Moliyaviy tahlil


Moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlari



Yüklə 359,82 Kb.
səhifə8/12
tarix07.02.2023
ölçüsü359,82 Kb.
#83257
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mehniso

Moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlarini iqtisodiy tahlil va uning tarkibiy qismlariga nisbatan yagona asosda birday belgilash to‘g‘ri, lekin aynan moliyaviy tahlil yuzasidan uni quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.

  • 1.Moliyaviy tahlil maqsadini belgilash va rejasini tuzish;

  • 2.Moliyaviy tahlil yuzasidan ma’lumotlar bazasini to‘plash;

  • 3.Moliyaviy tahlilni bevosita o‘tkazish bosqichi;

  • 4.Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi;

  • 5.Qarorlar tayyorlash bosqichi;

  • 6.Tahlil natijalarini realizatsiya qilish bosqichi.

Iqtisodiy tahlilni yoki moliyaviy tahlilni tashkil etishdagi yondashuvlar turlicha bo‘lganligi bilan ularning mazmuni albatta bitta jihatga ya’ni tahlilni sifatli va foydali o‘tkazishga qaratilgan.
Moliyaviy tahlilni tashkil etishda albatta har bitta tarmoqning va sohaning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Jumladan, xo‘jalik subektlarining faoliyat turlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Farqlanish nafaqat ularning faoliyat turida‚ balki mulkiy shaklida, kapitalda qatnashishi, mulkiy taqsimotida, ko‘lamida ham mavjud. Moliyaviy hisobotlar bir xil shakl va mazmunni ifoda etgani bilan ularning qatorlari, qatorlarning shakllanish tartiblari bir-biridan tubdan farq qiladi.
Moliyaviy holat va natijaviylikni baholashda bu jihatlarni farqlanishi muhim o‘rin tutmasa ham, aslida masalaning echimi uning quyi bo‘g‘iniga, faoliyatning turiga, xususiyatiga, taqsimotning shakliga, mulkiy va moliyaviy munosabatlarga borib taqaladi.
Iqtisodiyotning u yoki bu tarmog‘i yagona maqsadda birlashsa ham, boshqa munosabatlarda tubdan farq qiladi. Bu jihat farqlanishlar albatta moliyaviy tahlilda hisobga olinishi lozim.
Axborotlar bazasida ham farqlanishni kuzatish mumkin. Masalan kichik biznes subektlari soddalashtirilgan tartibda moliyaviy hisobotni tuzadilar va yuritadilar, yirik biznes subektlari esa umumbelgilangan tartibda moliyaviy hisobotni tuzadilar va taqdim etadilar. Shu bilan birgalikda ularning soni va mazmunida, auditorlik xulosalarining olinishida ham farqlanishlar kuzatiladi. Moliyaviy hisobotlarga auditorlik xulosalarining olinishida ham majburiy va majburiy bo‘lmagan tarkibini guruhlash mumkin.


  1. Yüklə 359,82 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin