Kurs ishining predmeti siaftida, xo‘jalik sub’ektlari faoliyatini o‘rganish va tahlil etish orqali ularning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni o‘stirish imkoniyatlarini baholash olindi.
Kurs ishining obekti sifatida, real sektor korxonalarida moliyaviy tahlilni olib borilishi shart – sharoitlari olindi.
Kurs ishining subyekti sifatida, O’zbekiston respublikasining real sector korxonalari olindi.
Kurs ishining maqsadi - xo‘jalik yurituvchi subektlarda faoliyat samaradorligi va natijaviyligini baholash orqali, ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tahlilini takomillashtirish yuzasidan aniq taklif, tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish yuzasidan quydagi vazifalar belgilab olindi: - opetatsion, faoliyat, tushum, daromad, harajat tushunchalarini aniq tahliliga izox berish;
- moliyaviy tahlilini yuritishning huquqiy va uslubiy jihatlarini tadqiq etish;
- moliyaviy tahlilni tarmoq va boshqa muhim jihatlari bo‘yicha xususiyatlarini ochib berish;
- korxonalarda moliyaviy tahlilni yo’lga qo’yish va ularning omilli tahlili yuzasidan uslubiy asoslarni tizimlashtirish va ularni takomillashtirish tavsiyalarni berish.
Korxonalarda moliyaviy tahlilni tashkil etish va yuritishning me`yoriy asoslari.
Bugungi kun iqtisodiyoti xo‘jalik sub’ektlari oldiga texnik-texnologik taraqqiyotga, ilm-fanga asoslangan iqtisodiyotni yshlga qo‘yishga unamoqda. Bu esa o‘z navbatida boshqaruvchilardan samarali faoliyat shakllarini yo‘lga qo‘yishni, tadbirkorlikni faollashtirishni, individuallik va namunaviylikni kuchaytirishni talab etadi. Bu vazifalarning birontasini iqtisodiy, moliyaviy tahlilsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu borada avvalo boshqaruvning o‘zini ham takomillashtirish masalasiga alohida ahamiyat qaratish lozim.Boshqaruv tizimi takomillashtirilmas ekan, uning muhim dastaklari takomillashtirilmaydi. Bugungi kunda boshqaruvning takomillashgan shakli sifatida uning korporativ shakliga o‘tish yuzasidan dunyo amaliyotida yangi bir davr boshlanganligini qayd etish lozim. An’anaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish nazariyalarida boshqaruvning kompleks tahlil konsepsiyasiga alohida urg‘u beriladi. Boshqaruvning kompleks tahlil konsepsiyasi – boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha jihatlarini hisobga olishni, ko‘plab soha mutaxassislarining hamkorlikda ishlashini talab etadi. Mazkur konsepsiyada qaror qabul qilishda samaradorligini belgilovchi mezonlar faqat miqdor ko‘rsatkich (Quantitative indicators) bilan emas, balki sifat ko‘rsatkichlari (qualitate va indicators) bilan ham baholanadi.
Moliyaviy natijalar – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘larning pirovard oshishi yoki kamayishidir. Ular axborotdan foydalanuvchilarga korxona faoliyati samaradorligi, aktivlarning boshqarilishi darajasini, korxonaning potensial imkoniyatlari va ularning o‘zgarish sur’atlarini, boshqaruv jamoasining imkoniyatlarini baholashga va korxona istiqbollarini taxmin qilishga yordam beradi. Buxgalteriya hisobida faoliyat natijasi hisobot davridagi foyda (yoki zarar)larni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.4 Shuningdek, moliyaviy natijalarni shakllantirish bilan bog‘liq ob’ektlar soliq munosabatlari bilan ham chambarchas bog‘lanib ketadi. Shu sababdan ham moliyaviy natijalarning shakllanish jarayoni moliyaviy hisobni yuritishda muhim o‘rinni egallaydi. Moliyaviy natija ko‘rsatkichlari, ularni hisoblash tartibi, daromadlar va xarajatlarning tasniflanishi davlat tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Tahlilning boshqaruvidagi roli-boshqaruv sub’ektlariga boshqaruv ob’ektini (xo‘jalik jarayonlari va hodisalari, ularning samarasi va natijalari yuzasidan boshqaruvning) maqbul yechimlarini berish yuzasidan zaruriy axborotlar bilan ta’minlashdan iborat. Tahlilning boshqaruvdagi roli-boshqaruv sub’ektlariga boshqaruv ob’ektini (xo‘jalik jarayonlari va hodisalari, ularning samarasi va natijalari yuzasidan boshqaruvning) maqbul yechimlarini berish yuzasidan zaruriy axborotlar bilan ta’minlashdan iborat. Tahlilning boshqaruvdagi o‘rni- xo‘jalik yurituvchi sub’ektning xo‘jalik tijorat-moliya faoliyatining joriy holatiga baho berish va uni kelgusida yanada rivojlantirish yuzasidan tizimli yechimlarni boshqarish sub’ektlariga yetkazib berishdan iborat.
