7
I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida auditorlik
faoliyatining milliy standartlarini amaliyotda qo’llashning nazariy asoslari
1.1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida auditorlik faoliyatini
huquqiy tartibga solish tizimi va uning elementlari
Respublikamizda auditorlik faoliyatini tashkil etish va o'tkazish uslubiyati
auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyoti va tajribasiga asoslanadi. Ammo
auditni samarali tashkil etishda faqatgina audit uslubiyati emas, balki auditning
huquqiy asoslari ham muhim rol o'ynaydi. Bu borada respublikamizda bir qator
amaliy ishlar bajarilmoqda.
Xususan, mustaqillik yillarida respublikamizda auditorlik faoliyatining
huquqiy asoslarini belgilab beruvchi quyidagi me’yoriy hujjatlar qabul qilindi:
- “Auditorlik faoliyati to'g'risida» gi O’zbe iston Respublikasi qonuni
1992-yil 9-dekabr, Toshkent sh.;
- Yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi O’zbe iston
Respublikasi qonunni kuchga kiritish to'g'risidagi O’zbe iston Respublikasi
Oliy Majlisining qarori. 2000-yil 26-may, Toshkent sh.;
- «Moliyaviy nazoratni o'tkazish va xo'jalik hayotiga auditorlik
shaklidagi nazoratni tatbiq etish to'g'risida» gi O’zbe iston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-maydagi 198-son qarori;
- «Auditorlar va auditorlik firmalarini Davlat ro'yxatidan o'tkazish
Nizomini tasdiqlash to'g'risida» gi O’zbe iston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1993-yil 17-iyundagi 293-son qarori;
- «Yuridik shaxslarga O’zbe iston Respublikasi hududida auditorlik
faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma(litsenziya)
berish tartibi to'g'risidagi Nizom». O’zbe iston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan 1993-yil 10-mayda 41-son bilan tasdiqlangan.
- «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining
ahamiyatini oshirish to'g'risida» gi O’zbe iston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2000-yil 22-sentyabrdagi 365-son qarori;
8
- «Auditorlarga malaka sertifikatini berish to'g'risidagi Nizom».
O’zbe iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 13-oktyabrda
977-son bilan ro'yxatga olingan;
- O’zbe iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-
oktyabrdagi 215 - son qaroriga 2-Ilova - «Korxonalardagi ichki audit xizmati
to'g'risidagi Nizom».
- «Auditorlik tashkilotlari togrisidagi Nizom» (0’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi Pq-615-son qarori).
- «Auditorlik faoliyatining milliy standartlari».
2014 yil 3 sentyabrda O‘zbe iston Respubli asi Vazirlar Mah amasining
«Auditorli faoliyatini amalga oshirish uchun auditorli tash ilotlariga
litsenziya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
iritish haqida»gi 247-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu
qaror
O‘zbe iston
Respubli asining
«O‘zbe iston
Respubli asining ayrim qonun hu atlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar iritish
to‘g‘risida»gi 2013 yil 30 apreldagi O‘RQ–352-sonli Qonuniga muvofiq,
shuningdek xalqaro printsiplar va standartlarga muvofiq auditorlik faoliyatini
yanada takomillashtirish, auditorlik tekshirishlar rolini oshirish maqsadida qabul
qilindi.
Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-sonli
qarori bilan tasdiqlangan Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik
tash ilotlariga litsenziya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ( eyingi o‘rinlarda
Nizom) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar iritildi.
