Moliyaviy tahlilning metodi va unga qo’llaniladigan usullar Reja: Kiish


Asosiy vositalarning korxonaning ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga qarab



Yüklə 54,33 Kb.
səhifə11/13
tarix02.06.2023
ölçüsü54,33 Kb.
#123613
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
iskandar tahlil YANGI

1. Asosiy vositalarning korxonaning ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga qarab:
-aktiv asosiy vositalar;
-passiv asosiy vositalar.
2. Asosiy vositalarni ma’lum tarmoqlarga bo’ysunuviga qarab:
-sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalari;
-boshqa tarmoq asosiy vositalari;
-noishlab chiqarish asosiy vositalari.
3. Asosiy vositalarning foydalanish jarayonidagi qatnashuviga qarab:
-foydalanishdagi asosiy vositalar;
-foydalanishdan olib qo’yilgan (konservatsiya qilingan) asosiy fondlar.
4. Mulkiy egaligiga qarab:
- o’ziga tegishli asosiy vositalar;
- ijaraga olingan asosiy vositalar.
Bundan tashqari asosiy vositalarning yana boshqa bir xususiyatlari bo’yicha ham tasniflash mumkin.
Asosiy vositalarni aktiv va passiv fondlarga tarkiblashda asosiy jihat ularning mahsulot ishlab chiqarishdagi bevosita ishtirokiga qaratiladi. Aktiv asosiy vositalar deb mahsulot ishlab chiqarishdan bevosita va bilvosita qatnashuvchi asosiy vositalarga aytiladi.
Asosiy vositalarning eskirishi bugungi kunda asosan ikki xil ko’rinishda bo’ladi, ya’ni, jismoniy eskirish va ma’naviy eskirish. Bugungi kunda ko’pgina asosiy vosita turlari jismoniy eskirishdan ko’ra ma’naviy jihatdan tezroq eskirib qolmoqda. Shu sababli ham korxonalarning asosiy vositalarini batamom eskirib qolishining oldini olish maqsadida, ularga amortizatsiya (eskirish) hisoblab boriladi va asosiy vosita o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga sekin-astalik bilan o’tkazib boradi.
Jahon tajribasida asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning turli-tuman muhim uslublari mavjud. Bunday muhim uslublariga quyidagilar kiritiladi:

  • teng ulushlarda, amortizatsiya normalaridan kelib chiqqan holda eskirish hisoblash;

  • qoldiq usulda eskirish hisoblash;

  • ishlab chiqarish hajmiga muvofiq eskirish hisoblash;

  • komulyativ usulda eskirish hisoblash va hakozo.

Yuqoridagi usullarning mohiyatini quyidagi misol asosida ko’rib o’tish mumkin.
Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati-1000000 so’m
Asosiy vositalarning tugatish qiymati-100000 so’m
Asosiy vositalarning xizmat muddati-5 yil

Hozirda O’zbekiston Respublikasi milliy hisob tizimida amortizatsiya hisoblashning asosan ikkita usulidan foydalanilmoqda.


-Teng ulushlarda amortizatsiyalashning qat’iy normalarida eskirish hisoblash;
-Tezlashtirilgan, amortizatsiyalashning qa’tiy normalarini ikki marta oshirilgan holatida eskirish hisoblash usuli;
Amortizatsiyaning u yoki bu usulining qullanishi albatta asosiy vositalarning texnik holatiga ta’sir etadi.
Jumladan, tezlashtirilgan usulda amortizatsiya normalariga o’tish asosiy fondlarni yangi asosiy fondlar bilan almashtirishning moliyaviy taminoti va ularning manaviy eskirishdan saqlanish imkonini beribgina qolmay, balki mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini o’stirish imkonini ham beradi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarning asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanganligini o’rganish bilan bir qatorda, ularning texnik holatiga ham baho berib boriladi. Odatda asosiy vositalar tarkibida yil davomida o’zgarishlar ro’y beradi. Yangi asosiy vositalarni kirimi tufayli asosiy vositalar ortib boradi. Eskirgan asosiy vositalarni ishlab chiqarishdan chiqarish tufayli asosiy vositalar kamayishi mumkin. Bunday tabiiy holatlarni ro’y berishi natijasida asosiy vositalarning texnik holatini tahlil etishimizni taqozo etadi. Asosiy vositalarning texnik holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;
-asosiy vositalarning eskirish darajasi;
- asosiy vositalarning yangilanish darajasi.
Asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi foiz ko’rinishida quyidagi tartibda aniqlanadi:



Asosiy vositalarning eskirish darajasi foiz ko’rinishida quyidagi tartibda aniqlanadi:





Asosiy vositalarning yaroqlilik va eskirish koeffitsiyentlari yig’indisi koeffitsentda 1,0 ga, foizda 100 teng bo’ladi.


Asosiy vositalarning holat ko’rsatkichlariga qarab ularning texnik holatiga baho beriladi va ularni tartiblash bo’yicha boshqaruv qarorlari qa’bul qilinadi.
Asosiy vositalarning holatini o’rganishda korxona amortizatsiya siyosatiga, asosiy vositalarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib qo’yilgan va konservatsiya qilingan asosiy vositalar holatiga muhim e’tibor qaratiladi.
Asosiy vositalarning holat ko’rsatkichlarini ularning har bir turi va jami bo’yicha o’rganiladi. Tahlil uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar 1-shakl «Buxgalteriya balansi» va 3-shakl «Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi» hisobot shakllaridan olinadi.

Asosiy vositalarning holat ko’rsatkichlari ularning harakat ko’rsatkichlarini o’rganish asosida to’ldiriladi.


Asosiy vositalarning haraakat ko’rsatkichlariga ularning yangilanishi va chiqib ketish koeffitsentlari kiritiladi. Asosiy vositlarning yangilanish koeffitsenti joriy davrda yangidan kiritilgan asosiy vositalar qiymatini asosiy vositalarning yil oxiriga bo’lgan qiymatiga bo’lish orqali topiladi. Asosiy vositalarning chiqib ketish koeffitsiyenti joriy davrda chiqib ketgan asosiy vositalar qiymatini ularning yil boshiga bo’lgan qiymatiga bo’lish asosida aniqlanadi. Ya’ni ushbu koeffitsiyentlarni aniqlashni quyidagi formulalar orqali ham ifodalashimiz mumkin:
Asosiy vositalarning yangilanish koeffitsiyentini quyidagicha aniqlanadi:



Yüklə 54,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin