Moliyaviy tahlil


Korxonalarda moliyaviy tahlilni tashkil etish shakillari, bo`limlari va bosqichlari



Yüklə 359,82 Kb.
səhifə4/12
tarix07.02.2023
ölçüsü359,82 Kb.
#83257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mehniso

Korxonalarda moliyaviy tahlilni tashkil etish shakillari, bo`limlari va bosqichlari.

Moliyaviy tahlilni tashkil etish yuzasidan rasmiy jihatlarning belgilanmaganligi sababli uni tashkil etishda an’anaviy yo‘nalishlardan foydalanish mumkin.
Odatda, buxgalteriya hisobini va auditni (ichki, tashqi) tashkil etishdagi rasmiy jihatlar bilan belgilangan aniq tartib va qoidalar moliyaviy tahlilni tashkil etishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Jumladan, yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish”10gi qonunning 11-moddasi buxgalteriya hisobi va hisobotini buxgalteriya hisobi subektining rahbari amalga oshirishi qayd etiladi hamda buxgalteriya hisobi subektining rahbari qanday huquqlarga ega ekanligi tarkiblanadi. Ushbu huquqlar qatorida:
Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;
Buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklashi;
Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritishi qayd etiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning ushbu tartiblari bevosita, moliyaviy tahlilga nisbatan ham to‘la mos deyish mumkin.
Tahlilning boshqaruvidagi roli-boshqaruv sub’ektlariga boshqaruv ob’ektini (xo‘jalik jarayonlari va hodisalari, ularning samarasi va natijalari yuzasidan boshqaruvning) maqbul yechimlarini berish yuzasidan zaruriy axborotlar bilan ta’minlashdan iborat. Tahlilning boshqaruvdagi roli-boshqaruv sub’ektlariga boshqaruv ob’ektini (xo‘jalik jarayonlari va hodisalari, ularning samarasi va natijalari yuzasidan boshqaruvning) maqbul yechimlarini berish yuzasidan zaruriy axborotlar bilan ta’minlashdan iborat. Tahlilning boshqaruvdagi o‘rni- xo‘jalik yurituvchi sub’ektning xo‘jalik tijorat-moliya faoliyatining joriy holatiga baho berish va uni kelgusida yanada rivojlantirish yuzasidan tizimli yechimlarni boshqarish sub’ektlariga yetkazib berishdan iborat.
Tahlilning boshqaruvdagi ahamiyatini-xo‘jalik sub’ektlari iqtisodiy, moliyaviy ahvoli, uning kelgusidagi kutilishlari, pul mablag‘lari kirimi va chiqimidagi ijobiy farqlanishlar, kapital hajmini oshirishdagi kompleks o‘rganishlarning zaruriyligi xarakterlaydi. Raqobatdosh iqtisodiyotga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar boshqaruvini tubdan takomillashtirish samaradorlikni o‘z-o‘zidan ta’minlaydigan mexanizm emas. Birinchi navbatda, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, innovatsion mahsulotlarni yaratishorqali raqobatdoshlikni ta’minlash, tarkibiy o‘zgarishlarni talab etadi. Bu jarayonlar albatta ishdagi unum va samarani, natijaviylikdagi ijobiylikni ta’minlashning muhim garovi hisoblanadi. Ishdagi unum va samara, natijaviylikda ijobiy o‘zgarishlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatini keng qamrovli va tizimli shaklda doimiy o‘rganishni, baholash va tahlil qilishni talab etadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati, uni yo‘lga qo‘yishdagi kafolatlangan erkinliklari hamda ma’lum bir dastaklar asosida tartiblanuvchi birliklari doimo tahliliy yechimlar asosida boshqarib boriladi. Xuddi shu boshqaruv oddiydan murakkabga, maydadan yirikka, sabab-oqibat bog‘lanishlaridagi iqtisodiy, moliyaviy tahlilni yo‘lga qo‘yishni talab etadi.

Yüklə 359,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin