Budjetlashtirish – subyekt va uning bo’linmalarining faoliya-tini boshqarish
usuli.
Vertikal tahlil – har bir ko’rsatkichlarning tarkibiy qismlarini va chetga
chiqishning umumiy hajmidagi ularning o’zgarishini o’rganish.
Gorizontal tahlil – o’ tgan davrdagi yoki hisobot davrida tasdiqlangan smeta
xarajatlarining o’rtasidagi farqlarni aniqlash usuli.
Grafik (chizma) usuli – zararsizlikning iqtisodiy va buxgalteriya modulini
tuzish uchun asos bo’ladigan daromad, xarajatlar va foyda hajmining ishlab
chiqarish hajmiga bog’liq bo’lishi.
Davriy xarajatlar (hisobot davrining xarajatlari) – mahsulot (ish, xizmat)
larni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar
asosan tijorat (sotish) va ma’muriy boshqaruv va moliyaviy faoliyat bilan bog’liq
xarajatlaridan tashkil topgan.
Degressiv xarajatlar – o’zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya’ni
xarajatlarning o’sish darajasi subyektning ishbilarmonlik faolligining o’sishidan
ortda qoladi.
Direkt - kosting (Direct–Costing-System) – bevosita xarajatlarni ishlab
chiqargan mahsulot yoki buyumlar bo’yicha umumlashtiradigan boshqaruv
hisobining tizimi. Mahsulot-buyumning to’liq bo’lmagan tannarxini kalkulatsiya
qilish usuli bo’lib ushbu usulni qo’llaganda mahsulotning tannarxiga faqat
o’zgaruvchan xarajatlar qo’shiladi. Natijada bilvosita xarajatlar esa hisobot
davrining moliyaviy natijalari (xarajatlarning jamlamasi)ga olib boriladi.
Diskontlangan qiymat – joriy qiymat va diskontlash koeffitsiyentini qo’llash
orqali aniqlangan pul mablag’larining kelgusidagi tushu-mining miqdorini
hisoblash.
459
Diskontlangan xarajatlar – joriy vaqtdagi diskontlash koeffitsiyenti orqali
aniqlangan kapital quyilmalar bo’yicha taxmin qilinadigan xarajatlar.