Xususan, Nizomning 26-bandi quyidagi tahrirda bayon qilindi:
Quyidagilar auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va
shartlari hisoblanadi:
9
«Auditorli faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbe iston Respubli asining
Qonuniga, auditorlik faoliyati standartlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;
litsenziya olinayotganda va auditorlik faoliyati amalga oshirilayotganda
maz ur Nizomda nazarda tutilgan tartibda to‘liq sha llantirilgan ustav apitaliga
ega bo‘lish;
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
auditorli tash iloti mas’uliyatini sug‘urta qilish polisiga ega bo‘lish;
auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bitta auditorlik tashkilotida
amalga oshirish;
shtatda auditorlar sonining mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda
bo‘lishi;
litsenziya turiga muvofiq shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalter serti-
fi atining bo‘lishi;
auditorli te shiruvi o‘t azish chog‘ida olingan axborotning sir
saqlanishini ta’minlash;
auditorli xizmatlari o‘rsatishda shartnoma ma buriyatlarini o‘z vaqtida
bajarish;
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat ushbu auditorlik tashkiloti
asosiy ish joyi hisoblangan auditorni tayinlash;
auditorlik tashkiloti rahbarining uch yilda bir marotaba litsenziyalovchi
organda attestatsiyadan o‘tishi;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqilli ni ta’minlash;
auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq auditorlik hisoboti tuzish va
auditorlik xulosasi berish;
auditorlik tashkilotlarida ichki standartlarning mavjudligi;
o‘z pochta manzili o‘zgargani to‘g‘risida litsenziyalovchi organni 10 un
muddatda xabardor qilish;
10
auditorli faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir yilda bir marta,
belgilangan shaklda litsenziyalovchi organga taqdim etish, shuningdek
auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa axborotlarni
litsenziyalovchi organ talabi bo‘yicha taqdim etish;
auditorlar ishlari sifatining nazoratini ta’minlash;
auditorlarning bir yilda bir marta mala a oshirish urslaridan o‘tishini
ta’minlash;
auditorlik tashkiloti rahbari almashganligi va (yoki) auditorlar tarkibi
o‘zgarganligi to‘g‘risida litsenziyalovchi organni 5 un muddatda xabardor
qilish;
auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishda qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan cheklovlarga rioya qilish».
Hozirda Republikamizda auditorlik faoliyatini meyoriy tartibga solish
asoslari takomillashib bormoqda. Buning natijasi sifatida respublikamizda
auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meyoriy tizimlami quyidagi besh
bosqichda ifodalash mumkin:
Birinchi bosqich — «Auditorlik faoliyati to'g'risida» gi qonun. Ushbu
qonun MDH davlatlari ichida birinchi bo'lib, 1992-yil 9-dekabrda(keyingi
tahrirlar bilan) qabul qilingan va bu qonun Respublikadagi xo’jalik huquqini
tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlar qatoriga kiradi. Bu qonun auditorlik
faoliyatini moliya — xo’jalik faoliyatining ajralmas qismi sifatida ifodalaydi.
Ushbu qonun 29 moddadan iborat bo‘lib, unda auditorlik faoliyati va
auditorning mohiyati, auditorning vazifasi va majburiyati, auditorlik firmasini
tuzish tartibi, auditorlik firmalarining huquqlari, javobgarligi va majburiyatlari,
auditorlik faoliyatini litsenziyalash masalalari bayon etilgan.
Ikkinchi bosqich — barcha auditorlik subyektlar uchun majburiy bo'lgan
auditorlik faoliyatini tartibga solishning umumiy masalalarini belgilovchi
qonunchili a oid va me’yoriy hu atlar. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
- «Auditorli tash ilotlari tog‘risidagi Nizom», O’zbekiston Respublikasi
11
Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi 615-son qarori bilan tasdiqlangan;
- «Auditorlarga malaka sertifikatini berish togrisidagi Nizom».
Uchinchi bosqich — Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan va
O‘zbe iston Respubli asi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanayotgan
auditorlik faoliyatining milliy standartlari. Ushbu standartlarda audit
tekshiruvini rejalashtirish va hujjatlashtirish, muhimlik va audit riski,
ompyuterlarda ishlangan ma’lumotlarning auditi, auditda tanlab tekshirish
uslubi, audit dalillari, auditor hisoboti va xulosasi kabi masalalar yoritilgan.
Auditor shu standartlar asosida te shiruv o‘lami va vaqtini, mos keluvchi
tekshiruv uslubiyatini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Standartlar
shuningdek, audit tekshiruvi sifatini baholash uchun asosiy me’zon bo'lib
hisoblanadi.
Respublikamizda hozirga qadar qabul qilingan va auditorlar tomonidan
tekshiruv o'tkazish jarayonida amal qilinishi lozim bo'lgan auditorlik
faoliyatining milliy standartlari 1-jadvalda keltirilgan:
Dostları ilə paylaş: |