Xo’jalik yurituvchi sub’ektning mehnat resurslari bilan tarkibiy ta’minlanganligini tahlili
Ko’rsatkichlar
|
O’tgan yil
|
Biznes rejada
|
Haqiqatda
|
Farqi (+,-)
|
soni, nafar
|
salmog’i, %
|
soni, nafar
|
salmog’i, %
|
o’tgan yildan
|
biznes rejadan
|
1. Ishchilar
|
17
|
18
|
50,0
|
19
|
50,0
|
+2
|
+1
|
2. Xizmatchilar
|
12
|
10
|
27,7
|
11
|
28,9
|
-1
|
+1
|
3. Raxbarlar
|
2
|
3
|
8,3
|
3
|
7,9
|
+1
|
0
|
4. Mutaxassislar
|
7
|
5
|
14,0
|
5
|
13,2
|
-2
|
0
|
Jami
|
38
|
36
|
100,0
|
38
|
100,0
|
0
|
+2
|
19-jadval ma’lumotlariga binoan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rganilayotgan davrda 38 nafar xodimga ega bo’lib, bu ko’rsatkich o’tgan yili ham 38 kishini, biznes rejada 36 nafarni tashkil etishi kerak edi.
Tahlil natijalariga ko’ra, mehnat resurslari tarkibida bir qator o’zgarishlar sodir bo’lgan. Xususan, o’tgan yilga nisbatan jami mehnat resurslari soni hisobot yilida o’zgarmagan. Ammo, mehnat resurslari tarkibida ishchilar va rahbarlar soni mos ravishda 2 hamda bir nafarga ortgan. Xizmatchilar va mutaxassislar soni mos ravishda bitta hamda 2 kishiga kamaygan.
Biznes rejaga ko’ra, xo’jalik yurituvchi sub’ektning mehnat resurslariga bo’lgan extiyoji 36 kishini tashkil etib, haqiqatda 2 nafarga ko’p xodim ishga olingan. Bu, ishchi va xizmatchilarni rejalashtirilganidan bittadan ko’p ishga qabul qilinishi sabab bo’lgan.
Jadval ma’lumotlaridan yana ma’lum bo’lmoqdaki, mehnat resurslari tarkibida ishchi va xizmatchilar asosiy salmoqqa ega bo’lganligi bois, boshqa tarkiblarning mutlaq o’zgarishi uning nisbiy o’zgarishiga sezilarli darajada ta’sir etmagan.
Mehnat resurslarining harakati va qo’nimsizligini tahlili
Xo’jalik yuritish sub’ektining mehnat resurslari bilan ta’minlanganligiga baho berishda, ularning harakati va qo’nimsizligi tahlil etiladi.
Mehnat resurslarining harakati ishga qabul qilish (Ik) va ishdan bo’shash oboroti(Ib)ni aniqlash bilan tahlil etiladi. Odatda, mexnat resurslari o’z arizalariga binoan ishga qabul qilinib, ularning ishdan bo’shatilishi ham o’z arizalariga ko’ra, intizomni buzganligi, nafaqaga, homiladorlik ta’tiliga chiqqanligi, o’qishga ketganligi uchun amalga oshiriladi va quyidagicha aniqlanadi:
;
Shu o’rinda mehnat resurslarining qo’nimsizlik koeffisienti (Kk) aniqlanib, bu ko’rsatkich ishdan bo’shash oborotidan koeffisientda aniqlanganligi hamda formulaning suratida faqatgina o’z arizalariga ko’ra, intizomni buzgani uchun ketgan xodimlar soni aks ettiriladi va quyidagicha aniqlanadi:
.
Yuqoridagi ko’rsatkichlarning yillar bo’yicha dinamik o’zgarishi omilli tahlil etilib, ular yuzasidan boshqaruv qarorlari qabul qilinadi (20-jadval).
20-jadval
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda xodimlar harakati va qo’nimsizligining tahlili
Ko’rsatkichlar
|
O’tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
1. Xodimlarning o’rtacha yillik soni, kishi
|
38
|
38
|
+1
|
2. Ishga qabul qilinganlar soni, kishi
|
3
|
4
|
+1
|
3. Ishdan bo’shatilganlar soni, kishi
|
4
|
5
|
+1
|
Shu jumladan:
a) o’z arizasiga ko’ra
|
1
|
2
|
+1
|
b) intizomni buzganligi uchun
|
1
|
1
|
0
|
v) o’qishga kirganligi, nafaqaga, xomiladorlik ta’tiliga chiqqanligi va boshqa Shu kabi sabablarga ko’ra ishdan ketganlar
|
2
|
2
|
0
|
4. Ishga qabul qilish oboroti, % ((2/1)*100)
|
7,9
|
10,5
|
+2,6
|
5. Ishdan bo’shatish oboroti, % ((3/1)*100)
|
10,5
|
13,2
|
+2,7
|
6. Qo’nimsizlik koeffisienti, ((3a+3b)/1)
|
0,05
|
0,08
|
+0,03
|
Jadval ma’lumotlariga ko’ra, xo’jalik yurituvchi sub’ektining ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish oborotlari mos ravishda 10,5 va 13,2 foizlarni tashkil etib, bu ko’rsatkichlar o’tgan yilga nisbatdan 2,6 hamda 2,7 birliklarga ko’p. Shuningdek, joriy yilda xodimlarning qo’nimsizligi 0,08 koeffisientni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatdan 0,03 (0,08-0,05) koeffisientga ko’p bo’lgan. Yuqoridagi natijalar, xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun salbiy holat hisoblanib, bu ko’rsatkichlar unda mehnatni tashkil etish, rag’batlantirish tizimining talab darajasida emasligini, Shuningdek, mehnat intizomining pastligini ifodalaydi. Shu boisdan, xo’jalik yurituvchi sub’ekti mehnatni tashkil etish, rag’batlantirish hamda mehnat intizomiga rioya etish yuzasidan ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
|