Moliyaviy tahlil


Iqtisodiy tahlilning maxsus usullari va ularni tavsiflash



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə16/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

Iqtisodiy tahlilning maxsus usullari va ularni tavsiflash.

Iqtisodiy tahlil qilish jarayonida turli usullar va metodikalar qo’llaniladi. Bu usul va metodikalardan foydalanish jarayonida tahlil metodining asosiy jihatlarining kompleksligi va tizimlashganligi yaqqol ko’rinadi. Xo’jalik jarayonlarining umumiy birligi, o’ziga xos tuzilish va tarkibga egaligi hamda murakkab tavsifdagi o’zaro bog’liqligi tahlil usullari va metodikalarini qo’llashda asosiy e’tiborda turadi.


Tahlilning usul va metodikalarini ko’llashda korxonaning xo’jalik va boshqa turdagi faoliyatini bir butun tizim ekanligi, uning umumiy yakuniy natijasi mavjudligi nazarda tutilgan holda faoliyatning turli tomonlari va elementlari ham alohida, ham birgalikda o’rganilib, ularning o’zaro bog’liqligi, biri ikkinchisining ta’siridan kelib chiqishi, ya’ni ketma-ketligi aniqlanib, barcha omillar asosiy hamda asosiy bo’lmagan guruhlarga bo’linib, ular o’zaro uyg’unlashtirilgan hamda tizimga solingan holda yakuniy natijaga omillarning birgalikdagi bevosita va bilvosita ta’siri hisoblanadi.
Tahlil usullarini qo’llash o’rganilayotgan jarayonlarning bir-biriga bog’liqligi, o’zgarish sababi, ta’sir ko’rsatgan omillar va qo’shimcha sabablarni aniqlashga yordam beradi.
Hozirgi raqobatdosh iqtisodiyotda aksariyat, etuk iqtisodchi olimlarimiz tahlilning usullarini iqtisodiy adabiyotlarda shartli ravishda ikki guruhga ajratib ko’rsatishmoqda. Iqtisodiy tahlilining usullarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
- Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhi.
- Iqtisodiy - matematik (omilli tahlil) usullar guruhi.
Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhiga iqgisodiy tahlil paydo bo’lgandan buyon an’anaga aylanib, amaliy tajribada keng qo’llanilib kelayotgan usullar kiritiladi. Ularning tarkibiga mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash, taqqoslash, guruhlashtirish, balansli bog’lanish, zanjirli bog’lanish, indeks, foizlar va hokazo usullarni kiritishimiz mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy-matematik usullarni yuzaga kelishi esa iqtisodiy axborotlarni qayta ishlovchi kompyuterlar hamda axborot texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog’liq. Ushbu usullar iqtisodiy axborotlarni hisoblash va qayta ishlash jarayonini tezlashtirib, ularni qisqa muddatda boshqaruv xodimlariga uzatish hamda murakkab masalalarni tez va aniq hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korrelyasiya, regressiya, integral, nazariy o’yin, matematik dasturlash va shu kabilar iqtisodiy-matematik usullarga misol bo’ladi.
Xo’jalik jarayonlarini o’rganish, tahlil etishda yangi usul va vositalardan foydalanish iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu ma’noda tahlilda qo’llaniladigan iqtisodiy-matematik usullarni ham ushbu qatorga kiritish mumkin (3-jadval).

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin