesimidagi keyslar.
1-mavzu. Moliyaviy tahlil fanining nazariy asoslari
1.Quyidagi topshiriqlarni bajaring 1-topshiriq. Moliyaviy tahlilning ob’ekti va sub’ekti nimalardan iborat? O’z fikringizga sharh yozing. 1-jadval
Moliyaviy tahlilning ob’ekti -
Moliyaviy tahlilning sub’ekti -
Turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning tarkibiy bo‘g‘inlari (bo‘lim, sex, brigadalar) faoliyati, iqtisodiy natijalari, mulkiy-moliyaviy holati, ishlab chiqarish, ta’minot, sotish, moliyaviy faoliyati hisoblanadi
Кorxonalarning amaliy faoliyati bevosita bog‘liqlikda yuqori samaradorlikka va natijaviylikka erishish mumkin bo‘lgan omillar kiradi. Bunday ta’sir birliklariga mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, rag‘batlantirish, moddiy resurslardan tejab foydalanish, xarajatlarni iqtisod qilish, quvvatlardan foydalanish, to‘lovlar intizomiga rioya qilishning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan jihatlari kiradi.
Moliyaviy tahlilning predmeti nima? Ushbu savolga quyidagi jadvalda keltirilgan tartib bo’yicha javob yozing. 2-jadval
Moliyaviy tahlilning predmetiga
ilmiy ta’rif bering
Moliyaviy tahlil predmetidagi har bir tushunchani alohida ko’rsating
Moliyaviy tahlil predmetidagi har bir alohida ko’rsatilgan tushunchaga sharh yozing
Turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini, uning samaradorligi va natijaviyligini ko‘rsatkichlar tizimida, uzviylik va aloqadorlikda, omillarga bog‘liq ravishda turli axborot manbalaridan foydalangan holda davriy o‘rganish
A) Iqtisodiy o‘zgarishlarni ochib berish
B) Erishilgan natijalarga to‘g‘ri baho berish
C)Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash
D)Reja va boshqaruv qarorlarini asoslash