Moliyaviy tahlil



Yüklə 43,94 Kb.
tarix16.06.2023
ölçüsü43,94 Kb.
#131598
iqtisodiy tahlilning pretmeti va

MOLIYAVIY TAHLIL

MAVZU:IQTISODIY TAHLILNING PRETMETI VA VAZIFALARI, FANLAR TIZIMIDA TUTGAN O'RNI.

MAVZU:Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va fanlar tizimidagi orni

Reja:

1.Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni, predmeti va obyekti

2.Iqtisodiy tahlilning maqsadi va asosiy vazifalari

3.Iqtisodiy fanlar tizimida iqtisodiy tahlilning orni

1 Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni, predmeti va obyekti

Tahlil grekcha Analisis sozidan olingan bolib, ajratish, bolaklash, parchalash kabi manolarni anglatadi. Toliqroq qilib aytganda, iqtisodiyotda sodir bolgan va bolayotgan hodisa va jarayonlarni bolaklarga, qismlarga bolib organish degan manoni bildiradi.

Tahlilning asosiy mazmuni. Xojalik yurituvchi subyekt faoliyatini maqsadli tezkor, joriy va istiqbolli organish asosida uning holatiga har taraflama baho berish tahlilning asosiy mazmunini tashqil qiladi.

Tahlilning predmeti deganda nima tushuniladi?.

Tahlilning predmeti deganda nima tushuniladi?.

  • Tahlilning predmeti deganda korxonalarning xojalik faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar tasiri ostida sodir bolgan va bolayotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar tushuniladi

Demak, korxonalarning taminot, ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy faoliyatlarida obyektiv va subyektiv omillar tasirida paydo bolgan va bolayotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar va hodisalar tahlil predmetidir.

Demak, korxonalarning taminot, ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy faoliyatlarida obyektiv va subyektiv omillar tasirida paydo bolgan va bolayotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar va hodisalar tahlil predmetidir.

Tahlil obyekti. Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar sodir bolgan va bolayotgan makon iqtisodiy tahlilning obyekti bolib hisoblanadi, yani tahlilning predmeti qayerda sodir bolsa, osha subyekt tahlilning obyekti bolib hisoblanadi, yani fermer, shirkat va boshqa xojaliklar tahlil obyektidir.

Tahlil obyekti. Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar sodir bolgan va bolayotgan makon iqtisodiy tahlilning obyekti bolib hisoblanadi, yani tahlilning predmeti qayerda sodir bolsa, osha subyekt tahlilning obyekti bolib hisoblanadi, yani fermer, shirkat va boshqa xojaliklar tahlil obyektidir.

2 Iqtisodiy tahlilning maqsadi va vazifalari.

Tahlilning maqsadi. Xojalik yurituvchi subyekt faoliyatini barcha tomonlarini chuqur organish asosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularni ishga solish boyicha chora tadbirlar ishlab chiqish tahlilning maqsadi bolib hisoblanadi.

Tahlilning asosiy vazifalari.

1.Xojalik yurituvchi subyektni biznes rejasini tuzish uchun tegishli hisobot axborot malumotlar bilan taminlash;

2.Biznes reja bajarilishini xojalik moliyaviy barqarorligini taminlash nuqtai nazardan organish.,

  • 3.Har-bir jarayon natijasining ozgarishini aniqlash va unga tasir qiluvchi har bir omilning tasirini hisoblash.,

4.Tabiiy, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish yollarini korsatish;

4.Tabiiy, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish yollarini korsatish;

5.Xojalik yurituvchi subyektning (fermer, shirkat va boshqa xojalikning) iqtisodiy va moliyaviy salohiyatiga, uning tolovga qodirligi darajasiga baho berish hamda ularni yahshilash va oshirish boyicha chora tadbirlarni ishlab chiqish.

  • 6.Xojalik yurituvchi subyektning tijorat sirini saqlagan holda uning moliyaviy ahvoli togrisidagi malumotlarni keng jamoatchilikka korsata bilish.

3 Iqtisodiy fanlar tizimida iqtisodiy tahlilning orni

Iqtisodiy tahlil fani iqtisodiy fanlar tarkibiga kiruvchi iqtisodiy fandir. U kop fanlarbilan,birinchi navbatda iqtisodiy fanlar bilan bevosita uzviy bogliqlikda boladi.. Shular jumlasiga Falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, mikroiqtisodiyot, statistika, buxgalteriya hisobi, ishlab chiqarishni tashqil qilish, moliya va boshqa fanlar kiritish mumkin.

Adabiyotlar royxati

1.Abdullayev Yo va boshqalar. Iqtisodiy tahlil. 100 savol va javob. Ovuv qollanma. T. 2001

2.Pardayev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Darslik. Samarkand: 2001.

3.Vahobov A.V. va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. T.: 2005.

4.Urdushev H. va boshqalar. Microsoft Winlows XP va Microsoft Office XP da

Ishlash. Samarqand , 2007

5.Qudratov T., Ibrohimov M., Karimova M. Iqtisodiy tahlil. Oquv qollanma.

  • T.: Ilm ziyo nashriyoti, 2005-2014 (6-marta nashr qilingan).

Yüklə 43,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin