tannarxini kalkulatsiya qilish usuli – ishlab chiqarilgan mahsulot yoki uning
birligini
tannarxini
aniqlashni
ta’minlaydigan
sarflangan
xarajatlarni
hujjatlashtirish va aks ettirish usullarining yig’indisi. Хarajat obyektlari bo’yicha –
jarayonlar, ishlov berish va buyurtma usullariga, xarajatlarni hisobga olishning
to’liqligi bo’yicha – to’liq va to’liq bo’lmagan tannarxni kalkulatsiya qilish va
tezkorligi bo’yicha – haqiqiy.
Kapitallashtirish darajasi – aktivlardan foydalanish natijasida kutilayotgan
hajmining aktivlar qiymatiga bog’liqlik da-rajasini o’rnatadigan koeffitsiyent.
Kassaning umumlashtirilgan smetasi – budjetlashtirish tizimidagi ishlab
chiqarish muomalalariga to’g’ri keladigan ma’lum vaqtda kassadagi naqd pullarni
hisoblash.
Keltirilgan (diskontlangan) sof qiymat – boshlang’ich investisiya xarajatlari
summasiga kamaytirilgan, diskontlangan qiymat.
Qayishqoq budjet – xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatining bir necha
darajasini ko’zlab tuzilgan budjet.
Qaytarilmaydigan sarflar – ilgari qabul qilingan qarorlarning natijasida
sodir bo’lgan oldingi davr xarajatlari.
Qayta tiklanadigan zaxiralar – to’liq ishlov berish natijasida tiklanadigan
xomashyo va materiallar.
Qaytarilmaydigan xarajatlar – boshqaruv qarorlari orqali ta’sir qilish
mumkin bo’lmagan xarajatlar.
Kiritiladigan xarajatlar – kelgusida daromad olib keladigan sotib olingan va
mavjud bo’lgan resurslar.
Qoplashning ichki koeffitsiyenti – kapital quyilmaning sof keltirgan qiymati
nolga teng bo’lgan holatidagi foiz darajasi (diskonti). Ushbu koeffitsiyent izlanish
va xatolar usulida aniqlanadi, uning taxminiy miqdori statistika jadvali
ko’rinishida keltirilishi mumkin.