Tahlilning boshqaruvdagi ahamiyatini-xo‘jalik sub’ektlari iqtisodiy, moliyaviy ahvoli, uning kelgusidagi kutilishlari, pul mablag‘lari kirimi va chiqimidagi ijobiy farqlanishlar, kapital hajmini oshirishdagi kompleks o‘rganishlarning zaruriyligi xarakterlaydi. Raqobatdosh iqtisodiyotga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar boshqaruvini tubdan takomillashtirish samaradorlikni o‘z-o‘zidan ta’minlaydigan mexanizm emas. Birinchi navbatda, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, innovatsion mahsulotlarni yaratishorqali raqobatdoshlikni ta’minlash, tarkibiy o‘zgarishlarni talab etadi. Bu jarayonlar albatta ishdagi unum va samarani, natijaviylikdagi ijobiylikni ta’minlashning muhim garovi hisoblanadi. Ishdagi unum va samara, natijaviylikda ijobiy o‘zgarishlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatini keng qamrovli va tizimli shaklda doimiy o‘rganishni, baholash va tahlil qilishni talab etadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati, uni yo‘lga qo‘yishdagi kafolatlangan erkinliklari hamda ma’lum bir dastaklar asosida tartiblanuvchi birliklari doimo tahliliy yechimlar asosida boshqarib boriladi. Xuddi shu boshqaruv oddiydan murakkabga, maydadan yirikka, sabab-oqibat bog‘lanishlaridagi iqtisodiy, moliyaviy tahlilni yo‘lga qo‘yishni talab etadi.
Moliyaviy tahlilning metodologik asoslari me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi va auditni yo‘lga qo‘yish va yuritishda rioya etiladigan barcha me’yorlar (Qonunlar, standartlar, Nizomlar, yo‘riqnomalar, buyruqlar, tartiblar) tahlil uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Shu bilan birgalikda tahlilning o‘zi uchun ham qator normalar belgilanganki, ular xo‘jalik yurituvchi subektlarning boshqaruvi zaruriyatidan kelib chiqqan holda ijro etiladi va amalga oshiriladi.
Moliyaviy tahlilni odatda rasmiy va norasmiy me’yoriy asoslariga muhim e’tibor qaratiladi. Rasmiy asoslari majburiylik tartibida, aniq me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etiladi va yuritiladi, norasmiy asoslarini esa boshqaruvchilar, menejerlar o‘z maqsadlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilaydilar va yuritadilar.
Rasmiy me’yoriy asoslarga xo‘jalik yurituvchi subektning moliya xo‘jalik faoliyatini tahlil etishning quyidagi tartiblarini kiritish mumkin:5
xo‘jalik yurituvchi subektning muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash;
xo‘jalik yurituvchi subektning iqtisodiy nochorligini baholash;
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga baho berish va tahlil etishda bir qator analitik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlarning asosiy manbasi sifatida buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti ma’lumotlari olinadi. Biznesdagi holat va uning kelgusidagi rivojini prognozlash yuzasidan‚ shuningdek, statistik, makroiqtisodiy va tarmoq ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili ham amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda xo‘jalik yurituvchi subektlarda bu borada tahlil boshqaruvning eng muhim dastagi sifatida qaraladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini baholashda moliyaviy tahlildan foydalanish albatta: xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy hisobotlarini tuzish va ularga tushuntirishlar berishda; moliyaviy holatini baholashda; iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ka qarshi boshqaruv hisobotini tayyorlashda; biznesini restruktarizatsiya qilishda; moliyaviy sog‘lomlashtirishda; mulkiy munosabatlarni tartibga solishda qo‘l keladi.
Moliyaviy tahlildan foydalanishning yagona metodikasi shu paytga qadar yaratilmagan. Shu sababli, har bitta menejer o‘z amaliy tajribasidan, xo‘jalik yurituvchi subektining faoliyat va boshqaruv xususiyatlaridan, axborot manbalarining hajmidan kelib chiqqan holda alohida metodik ishlanmalardan foydalanadilar.
