Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Budjetlashtirish –
subyekt va uning bo’linmalarining faoliya-tini boshqarish 
usuli. 
Vertikal tahlil –
har bir ko’rsatkichlarning tarkibiy qismlarini va chetga 
chiqishning umumiy hajmidagi ularning o’zgarishini o’rganish. 
Gorizontal tahlil – o’
tgan davrdagi yoki hisobot davrida tasdiqlangan smeta 
xarajatlarining o’rtasidagi farqlarni aniqlash usuli. 
Grafik (chizma) usuli – 
zararsizlikning iqtisodiy va buxgalteriya modulini 
tuzish uchun asos bo’ladigan daromad, xarajatlar va foyda hajmining ishlab 
chiqarish hajmiga bog’liq bo’lishi. 
Davriy xarajatlar (hisobot davrining xarajatlari) –
mahsulot (ish, xizmat) 
larni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar 
asosan tijorat (sotish) va ma’muriy boshqaruv va moliyaviy faoliyat bilan bog’liq 
xarajatlaridan tashkil topgan. 
Degressiv xarajatlar – 
o’zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya’ni 
xarajatlarning o’sish darajasi subyektning ishbilarmonlik faolligining o’sishidan 
ortda qoladi.
Direkt - kosting (Direct–Costing-System) – 
bevosita xarajatlarni ishlab 
chiqargan mahsulot yoki buyumlar bo’yicha umumlashtiradigan boshqaruv 
hisobining tizimi. Mahsulot-buyumning to’liq bo’lmagan tannarxini kalkulatsiya 
qilish usuli bo’lib ushbu usulni qo’llaganda mahsulotning tannarxiga faqat 
o’zgaruvchan xarajatlar qo’shiladi. Natijada bilvosita xarajatlar esa hisobot 
davrining moliyaviy natijalari (xarajatlarning jamlamasi)ga olib boriladi. 
Diskontlangan qiymat – 
joriy qiymat va diskontlash koeffitsiyentini qo’llash 
orqali aniqlangan pul mablag’larining kelgusidagi tushu-mining miqdorini 
hisoblash. 


459 
Diskontlangan xarajatlar – 
joriy vaqtdagi diskontlash koeffitsiyenti orqali 
aniqlangan kapital quyilmalar bo’yicha taxmin qilinadigan xarajatlar. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin