Moliyaviy tahlil
Bu tamoyillarning xalqaro va milliy hisob andozalari asosida Yuqoridagi shakllarni aytib o’tish mumkin (1-jadval). 4. Fanlar sistemasida tahlilning tutgan o’rni Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy tahlil fanining boshqaruvdagi o’rni ortib bormoqda. Iqtisodiy tahlil fani boshqa fanlar zamirida vujudga keldi va ko’pgina fanlarga nisbatan yangidir. Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllandi va rivojlanmoqda. Shunga qaramay, respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin iqtisodiy tahlil fani mazmuni va tarkibi jihatidan tubdan o’zgardi. Rejali iqtisodiyot sharoitida barcha fanlar singari iqtisodiy tahlil fani ham rejaning bajarilishini nazorat qilish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, Yuqoridan ko’r-ko’rona tushirilgan rejani asoslashga qaratilgan edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlil haqiqatdan ham amaliyotda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, mulk va ish egalariga xizmat qiladigan bo’ldi. Oldinlari korxonalarning xo’jalik faoliyati Yuqori tashkilot va davlat nuqtai-nazaridan tahlil qilingan bo’lsa, endilikda bevosita Shu korxona, uning mehnat jamoasi va mulk egasi nuqtai-nazaridan tahlil qilinadigan bo’ldi. Biroq, barcha holda ham davlatning manfaati hisobga olinadi. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham korxona bilan davlat o’rtasidagi aloqalar erkin ravishda o’zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarga asoslanadi. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy jarayonlar va munosabatlardagi bunday o’zgarishlar har bir fan va iqtisodiy mexanizmlar mazmunini sifat jihatidan yangilashni, tubdan qayta ko’rib chiqishni taqozo qilmoqda. Iqtisodiy tahlil fani boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, tartiblarga rioya etib, ular bilan o’zaro bog’liqlikda bo’ladi. Xususan, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bilan bevosita aloqadordir. Chunki, “Iqtisodiyot nazariyasi” fanida iqtisodiy kategoriyalar va atamalarning mazmuni va mohiyati ochib beriladigan bo’lsa, iqtisodiy tahlil fanida ularning holatiga baho beriladi. Masalan, yalpi mahsulot ko’rsatkichining mazmun va mohiyati “Iqtisodiyot nazariyasi” fanida yoritilsa, uning hajmini ma’lum davrlar bo’yicha taqqoslab, dinamik o’zgarishini baholash iqtisodiy tahlil asosida amalga oshiriladi. Xuddi Shunday “Buxgalteriya hisobi” fani bilan ham. Negaki, buxgalteriya hisobi xo’jalik yurituvchi sub’ektining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini uzluksiz va xujjatlarga asoslangan holda aks ettiradi. Iqtisodiy tahlil esa buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida xo’jalik yurituvchi sub’ektida sodir bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil usullari orqali o’rganib, tegishli xulosa va takliflarini tayyorlaydi. Iqtisodiy tahlil iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda, boshqa fanlar bilan ham bog’liq bo’lib ularning tartib va qonuniyatlariga amal etadi (3-chizma). Yüklə 0,67 Mb. Dostları ilə paylaş: |