Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Segmentlar bo’yicha hisobot –



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Segmentlar bo’yicha hisobot –
xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining 
ayrim segmentlari (sexlar, bo’limlar, ishlab chiqarish, sotish, ta’minot) bo’yicha 
hisobot. 
Standart 
kost 
(Standard 
Costs) 
– 
hamma 
xarajatlarni 
qattiq 
me’yorlashtirgan va mahsulotning standart (me’yoriy) tannarxini hisoblash 
imkoniyatini yaratadigan kalkulatsiya qilish tizimi. Хarajatlarning sarflanishi 
jarayonida chetga chiqishlarni nazorat qilish, mas’uliyat va xarajat markazlari, 
xarajat moddalari bo’yicha hisobga olish, chetga chiqishning sabablarini aniqlash 
maqsadida chuqur tahlil qilish hamda nazoratni o’rnatish imkoniyatini yaratadigan 
tizim. Hozirda amaliyotda qo’llanilayotgan me’yoriy hisobga olish va tannarxni 
kalkulatsiya qilish usuliga o’xshaydi. 
Smeta –
subyektning ma’muriyati tomonidan qabul qilingan qarorlarni 
bajarish yuzasidan tuzilgan moliyaviy reja.
Тashkiliy strategiya – 
bo’linmalarning oldiga qo’yilgan maqsad va 
vazifalarni haqiqatda bajarish uchun boshqaruvchilar tomonidan xodimlarga ta’sir 
qiluvchi nazorat quroli.
Тenglik usuli –
tasdiqlangan formula bo’yicha hisoblangan sof foyda 
yordamida chegara nuqtasini aniqlash usuli. 
Тexnikaviy – iqtisodiy rejalashtirish – 
tegishli yil uchun smeta va budjetni, 
uzoq muddatga subyektni hamma tomonlama rivojlantirishni nazarda tutgan rejani 
ishlab chiqish. 
Тransfert baho –
ishlab chiqarish bo’linmalari yoki ma’suliyat markazlari 
o’rtasida ko’rsatilgan xizmatlarni bir-biriga sotish uchun o’rnatilgan baho. 


464 
Тransfert baholarni o’rnatish ayrim bo’lgan va boshqaruvi markazlashtirilmagan 
subyektlarning bo’linmalari o’rtasida o’rnatiladi. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin