A) - xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja, prognoz ko‘rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash;
B) reja va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan ularning ta’sirchanligiga baho berish;
C) xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning samaradorligiga baho
D) faoliyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish;
G) xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash;
H) xo‘jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta’sirini baholash.
I) iqtisodiy natijaviylikni o‘stirish, daromadlarni orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash;
J) belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat.
4-jadval
Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar bilan bog’liqligi bo’yicha o’z fikrlaringizni yozing
Moliyaviy tahlilni boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Har bir alohida ko’rsatilgan fan va Moliyaviy tahlilning o’zaro bog’liqligiga sharh yozing
A) Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va ular o‘rtasida tutgan o‘rni g‘oyatda muhimdir. Moliyaviy tahlil quyidagi fanlar bilan uzviy bog‘liqlikka va aloqadorlikka ega:
B)buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, audit, iqtisodiyot nazariyasi, makro va mikro iqtisodiyot, investitsiya, moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar, moliya matematikasi.