Xo‘jalik yurituvchi subektning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan 3 ta bosqichi tarkiblanadi:
tahlilning maqsadini va uni realizatsiya qilish tartibini belgilash;
tahlilda foydalaniladigan axborotlar sifatini baholash, ishonchli axborotlar bazasini shakllantirish;
tahlil usullari (metodlari)ni aniqlash, tahlilni o‘tkazish va olingan natijalarni umumlashtirish;
Tahlil etishning metodologik asoslari ko‘pincha huquqiy manbalarga tayangan holda tuzib chiqiladi. Xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatini moliyaviy tahlil etishning amaldagi normalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS);
“Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida”6gi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qarori;
“Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida”7 Vazirlar Mahkamasi qarori;
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS). “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” deb nomlangan BHMSda moliyaviy hisobot maqsadi sifatida quyidagilar bayon etilgan. “Moliyaviy hisobotning maqsadi xo‘jalik subektining moliyaviy ahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishdan iborat...”.
Moliyaviy hisobot axborotni quyidagilar uchun ham saqlaydi:
investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; xo‘jalik yurituvchi subektning bo‘lg‘usi pul oqimiga baho berish;
xo‘jalik yurituvchi subektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish;
rahbar organlarning ishiga baho berish;
Jumladan, mazkur standartning keyingi bandlarida xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishi, subyektning kelgusida pul mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini prognozlash, kreditlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat ko‘rsatkichlari, uning rentabelligini aniqlash, iqtisodiy resurslardagi potensial o‘zgarishlarni baholash zarurligi qayd etiladi.
Moliyaviy hisobotlarni bir paytning o‘zida turli davrlar bo‘yicha axborotlarni jamlashi ham ularning tahliliyligini ta’minlash uchun qilingan zaruriy talabdir.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi qarori”8ga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subektlarning iqtisodiy nochorligini baholashda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish tavsiya etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida”9gi qarorida quyidagi ko‘rsatkichlarni baholashni tavsiya etiladi:
1. Samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari: korxonaning foizlar, soliqlar va amortizatsiya summasi chegirilgunga qadar foydasi; xarajat va daromadlarning o‘zaro nisbati; jalb qilingan kapital rentabelligi; aksionerlik kapitali rentabelligi; investitsiyalangan kapital rentabelligi; aktivlar rentabelligi; mutlaq likvidlik koeffitsienti; moliyaviy mustaqillik koeffitsienti; kreditorlik majburiyatlari aylanuvchanligi; debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi; qoplash (to‘lovga qobillik) koeffitsienti; dividend to‘lash koeffitsienti; debitorlik majburiyatining kamayish koeffitsienti.
2. Samaradorlikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari: asosiy vositalarning eskirish koeffitsienti; asosiy vositalarni yangilash koeffitsienti; mehnat unumdorligi; fond qaytimi; ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsienti; energiya samaradorligi (mahsulot qiymati tarkibida energiya xarajati ulushi); sotilgan mahsulot tarkibida innovatsion mahsulotning ulushi; innovatsion faoliyatga xarajatlarning jami xarajatlar tarkibidagi salmog‘i; xodimlarni o‘qitish xarajatlari salmog‘i; kadrlar qo‘nimsizligi koeffitsienti; rejalashtirilgan investitsiya dasturining bajarilish darajasi; quvvatlarni ishga tushirish koeffitsienti; rejalashtirilgan eksport hajmining bajarilishi.
Xo‘jalik yurituvchi subektning iqtisodiy nochorligini baholash, xo‘jalik yurituvchi subektlarni bankrot (iqtisodiy nochor) deb e’lon qilish va ularni tugatish shartlari davlat nomidan ish ko‘ruvchi organlar tomonidan qat’iy belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunday vakolatga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi ega.
Xo‘jalik yurituvchi subektlar raqobatda sinmasligi uchun quyidagilarga amal qilishlari lozim:
mavjud mablag‘larini to‘g‘ri joylashtirish va boshqarish;
xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy mustaqillik va qaramlik darajasini o‘rganishi;
uzoq muddatli va joriy aktivlarni manbalashning holatini o‘rganish;
o‘z va qarz mablag‘lari orasidagi nisbatni o‘rganish;
aktivlar, kapital va majburiyatlar rentabelligini o‘rganish;
ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasini o‘rganish;
asosiy va nomoddiy aktivlardan foydalanish darajasini o‘rganish;
muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o‘rganish.
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga yoki majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar yoki to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran 3 oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.
Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibiga muvofiq korxonalar moliyaviy-iqtisodiy holati bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- iqtisodiy barqaror;
- iqtisodiy tahlikali (xavf-xatarli);
- iqtisodiy nobarqaror*-**: