2
|
3
|
4
|
5
| | |
6
| | | |
1. Mahsulot(ish, xizmat)lar hajmi, ming so’m
|
177000
|
197000
|
201000
|
+24000
|
+4000
|
2. Xodimlar soni, kishi
|
38
|
36
|
38
|
0
|
+2
|
3. Shu jumladan:
ishchilar soni, kishi
|
17
|
18
|
19
|
+2
|
+1
|
4. Mehnat resurslarining yil davomida ishlagan jami kishi-kunlari, ming kishi-kuni
|
9,9
|
10,1
|
11,2
|
+1,3
|
+1,1
|
5. Mehnat resurslarining yil davomida ishlagan jami kishi-soatlari, ming kishi-soat
|
69,9
|
77,6
|
80,9
|
+11,0
|
+3,3
|
6. Bir xodimning yil davomida ishlagan kunlari
|
260
|
280
|
296
|
+36
|
+16
|
7. Ish kuni davomiyligi, soat
|
7,1
|
7,7
|
7,2
|
+0,1
|
-0,5
|
8. Ishchilar sonini xodimlar tarkibida tutgan salmog’i, %
|
44,7
|
50,0
|
50,0
|
+5,3
|
0,0
|
8. Bir xodimning mehnat unumdorligi, ming so’m (1\2)
|
4658
|
5472
|
5289
|
+631
|
-183
|
9. Bir ishchining mehnat unumdorligi, ming so’m (1\3)
|
10411
|
10944
|
10578
|
+167
|
-366
|
10. Mehnat resurslarining bir kunlik ish unumi, ming so’m (1\4)
|
17878
|
19504
|
17946
|
+68
|
-1558
|
11. Mehnat resurslarining bir soatlik ish unumi, ming so’m (1\5)
|
2532
|
2538
|
2484
|
-48
|
-54
|
22-jadval ma’lumotlar asosida xo’jalik yurituvchi sub’ektning mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarining holati va dinamik o’zgarishiga baho berilgan.
Tahlillarga ko’ra, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisobot davridagi mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlari o’tgan yilga nisbatdan ortgan. Xususan:
Bir xodimning mehnat unumdorligi 631 (5289-4658) ming so’mga ortgan bo’lib, natijada mahsulot(ish, xizmat)lar hajmining +24000 (201000-177000) ming so’mga ortishi ijobiy ta’sir etgan. Mehnat unumdorligini aniqlashda foydalanilgan xodimlar soni hisobot yilida 38 nafarni tashkil etib, bu ko’rsatkichning o’tgan yilgi ma’lumotdan farqlanmaganligi bois, uning ta’sir doirasi bo’lmagan. Hisobot yilida mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarining o’tgan yilga nisbatdan o’zgarishini zanjirli o’rin almashtirish usulidan foydalangan holda hisoblab, ularning ta’sir doirasi aniqlanadi.
Jadval ma’lumotidan hisobot yilidagi mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarining rejalashtirilganiga nisbatdan biroz pasayish kuzatilgan. Ularning pasayishiga ishlab chiqarilgan mahsulot(ish, xizmat)lar hajmining 4000 (201000-197000) ming so’mga ortishi biroz ijobiy ta’sir etgan bo’lsada, boshqa omillar, xususan: -xodimlar sonining 2 nafarga ortishi; mehnat resurslarining yil davomida ishlagan jami kishi-kunlarining 1,1 ming kishi-kuniga, jami kishi-soatlarining 3,3 ming birlikka ortishi salbiy ta’sir etgan.
Jumladan, bir xodimning mehnat unumdorligi (Xmu) hisobot yilida biznes rejaga nisbatdan 183 (5289-5472) ming so’mga kamaygan bo’lib, uning o’zgarishida bir ishchining va xodimlar tarkibida ishchilar salmog’ining o’zgarishi ham ta’sir etgan. Shundan kelib chiqib, xodimlarning mehnat unumdorligini quyidagicha ifodalab, zanjirli o’rin almashtirish usulida baho beriladi:
22-jadvalga binoan, biznes reja va haqiqatda xodimlar tarkibida ishchilarning tutgan salmog’i 50,0 ((18/36)*100; (19/38)*100) foizni tashkil etgan bo’lib, nisbiy ko’rsatkichlar o’zgarmagan. Shu boisdan ham, xodimlarning mehnat unumdorligini rejalashtirilganidan 183 ming so’mga kam bo’lishida uning ta’siri bo’lmagan.
Ishchilarning mehnat unumdorligi esa, hisobot davrida 10578 ming so’mni tashkil etib, bu rejalashtirilganidan 366 (10578-10944) ming so’mga kam bo’lgan. Natijada, ishchilarning mehnat unumdorligining pasayishi hisobiga xo’jalik yurituvchi sub’ekti xodimining mehnat unumdorligi (Xmuim) 183 ming so’mga kam bo’lgan.
Bu erda,
- xodimlar tarkibida ishchilarning tutgan salmog’i1- uning hisobot davri ma’lumoti;
- ishchining mehnat unumdorligif-uning farq miqdori;
Yuqoridagi hisob-kitoblar asosida mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarining omilli tahlili olib boriladi va xo’jalik yurituvchi sub’ekt boshqaruvchisi uchun takliflar tayyorlanadi.
Demak, xo’jalik yurituvchi sub’ektning mehnat resurslarini ish vaqti fondini oshirishi samarasiz bo’lgan. Negaki mehnat resurslarining ish vaqti fondini oshirishiga mos ravishda mahsulot(ish, xizmat)lar hajmi ortmagan. Shu boisdan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning keyingi faoliyatlarida mehnat resurslarining ish vaqti fondini qisqartirish yuzasidan tegishli ishlarning amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagi jadval va uning tahliliga binoan, mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlari tarkibida ishchilarning, ya’ni mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchilarning mehnat unumdorligi, soni muhim o’rin tutib, barcha sifat ko’rsatkichlarining o’zgarishiga ta’sir etmoqda. Shu boisdan ham, xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishchilarini mehnat unumdorligiga omilli baho berish (19-jadval), mavjud imkoniyatlarini yuzaga chiqarish zarur bo’ladi.
Odatda bir ishchining mehnat unumdorligi (Xmui) quyidagicha ifodalanib, qator omillar ta’sir etadi:
bir ishchining yil davomida ishlagan kunlarining o’zgarishi (Ik);
ish kuni davomiyligining o’zgarishi (Id);
ishchining bir soatlik mehnat unumining o’zgarishi (Xs).
Yuqoridagi fikrlar asosida bir ishchining mehnat unumdorligi omilli tahlil etiladi (19-jadval).
Dostları ilə paylaş: |