Moliyaviy tahlil


Respublikamizda moliyaviy tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari va ularning yechimlari



Yüklə 359,82 Kb.
səhifə9/12
tarix07.02.2023
ölçüsü359,82 Kb.
#83257
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mehniso

Respublikamizda moliyaviy tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari va ularning yechimlari.

Moliyaviy tahlil yuzasidan mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan chop etilga adabiyotlar soni shu darajada ko‘pki, ularni o‘rganish asosida bitta xulosaga kelish mumkin, ya’ni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyat samaradorligi va uning natijaviyligi baholash doimo keng qiziquvchilar (menejerlar, mulk egalari va kontragentlar) e’tiboridagi muhim masalalrdan biri bo‘lgan. Moliyaviy xolat va undagi o‘zgarishlarni taxlil etish orqali nafaqat bo‘lib o‘tgan jarayonlarning samaradorligi va natijaviyligiga balki ularning kelgusidagi kutilishlari ham bashorat qilinadi. Bu esa raqobatbardosh iqtisodiyot sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy xolati va undagi o‘zgarishlarni baholash, tahlil etishda O‘zbekiston va xorij amaliyotining o‘xshash jixatlari juda ko‘p. Chunki global iqtisodiyot barcha davlatlarning hisob, audit va tahlil tizimida ham yagonalashuvni talab etadi. Xuddi shu sababli ham buxgalteriya hisobi va auditning, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarni ishlab chiqilgan va amal etilmoqda. Ya’ni xalqaro iqtisodiy aloqalarning yagona “biznes tili” rasmiy jihatdan shakllangan. Shu sababli ham, bozor iqtisodiyoti qonun qoidalari asosida rivojlanuvchi barcha davlatlarda moliyaviy holat va undagi o‘zgarishlarni tahlil etish tashkiliy, uslubiy jihatdan farq qilsa ham mazmun jihatdan bir xilda yuradi. Moliyaviy ma’lumotlardan foydalangan holda korxonalar faoliyatiga to‘g‘ri baho berish muhim vazifadir.
Kuni kecha 2022-yil 06-may kuni internet tarmoqlarida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy hisobotlar tahlilini e’lon qildi 2021-yilda Eng katta moliyaviy zarar bilan ishlayotgan davlat ishtirokidagi korxonalar qayd etilishicha, bugungi kunda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2117 tani tashkil etadi. Ulardan 347 tasi bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan:


1-Rasm. 2021-yilda zarar ko`rgan davlat ishtirokidagi korxonalar(mlrd.so`mda).13
2021 yilda 20 ta korxona umumiy hisobda 6 trln so‘m zarar ko‘rgan. Ulardan eng ko‘p zarar ko‘rgan 10 tasi quyidagilar:
“O‘ztransgaz” AJ — 2,5 trln so‘m;
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ — 2,1 trln so‘m;
“Toshissiqsuvquvvati” DUK — 534,3 mlrd so‘m;
“Yangi Angren IES” AJ — 304 mlrd so‘m;
“Toshshahartransxizmat” AJ — 127,6 mlrd so‘m;
“Angren IES” AJ — 87,6 mlrd so‘m;
“Angren issiqlik energiyasi korxonasi” DUK — 68,3 mlrd so‘m;
“Toshkent issiqlik markazi” DUK — 53,6 mlrd so‘m;
“O‘zavtotrans servis” MChJ — 51,5 mlrd so‘m;
“FK Bunyodkor” MChJ — 37 mlrd so‘m.
I qtisodchi Otabek Bakirov eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalar o‘nligida Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalari ham borligiga e’tibor qaratib, ular “Central Asia Energy” MChJga ishonchli boshqaruvga berilganini eslatdi. Bu kompaniyaga Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan “Gornie raboti” egalik qiladi.


Yüklə 359,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin