O’rtacha va nisbiy ko’rsatkichlarni aniqlash usuli va ularning mohiyati.
Mutlaq va nisbiy farqlarni hisoblash usli – ko’rsatkichlarning o’zgarishini hisoblashda foydalanilib, mutlaq farq o’rganilayotgan ma’lumotlarni avvalgi davrlardan farqlash, nisbiy farq esa tahlilda shartli ko’rsatkichlarning kiritilishi va uni xuddi Shunday ko’rsatkichning hisobot yilgi ma’lumotidan farqlash asosida aniqlanadi (3-jadval). Odatda, mutlaq va nisbiy farqlarni hisoblash usulida ularning ko’rsatkichlari bilan chalkashliklariga yo’l qo’yiladi. Natijada, nisbiy farqlar usulini foiz, koeffisient sifatida izoxlanishiga sabab bo’lgan. Bu albatta noto’g’ri tuShunchani yuzaga chiqaradi. Negaki, tahlilda ko’rsatkichlar ifodalanishiga ko’ra mutlaq va nisbiyga bo’linib, bunda mutlaq ko’rsatkich qiymat, natura o’lchov birligida keltiriladi. Nisbiy ko’rsatkichlar esa, mutlaq ko’rsatkichlarni bir-biriga yoki bir xil mutlaq ko’rsatkichlarni turli davrlardagisiga solishtirib, foiz, koeffisientlarda aniqlanishini anglatadi.
5-jadval. Mutlaq va nisbiy farqlarni hisoblash usuli asosida xo’jalik sub’ektining mehnat haqi fondining o’zgarishini tahlil eting (ming so’m hisobida)