Turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini, uning samaradorligi va natijaviyligini ko‘rsatkichlar tizimida, uzviylik va aloqadorlikda, omillarga bog‘liq ravishda turli axborot manbalaridan foydalangan holda davriy o‘rganish
-Iqtisodiy o‘zgarishlarni ochib berish
-Erishilgan natijalarga to‘g‘ri baho berish
-Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash
-Reja va boshqaruv qarorlarini asoslash
Taxlil ob’ekti
Turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning tarkibiy bo‘g‘inlari (bo‘lim, sex, brigadalar) faoliyati, iqtisodiy natijalari, mulkiy-moliyaviy holati, ishlab chiqarish, ta’minot, sotish, moliyaviy faoliyati hisoblanadi
-Mahsulot ishlab chiqarish va sotish
-Resurslardan foydalanish
-Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi
-Moliyaviy natijalar va moliyaviy holat
Taqqoslash usuli va unga qo’yiladigan talablar
Moliyaviy tahlilda taққoslash usuli
Moliyaviy tahlilda taққoslash usuliga қo’yiladigan talablar
Taqqoslash – tahlilda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Uning gorizontal, vertikal, trendli usullari tarkiblanadi.
Amalda taqqoslashning muhim shartlariga amal etish talab etiladi. Ular qatoriga o‘lchov birligi (hajm, qiymat, miqdor ko‘rsatkichlar), davriy oraliqlari, faoliyat shakli, ishlab chiqarish sharoitlari, ishbilarmonlik muhiti bir xilligi, hisob-kitoblarning metodik jihatdan yagonaligini kiritish mumkin
A) Haqiqatdagi hisobot ma’lumotlarini rejaviy ma’lumotlar bilan taqqoslash
B) Iqtisodiy hodisalar rivojlanishidagi tendentsiyalar, qonuniyatlarni aniqlash maqsadida ko’rsatkichlarni dinamikada taqqoslash
С) Tahlil qilinayotgan korxona ko’rsatkichlarini tarmoq bo’yicha o’rtacha qiymatlar bilan taqqoslash
D) O’rganilayotgan korxonaning faoliyat ko’rsatkichlarini raqobatchilarning mutanosib ko’rsatkichlari bilan taqqoslash
G) optimal qarorlarni tanlash maqsadida turli boshqaruv qarorlari natijalarini taqqoslash
H) samaradorligini baholash maqsadida boshqaruv qarorlari qabul qilingunga qadar va qabul qilingandan keyingi faoliyat natijalarini taqqoslash.