Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Baholovchi va nazorat ma’lumotlarni shakllantirish



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Baholovchi va nazorat ma’lumotlarni shakllantirish 
– boshlang’ich 
ma’lumotlarni yig’ish, tahlil qilish uchun ishlov berish, bo’linmalarning faoliyatini 
nazorat qilish va ularni baholash uchun ushbu axborotlardan foydalanish 
tadbirlarining majmuasi. 
Bashorat qilinadigan sarflar 
– zaxiralarga investitsiya qilish. 
Bilvosita xarajatlar 
– xarajat markazlariga to’g’ridan- to’g’ri olib 
borishning iqtisodiy imkoniyati bo’lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar (i.u.x) 
tegishli xarajat markazlariga subyektning hisob siyosatida qabul qilingan usuliga 
asosan taqsim qilinadi. Bir necha turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq 
bo’lgan xarajatlar. 
Bilvosita xarajatlarni taqsimlash asosi – 
bilvosita xarajatlarni yig’uvchi 
obyektlarga taqsimlash uchun asos qilib olingan ko’rsatkich. Misol: bevosita 
mehnat haqi, asosiy vositalarning eskirishi va hokazo. 
 
Bilvosita (egri) xarajatlarni taqsimlash darajasi – 
kalkulyatsiya obyektlari 
o’rtasida bilvosita xarajatlarni oldindan taqsimlash imkoniyatini yaratadigan va 
subyektning hisob siyosatida ko’rsatilgan oldindan hisoblangan me’yoriy daraja. 
Buyurtma nuqtasi 
– ТMZ keyingi guruhiga buyurtma berishni aniqlashga 
yordam beradigan ombordagi mavjud va buyurtma berilgan ТMZ summasining 
past nuqtasi. 
Bosh (general) budjet – 
subyektning hamma faoliyatini qamrab olgan 
moliyaviy xujjat. 
Budjet 
– rejaning miqdorda aks ettirilishi, uning bajarilishi ustidan nazorat 
qilish vositasi va tartibga solish usuli. 
Boshqaruv bosqichi–
tegishli vaqt oralig’ida boshqaruv faoliyatini amalga 
oshirish uchun bajarilayotgan tadbirlarning majmuasi. 
Budjet (smeta)–
amaliyotda tegishli davr ichida olinadigan daromad va 
sarflanadigan xarajatlarning rejalashtiriladigan miqdorini ko’rsatadigan va ushbu 
maqsadlarga erishish uchun jalb qilinadigan kapitalning miqdorini belgilaydigan, 


458 
ma’lum davr uchun tayyorlangan va qabul qilingan pul ko’rinishidagi miqdor 
rejadir. Javobgarlik markazlarining ushbu rejalarni bajarishini baholashda asos 
bo’lib xizmat qiladi. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin